8-Mavzu Beton uchun ishlatiladigan bog‘lovchi, kimyoviy qo‘shimchalar va ularning turlari, saqlash qoidalari bilan tanishish



Yüklə 156,62 Kb.
səhifə2/8
tarix28.11.2023
ölçüsü156,62 Kb.
#168142
1   2   3   4   5   6   7   8
8-

Portlandsement deb, tarkibida gipsdan tashqari mineral qo‘shimchalar bo‘lmagan sementga aytiladi. Toza klinkerli portlandsement qo‘shimchasiz holda yuqori mustahkamlikdagi betonlarda, yig‘ma temirbeton ishlab chiqarishda, ayniqsa oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarda, maxsus sharoitlar – shimoliy tumanlarda, quruq va issiq iqlimlarda qo‘llaniladi.
Umumiy ishlab chiqariladigan sementning 60% ni keng ko‘lamda qo‘llaniladigan sement, yaʼni ko‘shimchali portlandsement bilan tashkil etadi. Ular ko‘pgina monolit va yig‘ma temirbeton konstruksiyalarda qo‘llanilishi mumkin.
Tez qotadigan sement – portlandsementning qo‘shimchali turi. 400, 500 markali bu sementning 3 kundan keyin siqilishga bo‘lgan mustahkamligi 25 MPa dan kam emas. Tez qotishni taʼminlash uchun klinker tarkibida C3S >50%, C3S+C3A>60% bo‘lib sement esa mayin tuyilgan bo‘lishi kerak. Solishtirma yuzasi 4000 sm2/g dan kam bo‘lmasligi kerak.
Shlakli portlandsement –portlandsement klinkeri va granullangan domna shlaki bilan birgalikda tuyish natijasida olinadi.
O‘z xususiyati bilan shlakliportlandsement oddiy sementdan oz farq qiladi, xaqiqiy zichligi ozgina past (2, 9-3), shunga nisbatan ham kamroq.
Sementlarga qo‘yiladigan talablar 1.1-jadval

Sement turlari

Marka

Qo‘shimchalarning miqdori, %



granullangan shlak

aktiv mineral

trepel, opoklar, diatomit

boshqalar



Umumiy qurilishga mo‘ljallangan sementlar:




Portlandsement

400, 500
550, 600

yo‘l qo‘yilmaydi

mineral qo‘shimchali portlansement

400, 500
550, 600

20

10

15

tez qotuvchan
portlandsement

400, 500

20

10

15

shlakli portlandsement

300, 400
500

21-60







Tez qotuvchan shlakli portlandsement

400

21-60







Sulʼfatga chidamli
sementlar:




sulʼfatga chidamli
portlandsement

400

yo‘l qo‘yilmaydi

qo‘shimchali sulʼfatga
chidamli portlandsement

400, 500

10-20

5-10

yo‘l
qo‘yilmay-di

sulʼfatga chidamli shlakli portlandsement

300, 400

21-60

yo‘l qo‘yilmaydi

yo‘l qo‘yilmay-di

Putssolan sement

300, 400

Yo‘l
qo‘yilmaydi

20-30

25-40

Shlakli portlandsement portlandsementdan (klinkerni tarkibi bir xil) ancha sekinroq tishlashi(boshlanishi 4-6 soatdan, tugashi10-12 soatdan keyin) va birinchi 7-10 kunda sekin qotishi bilan farqlanadi. Bu sement klinkeri tarkibida C3A 8% dan kam bo‘lganda, minerallashgan suvlar (sulʼfatli, dengiz suvi) taʼsiriga chidamli beton olinadi. Issiqlik va namlik bilan ishlov berilganda oddiy portlandsementga nisbatan shlakoportlandsementning qotishi ancha tezlashadi, bu esa yig‘ma temir beton ishlab chiqarishda uning yuqori samaradorligini taʼminlaydi.


Hamma sementlar isteʼmolchining talabiga binoan qorishmaning plastikligini oshiruvchi yoki gidrofoblovchi namlikni tez yuqtirmaydigan qo‘shimchalar bilan ishlab chiqarilishi mumkin.

Yüklə 156,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin