Ohak. Silikat beton ishlab chiqish uchun, oxirgi yillarda qurilishda keng ko‘lamda ishlatiladigan bog‘lovchi sifatida havoiy ohakdan foydalanilmoqda.
Havoiy ohak - oddiy bog‘lovchi, karbonat tog‘ jinslarni (ohaktosh, mel, rakushechnik-chig‘anoq, kimyoviy ishlab chiqarish chiqindilari va boshqalar), o‘rtacha kuydirish usuli bilan olinadi hamda uning tarkibida giltuproqli aralashmalar 8% dan ortiq bo‘lmasligi talab etiladi. Qurilishda so‘ndirilmagan –suvsiz kalʼsiy oksidi CaO bo‘lib uning asosiy qismini tashkil etadi, va so‘ndirilgan, yaʼni so‘ndirilmagan ohakni suv bilan birlashishi natijasida olingan va asosan kalʼsiy oksidi gidrati Ca(OH)2 dan tashkil topgan ohaklar qo‘llaniladi.
Havoyi ohakka mineral qo‘shimchalar yanchilgan tog‘ jinslari yoki ishlab chiqarish chiqindilari (domna va yoqilg‘i shlaklari, kul, vulqon tuflari, opoklar, pemzalar, kvars qumi, gips toshi) qo‘shish mumkin. Sifati bo‘yicha tarkibidagi aktiv CaO va MgO larni miqdoriga qarab ohak 3 navga (qo‘shimchasiz, ohakda ularning miqdori tegishli ravishda 90, 80, 70% ga teng kelishi kerak, qo‘shimchali I va II naviga ohaklarda tegishli ravishda 64, 52% bo‘linadi). So‘nish tezligiga qarab tez so‘nadigan ohak (so‘nish tezligi 20 min. gacha) va sekin so‘nadigan ohakka (so‘nish tezligi 20 min dan qo‘proq) ajratiladi.
Havoda qotadigan ohakli qorishma va betonlarning mustahkamligi katta emas, 28 kunda 0, 5-3 MPa ni tashkil etadi. Material mustahkamligi avtoklav ishlov berishda (1750C harorat va 0, 8 MPa bosimda) sezilarli darajada oshirilishi mumkin, ohakning to‘ldiruvchi kremnezemi bilan o‘zaro taʼsiri natijasida mustahkam gidrosilikatlar hosil bo‘ladi. Bu usul avtoklav silikat betonni olish uchun qo‘l keladi, mustahkamligi 20-50 MPa ni tashkil etadi (hatto bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin), shuningdek serg‘ovak betonni ishlab chiqishda qo‘llash mumkin. Avtoklav silikat materiallarini olish uchun tarkibida magniy oksidi 5% dan ko‘p bo‘lmagan tez so‘nadigan ohakdan foydalaniladi.