Kengayuvchi yoki kirishmaydigan sementlarni suv o‘tkazmaydigan beton tayyorlashda qo‘llash mumkin. Bu sementlarning mohiyati sementni qotishida fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hajmi oshadigan tarkiblarni borligidir. Bunday sementlarning juda kup retseptlari maʼlum, lekin doimiy ishlab chiqarilmaydi (bunday sementlar alohida mahsus maqsadlar uchun ishlab chiqariladi).
Oxirgi yillarda betonni qotish jarayonida uning hajm o‘zgarishini sozlash uchun kengayuvchi sementlar o‘rniga oddiy portlandsementli qorishma va betonlarga kompleks qo‘shimcha kiritilishi qo‘llanmoqda.
Fosfatsementlarni issiqqa chidamli va boshqa mahsus betonlarni tayyorlashda qo‘llash mumkin. Bu sementlarning qotishi baʼzi bir mayin yanchilgan oksidlarning(titan dioksidi, mis, magniy, ruh oksidi va boshqalar) va fosfor kislotasining mahsus tarkibining o‘zaro taʼsiri hisobiga ro‘y beradi. Bunday sementlar yuqori mustahkamlikka egadirlar, yuqori darajali issiqqa chidamli, lekin tarkibining turiga qarab mahsus qotish tartibini talab qiladi, chunki noto‘g‘ri texnologiyalarda betonda sezilarli darajada nosoz holat rivojlanishi mumkin, masalan materialning oxirgi mustaxkamligi pasaytiruvchi massani ko‘payishi mumkin.
Kislotagachidamlisement- kislotaga chidamli buyumlar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan. U sinchiklab aralashtirilgan mayda kvars qumi va kremniyftorli zichligi 1, 32-1, 5, bog‘lovchi xususiyati natriydan tashkil topgan. Bu sementni suyuq shishada, yaʼni natriy yoki kaliy silikatini Na2O*n SiO2- K2O*SiO2 kalloidli qorishmasi bilan qorishtiriladi. Kerak bo‘lgan konsistensiya(quyuqlik)ga erishish uchun suyuq shishaga suv qo‘shib suyultiriladi. Suyuq shisha karbonat angidrit gazi taʼsirida qurishi va amorf kremnezem ajralishi oqibatida havoda qotadi. Suyuq shisha qotishini tezlatish va sement toshining zichligini oshirish uchun kislotaga chidamli sementdan foydalaniladi. Uning tarkibiga kiradigan kremniyftorli natriy qotish katalizatori hisoblanadi va qotgan materialni kislota va suvga chidamliligini oshiradi. Kremniyftorli natriy qo‘shimcha eriydigan shishaning massasiga nisbatan 12-15% ni tashkil etishi kerak. So‘nggi yillarda kelgusida sementning xususiyatlarini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Qo‘shimchali krentlar (kristallizatsion komponentlar) sement ishlab chiqarish kashf etilmoqda va joriy qilinmoqda, natijada sementning mustahkamligi 5-15% ga oshib, sovuqqa va sulʼfatga chidamliligi yaxshilanmoqda.