8-Mavzu Beton uchun ishlatiladigan bog‘lovchi, kimyoviy qo‘shimchalar va ularning turlari, saqlash qoidalari bilan tanishish


Gips va uning asosidagi bog‘lovchilar



Yüklə 156,62 Kb.
səhifə8/8
tarix28.11.2023
ölçüsü156,62 Kb.
#168142
1   2   3   4   5   6   7   8
8-

Gips va uning asosidagi bog‘lovchilar. Qurilish gipsi havoda qotadigan bog‘lovchi modda. Qurilish gipsini tabiiy ikki molekula suvli gipsni 1500- 1700S haroratda yarim molekula suvli gipsga aylanguncha qizdirib olinadi. Gipsni suv bilan aralashtirib hamirga o‘xshash massa olinadi, suyuq holatdan qattiq holatga o‘tadi, keyin havoda qotadi, asta-sekin mustahkamlanib boradi. Gips – tez tishlashadigan bog‘lovchi. Gipsning tishlashish davri gipsni suv bilan qo‘shilgandan keyin 4 minutdan oldinroq boshlanmasligi, tugashi 6 minutdan oldinroq va 30 minutdan kech bo‘lmasligi kerak. Gipsning tishlashishini sekinlatish uchun sulʼfit-drojjali brajka yoki suv massasiga nisbatan 0, 1-0, 2% miqdorda va bo‘yoqchilik kleyi boshqa organik kleylar qo‘shiladi. Qurilish gipsi sifatiga qarab 2 navga bo‘linadi. Normal quyuqlikdagi gips hamiridan tayyorlangan nazorat namunasi uchun siqilishdagi mustahkamlik chegarasi tayyorlangandan 1, 5 soatdan keyin, I-nav uchun 4,5 MPa dan kam bo‘lmasligi, II-nav uchun 3,5 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. Gips mustahkamligi quritish davrida sezilarli oshadi, xatto 7,5-12,5 MPa ga yetishi mumkin.
Ikki molekula suvli gipsga maxsus ishlov berilib, o‘ta mustahkam gips olinadi, mustahkamligi 15-30 MPa ni tashkil qiladi, tishlashish muddati 15- 20 minutdan iborat. O‘ta mustahkam gipsdan plastik hamir olish uchun kam suv talab qilinadi (40-45% gips massasiga nisbatan, oddiy gips uchun 60% talab qilinadi), bu esa anchagina zich qo‘yma va betonlardan foydalanish imkonini beradi.
Gispning qimmatli xususiyatidan biri tez tishlashishi, buyum yuzasining tekis va to‘g‘ri shaklda bo‘lishini taʼminlashi, chunki qotish davrida gips ozgina kengayadi va qolipni zich to‘ldiradi. Gipsning kamchiligi-suvga chidamsizligi. Nam tortganda gipsning mustahkamligi keskin pasayadi, hatto kichkina yuk taʼsirida sezilarli deformatsiyaga uchraydi va buyum sifatsiz bo‘lib qoladi. Gipsning suvga chidamliligini tarkibiga yanchilgan domna shlakini qo‘shib, birmuncha oshirish mumkin. Gipsotsement-putssolanli bog‘lovchi gipsga nisbatan anchagina suvga chidamli. A. V. Voljenskiy va uning shogirdlari tomonidan o‘rganilgan. U 50-80% yarim suvli gips va 20-50% putssolan portlandsement yoki portlandsementdan aktiv mineral qo‘shimchadan tashkil topgan. Mineral qo‘shimcha miqdori quyidagicha tanlanadi: yetti sutkali bog‘lovchida SaO konsentratsiyasi 0, 85g/l dan kam bo‘lishi kerak (qotish davrida ajratiladigan uch kalʼsiyli silikatni qo‘shimcha gidrat kalʼsiy oksidi bilan bog‘laydi). Bunday sharoitda gidrosulʼfoalyuminatni monosulʼfatli turi olinadi va ichki xavfli kuchlanish kelib chiqmaydi, balki mayin dispersionli kam yemiriladigan gidrosilikatlar bog‘lovchining suvga chidamliligini oshiradi.
Gipsotsemento putssolan 100, 150, 200 markalarda ishlab chiqariladi. GSP asosida tez qotadigan beton markalari-M150-M250ni olish mumkin, bu holda tayyorlangandan beton 2-3 soatdan keyin 30-40% marka mustahkamligini oladi. Buyumning qotishini tezlatish uchun 70-800S haroratda 5-8 soat davomida issiqlik ishlov berish taklif etiladi. GSP ning kamchiligi, po‘lat armaturali buyumni korroziyadan saqlash zarurati bo‘lib, mos holatdagi qoplamadan foydalanishdir.


Yüklə 156,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin