8-mavzu. Maple tizimi. Matematik ifodalar va funksiyalar. Algebra va sonlar nazariyasi masalalarini yechish


Asosiy matematik o’zgarmaslar va arifmetik amallar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə2/11
tarix17.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#88520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
maruzamatn 2 qism

Asosiy matematik o’zgarmaslar va arifmetik amallar.
Asosiy matematik o’zgarmaslar quyidagilardir: Pi- bu π soni, I-mavhum birlik i, infinity-∞, Gamma –Eyler o’zgarmasi, false-yolg’on, true-rost. Arifmetik amallar belgilari: +-qo’shish, -ayirish, *-ko’paytirish, /-bo’lish, ^-darajaga ko’tarish, !-faktorial. Solishtirish belgilari: <,>,>=,<=,<>,= ( kichik, katta, katta va teng, kichik va teng, teng emas, teng).
Butun, rasional va kompleks sonlar.
Maple da sonlar tabiiy ravishda matematikadagi kabi butun (integer), rasional, haqiqiy (real) va kompleks (complex) bo’lishi mumkin. Ularning ma’nolari bir xil, faqat yozilish qoidalariga aniq itoat qilish kerak. Rasional sonlar uch xil ko’rinishda tasvirlanadi: 1)oddiy kasr ko’rinishidagi rasional son, masalan: 28/70; 2)o’nli kasr ko’rinishidagi (float) rasional son: 2.3457; 3)daraja ko’rishishidagi rasional son, masalan, son 1.602*10^(-19) ko’rinishda yoziladi.
Rasional sonni taqribiy o’nli kasr ko’rinishda olish uchun biror butun sonni o’nli nuqta bilan nol sonini qo’shib yozish kerak.
Shartli kelishuv: Maple da javob ,yuqorida ko’rganimizdek, buyruqdan keyingi satrda ko’rsatiladi. Kompakt yozish uchun javobni biz buyruq yonida \\ belgidan keyin ko’rsatamiz, masalan, >a+b; \\ a+b .



Buyruq satri
Javob satri

>1.2+3.4;
3.6

Buyruq satri
Javob satri

>Sin(Pi/6);
½

Kelishuvga asosan

>sin(Pi/6.0); \\ 0.500000000

Maple da grek alfavitidan ham foydalanish mumkin. Buning uchun satrda grek harfining nomi yoziladi, katta harflarni yozish uchun grek harfining nomida bosh harf katta qilib yozildi kerak.Masalan,





-alpha

-beta

-gamma

-delta

ε-epsilon

ζ-zeta

η-eta

θ-teta

ι-ita

κ-kappa

Κ-Kappa

λ-lambda

μ-mu

ν-nu

ξ-xi

ο-omikron

π-pi

ρ-rho

Σ-Sigma

σ-sigma

τ-tau

υ-uosilon

φ-phi

χ-chi

ψ-psi

ω-omega

Γ-Gamma

Ω-Omega

Grek harflarini yozish uchun ekranda maxsus menyu mavjud.


Buyruqlarning ko’rinishi va ularni bajartirish usullari.


Mapleda buyruqlar nomli va nomsiz bo’ladi. Nomli buyruq quyidagicha bo’ladi: >sommand(p1,p2,…); yoki >sommand(p1,p2,…): , ya’ni buyruq nomdan va qavslar ichida parametrlardan iborat va ikki nuqta yoki nuqta vergul bilan tugallanadi. Buyruq arifmetik ifoda bo’lsagina uning maxsus nomi bo’lmaydi. Agar buyruq nuqta vergul (;) bilan tugallansa uning natijasi ekranga chiqariladi, ikki nuqta (:) bilan tugallansa buyruq bajariladi natijasi ekranga chiqarilmaydi.
Buyruqlar ikki xil usul bilan bajartirilishi mumkin:
1-usul-to’g’ri usul. Buyruq teriladi; yoki : yoziladi va Enter bosiladi.
2-usul-smart usul. Ifoda teriladi va ; qo’yilib Enter bosiladi, javob ustida sichqoncha o’ng tugmasi bosilib ifoda kontekst menyusidan kerakli buyruq tanlanadi. (Qanday ajoyib imkoniyat!).
Prosent % simvoli oldingi buyruq natijasini chaqirish uchun ishlatiladi va buyruqlar yozishni qisqartirish uchun ishlatiladi, masalan,
>1+2: >%+3; \\ 6
O’zgaruvchiga qiymat berish uchun := ishlatiladi.
Maple ishga tushgach operativ xotirada uning birorta ham buyrug`i bo’lmaydi, ular ishlash davomida operativ xotiraga chaqiriladilar. Buyruqlar operativ xotiraga chaqirilishiga qarab uch turga bo’linadi. 1) Maple ishga tushgach avtomatik ravishda ishga tushiriladiganlar, 2) readlib(command) buyrug`i orqali chaqiriladiganlar, 3) maxsus paketlar (package) dan chaqiriluvchi buyruqlar. Package paketga tegishli barcha buyruqlarni chaqirish >with(package) buyrug`i yordamida, paketga tegishli biror command dani chaqirish esa >package[command](options) buyrug`i yordamida amalga oshiriladi, bu yerda va bundan keyin options so’zi buyruqning parametlarini bildiradi. Paketlarga misol sifatida linalg-chiziqli algebra masalalarini yechish, geometri-planimetriya masalalarini yechish, geom3d-stereometriya masadalarini yechish, student-studentlarga masalalarni interaktiv (muloqat) tarzida analitik ko’rinishda qadam ba qadam oraliq natijalarni namoyish qilgan holda yechish imkoniyatlarini beruvchi paketlarni keltirish mumkin.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin