Sulʼfatgachidamlishlakoportlandsement–klinker tarkibidagi C3A<8% miqdori chegaralab olinadi va 300, 400 markalar bilan ishlab chiqariladi. Sulʼfatga chidamli sementlar suv satxi o‘zgaruvchan sharoitda ishlatiladigan beton va temirbeton konstruksiyalar, shuningdek, ko‘pincha bir vaqtda ko‘p marta muzlash va erish yoki ko‘p marta namlanishi va qurishi mumkin bo‘lgan sulʼfatli suvlar agressiv taʼsiriga uchraydigan inshootlar uchun mo‘ljallangan.
Putssolanportlandsementham sulʼfatga chidamli sement guruhiga kiradi. Bu sementni C3A<8%, miqdordagi portlandsement klinkerini aktiv mineral qo‘shimcha bilan birga yanchish usuli bilan olinadi. Aktiv mineral qo‘shimcha oddiy qo‘shimchali portlandsementga nisbatan ko‘p miqdorda qo‘shiladi. Qo‘shimcha miqdori uning turiga bog‘liq va trepel, opok, diatomit uchun 20-30% tashkil etadi, qolgan boshqa aktiv minerallar, ayniqsa kremnezem qo‘shimchalar (masalan, tuf, trass, pemza va boshqa) uchun- 25-40% dan iborat. Trepel, opok, diatomitlar boshqa qo‘shimchalarga nisbatan sementga oz miqdorda qo‘shiladi, chunki ular yuqori gidravlik aktivlikka ega bo‘lishi bilan birga bir vaqtning o‘zida suvga talabi yuqoridir. Shuning uchun sementga ortiqcha bunday qo‘shimchalarning aralashtirilishi uning normal quyuqligini keskin darajada oshiradi, bu esa maqsadga muvofiq emas.
Putssolan portlandsement oddiy sementga nisbatan ochroq rangda. Haqiqiy zichligi (2, 8-2, 9 ga yaqin) va zichligi ham oddiy sementdan kamroq. Oddiy sementga qaraganda bir xil miqdorda olingan putssolan portlandsementda qorishmani chiqishi hamda qorishma va beton zichligi yuqori bo‘ladi, shuning uchun qorishma va betonlar anchagina suv o‘tkazmaydigan bo‘ladi. Normal quyuqlikdagi hamirni olish uchun putssolan portlandsementga ko‘proq suv qo‘shish kerak (30-40% gacha), bunda anchagina yopishqoq qorishma hosil bo‘ladi. Buning natijasida beton qorishmasining Harakatlanuvchanligi pasayadi. Bu holatni oldini olish uchun betondagi sement sarfini (5-10% ga) oshirishga to‘g‘ri keladi yoki plastiklashtiruvchi qo‘shimcha kiritiladi.
Putssolan portlandsement gidravlik qo‘shimcha aralashtirilmagan sementga nisbatan suv bilan aralashtirilgandan so‘ng birinchi kunda va haftada sekinroq qotadi. Suvda 6 oy qotgandan keyin bu sement (shu klinkerning o‘zidan), qo‘shimchasiz sementning mustahkamligiga ega bo‘ladi. Putssolan sement oddiy sementga nisbatan qotish jarayonida kam issiqlik chiqaradi. Bu esa yaxlit inshootlarni betonlashda qulaylik beradi, lekin qishki mavsumdagi beton ishlari og‘irlashadi, chunki sunʼiy usul bilan beton isitilishi talab qilinadi. Putssolan portlandsementni qotishida erkin kalʼsiy gidrookisidi aktiv kremnezem qo‘shimcha bilan qo‘shiladi va suvda deyarli erimaydigan kalʼsiy gidrosilikatni hosil qiladi, dengiz va boshqa mineral suvlarda parchalanmaydi. Yuqori darajada fizik-kimyoviy taʼsirga chidamli va nam sharoitda qotadigan betonda, masalan gidrotexnik inshootlarning ichki, yer osti, suvosti qismlarini qurishda, dengiz va chuchuk suvda (tulqin qaytarich, qirg‘oq, dok, to‘g‘on, shlyuzlar va boshqalar),
kanalizatsiya va vodoprovod inshootlarida, tunnel va boshqa yerosti qurilish inshootlarida, shaxta yo‘laklarida putssolan portlandsementni qo‘llash samaralidir.
Bunday sementni yer usti temirbeton inshootlarida qo‘llash noqulayliklar keltirib chiqaradi, yaʼni tez qurishi Sementning qotishini to‘xtatib qo‘yadi va kuchli kirishishni keltiradi. Bu sementni o‘zgaruvchan, yaʼni nam tortishi va qurishi, muzlashi va erishi mumkin bo‘lgan keskin sharoitda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Tayyorlovchi zavod buyumni olingan vaqtdan boshlab sementni standart talablariga mosligiga va ortilgandan keyin bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatga kafolat beradi. Buyum pasportida sement turi, markasi va tayyorlovchi zavod nomidan tashqari, sement hamirining normal quyuqligi va 2+3+6+4 s rejimda bug‘latilganda sementning o‘rtacha aktivligi 85+5 C0 haroratda izotermik qizitish va tayyorlagandan bir kecha-kunduzdan keyin sinalganligi ko‘rsatiladi. UzRST talablariga javob beradigan sementlarni mustahkamlik xossalari yuqori turg‘unlikka ega bo‘lishi, aktivlikni variatsiya koeffitsiyentini miqdori sement markasiga qarab 3-5% dan oshmasligi kerak. Bu sementlarda ―YOlg‘on tishlashish‖га yo‘l qo‘yilmaydi, ortilayotgan vaqtda sement darajasi 95oSdan oshmasligi kerak.