9-mavzu: Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari



Yüklə 51,4 Kb.
səhifə3/11
tarix01.12.2023
ölçüsü51,4 Kb.
#170435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MEDIA 9-MARUZA

Login va parolni o‘g‘irlash. Login va parolni o‘g‘irlash - bu
foydalanuvchilarning mahfiy ma’lumotlari bo‘lgan login va parollarga ega bo‘lish
maqsadida amalga oshiriladigan internet firibgarligining bir turidir. Bu mashhur
brendlar, masalan, ijtimoiy tarmoqlar, banklar va boshqa servislar nomidan
elektron xatlarni ommaviy jo‘natish yo‘li orqali amalga oshiriladi. Xatda odatda
tashqi ko‘rinishi asl saytdan farq qilmaydigan saytga to‘g‘ri ishorat mavjud
bo‘ladi. Bunday saytga tashrif buyurgan foydalanuvchi firibgarga akkauntlar va
bank hisob raqamlariga kira olishga ega bo‘lishga imkon beruvchi muhim
ma’lumotlarni bildirishi mumkin. Fishing - ijtimoiy injeneriyaning bir turi bo‘lib,
foydalanuvchilarning tarmoq xavfsizligi asoslarini bilmasligiga asoslangan.
Jumladan, ko‘pchilik oddiy faktni bilishmaydi: servislar qayd yozuvingiz
ma’lumotlari, parol va shu kabi ma’lumotlarni yuborishni so‘rab hech qachon
xat yubormaydi.Resurslardan ruxsatsiz foydalanish va uning oqibatlari: Axborot kommunikatsiya tizimining ixtiyoriy tarkibiy qismi bo’lgan hamda axborot tizimi etadigan imkoniyat mavjud bo’lgan resurslardan belgilangan qoidalarga muvodiq bo’lmagan holda foydalanishni cheklash qoidalariga rioya qilmasdan foydalanish -bu resurslardan ruxsatsiz foydalanish toifasiga kiradi. Bunday foydalanish natijasida quyidagi oqibatlar yuzaga kelishi mumkin:
- axborotning o‘g‘irlanishi;
- axborotni o‘zgartirish;
- axborotning yo‘qotilishi;
- yolg‘on axborotni kiritish;
- axborotni qalbakilashtirish va h.k.
Kompyuter virusi. Kompyuter virusi - bu o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi, kompyuter tarmoqlari va axborot tashuvchilari orqali erkin tarqaluvchi, hamda kompyuter va unda saqlanayotgan axborot va dasturlarga zarar yеtkazuvchi dastur kodi yoki komandalar ketma-ketligi hisoblanadi. Kompyuter viruslari quyidagi xossalarga ega: o‘zidan nusxa ko‘chirish, axborotdan ruxsatsiz foydalanishni amalga oshirish. U o‘zining nusxalarini kompyuterlarda yoki kompyuter tarmoqlarida qayta ko‘paytirib va tarqatib, hamda qonuniy foydalanuvchilar uchun nomaqbul harakatlarni bajaradi. Virus, aksariyat hollarda nosozlik va buzilishlarga sabab bo‘ladi va biror hodisa yuz berishi bilan, masalan, aniq kunning kelishi bilan
ishga tushirilishi mumkin.

Yüklə 51,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin