Zangori olov - kut-baraka mash’alasi Bugungi xayotimizni «zangori olov» — tabiiy gazsiz tasavvur kilib bulmaydi. Bir zumda choyimiz kaynaydi, ovkatimiz pishadi. Boshkacha aytganda, gaz beminnat dastyorimizga aylangan. Ammo bu tabiiy boylikdan tejab-tergab foydalanish, uning kadriga yetish urniga isrof kilayotgan, xatto foydalanishga foydalanib, xakini tulashga kelganda, paysalga solayotganlar uchrab turibdi. «Vikipediya» saytining utgan yil noyabrь oyidagi ma’lumotiga karaganda, Uzbekiston Respublikasi 101 davlat orasida tabiiy gaz zaxirasining kupligi bilan 23 urinni egallab turibdi. Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Uy-joy fondini suv va gazni xisobga olish priborlari bilan jixozlash, ularni Uzbekiston Respublikasida ishlab chikarishni tashkil etish chora-tadbirlari tugrisida»gi 1999 yil 1 iyundagi karori bilan ilk gaz xisoblagichlar urnatish boshlandi va Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 28 martdagi «2002-2004 yillarda uy-joy fondini gazni xisobga olish priborlari bilan jixozlashga doir kushimcha chora-tadbirlar tugrisida»gi karoriga asosan esa bu jarayon jadallashtirildi. 13-Mavzu: Huquqiy madaniyat. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar Mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish hamda huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini yoshlarning ishtirokisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Yosh avlod vakillari bugun mutlaqo yangicha insoniy sifat ko’rsatkichlari bilan maydonga chiqmoqda, yuksak marralarga intilib yashash ularning hayot mazmuni, fuqarolik pozitsiyasiga aylanib bormoqda. Yoshlarning mazkur jarayonlardagi faolligi ko’p jihatdan ularning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirishni talab qiladi. Buning zamirida esa dastlab ularning betakror milliy qadriyat urf-odat yoxud an’analarning mohiyatini o’zlashtirganligi, milliy o’zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg’unlashuvi mujassam ekanligi yotadi. Masalaning dolzarbligi bugungi kunda mamlakatimizda voyaga yetmaganlar, davlatimiz rahbari 2008 yildayoq qayd etganidek, ya’ni 18 yoshgacha bo’lgan yoshlar 10 million 360 ming nafarni yoki umumiy aholining taxminan 40 foizini 16 tashkil etayotganida ham ko’rinadi.
Prezidentimiz ushbu masalaning o’ta muhimligini yana shunday ta’kidlaydi: “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’-e’tibori, avvalombor, farzandlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”17 Zotan, masala o’ta dolzarb va strategik ahamiyatga ega. CHunki har qanday tarbiya qanchalik erta boshlansa, u shunchalik samara berishi shubhasiz.
Binobarin, o’zbek xalqi ruhining tiklanishi, millat ma’naviy-axloqiy ideallarining shakllanishi chuqur milliylik bilan umuminsoniylik va huquqiy madaniyat chambarchas bog’liq bo’lgan hodisadir. Bugun O’zbekistonda yashayotgan turli millatga mansub voyaga yetmagan yoshlar, o’ziga xoslikni yo’qotmagan holda, umumiy ruhiyatga, xulq-atvor falsafasiga ega bo’lmoqdalar. Bu esa mustaqillik yillari mobaynida millatlararo totuvlik manbai bo’lib kelgan yagona ma’naviy-ruhiy negizni vujudga keltirdi. Ushbu omillar natijasida voyaga yetmaganlarning huquqiy va siyosiy madaniyatining shakllanib, davlat boshqaruvidagi faollashuviga asos bo’lmoqda. Mantiqan qaraganda, huquqiy madaniyat milliy va umuminsoniy qadriyalar bilan bevosita bog’liq. “Huquqiy madaniyat xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslangan holda – insof va iymon, adolat va qonuniylik, insonga yuksak hurmat va e’tibor, sabr-toqat kabi ma’rifat va haqiqat tuyg’ularini ongimizga singdirishga xizmat qiladi.
SHuning uchun ham kishilarning fikrini, dunyoqarashini mustaqilligimiz yo’lida fidokorona mehnat qilishga yo’naltirilgan huquqiy madaniyatni yuksaltirish hayotiy zaruriyatdir”18. Bu ayniqsa, mamlakatning kelajagi sanalmish voyaga yetmaganlar uchun o’ta muhim sanaladi. Huquqiy madaniyatning milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unligining tahliliga kirishishda dastlab qadriyat tushunchasiga eьtibor qaratish maqsadga muvofiq. “Qadriyat – voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llanadigan falsafiy-sotsiologik va aksiologik tushuncha. Jamiyat, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan barcha narsa, hodisa va voqealar:
erkinlik, ezgulik, tenglik, tinchlik, haqiqat, ma’rifat, madaniyat, moddiy va ma’naviy boyliklar, obida-yodgorliklar, go’zallik, axloqiy xislat hamda fazilatlar, an’ana, urf-odat, udum va boshqalar hisoblanadi”19.
SHunday qadriyatlar ham mavjudki, ular muayyan bir millat, elat va xalq hayoti, turmush tarzi, ularning o’tmishi, kelajagi va yashayotgan ijtimoiy muhiti bilan bog’liqdir. Ular milliy qadriyatlar sifatida e’tirof etiladi. Eng oliy qadriyatlar – inson, uning faoliyati, turmush tarzi, xatti-harakati, ishonch-e’tiqodi, umr ma’nosi, xulq-odobi bilan bog’liq, shaxsiy qadriyatlardir. Milliy qadriyatlar tarixiy o’zlikni anglash, milliy an’ana va
udumlarni asrash, etnik va madaniy masalalarda tolerantlik, diniy qadriyatlarni asrab-avaylash, tabiatga nisbatan hurmat ruhining mavjudligi, oilaviy qadriyatlar, hayotda havas ruhi bilan yashashning mohiyati kabilarni o’zida mujassam etadi. Ma’lum bo’ladiki, milliy qadriyatlar har bir inson, ayniqsa, voyaga yetmaganlarning shaxs sifatida shakllanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy qadriyatlarning mohiyatiga e’tibor qaratilsa, elementlarining har birida yoshlarni kamolot sari yo’llovchi muhim vazifani
bajarishini ko’rish mumkin. Biroq voyaga yetmagan yoshlarda mazkur milliy qadriyatlarning barcha elementlari o’z-o’zidan shakllanib qolmaydi. Ularni shakllantiruvchi omillar mavjudligiga e’tibor qaratish ham muhim sanaladi. Zero, xalq og’zaki ijodi, o’zbek tilini puxta bilish va unga nisbatan hurmat ruhida bo’lish, oila institutining ahamiyati, ta’lim va tarbiya, madaniy meros ob’ektlari milliy qadriyatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar hisoblanadi. Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan bo’lib xizmat qiladi.
Inson butun umri davomida, son-sanoqsiz qadriyatlar olamida yashaydi. Insoniyatni o’rab turgan borliq, tabiiy va ijtimoiy atrof-muhit tirik va notirik tabiatning eng muhim tomonlarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariy xususiyatga egadir. Umumbashariy qadriyatlar boshqa qadriyatlar uchun umumiy mezon vazifasini o’taydi. Umumbashariy demokratik qadriyatlar o’zida erkin va adolatli saylovlar, ochiq va hisobot beruvchi hukumat, inson huquqlarining ustuvorligi, hokimiyat organlarining saylov yo’li bilan shakllantirilishi, so’z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanishi, qonun ustuvorligi, fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlarining mavjudligi va tengligi, tayinlash yo’li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylab qo’yiladigan organlar oldida hisobdorligi, ko’ppartiyaviylik tizimining mavjudligi, umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning o’tkazilishi, mulk shakllarining xilma-xilligi, siyosiy muxolifatning ochiq faoliyat ko’rsatishi, jamiyatda plyuralizm, ya’ni fikrlar xilma-xilligi, rang-barangligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi hamda ularni amaliy hayotga joriy etish masalalari samarasining ortishi kabi tamoyillarni mujassam etadi.Tahlillardan ko’rinadiki, O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, davlat va jamiyat taraqqiyotida muhim asos vazifasini o’tovchi omillarni to’g’ri tanlay oldi. Ya’ni, bunda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanilgani, yangi jamiyat qurish, mustaqillikni mustahkamlash, fuqarolarning, ayniqsa, yoshlarning ijtimoiy faolligi, huquqiy va siyosiy madaniyatini shakllantirishda o’z ijobiy samarasini berdi.