9-mavzu: Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari



Yüklə 51,4 Kb.
səhifə2/11
tarix01.12.2023
ölçüsü51,4 Kb.
#170435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MEDIA 9-MARUZA

Parol tushunchasi. Parol - uning egasi haqiqiyligini aniqlash jarayonida
tekshiruv axboroti sifatida ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. U kompyuter bilan
muloqot boshlashdan oldin, unga klaviatura yoki identifikatsiya kartasi yordamida
kiritiladigan harfli, raqamli yoki harfli-raqamli kod shaklidagi mahfiy so‘zdan
iborat.
Avtorizatsiya tushunchasi. Avtorizatsiya - foydalanuvchining resursdan
foydalanish huquqlari va ruxsatlarini tekshirish jarayoni. Bunda foydalanuvchiga
hisoblash tizimida ba’zi ishlarni bajarish uchun muayyan huquqlar beriladi.
Avtorizatsiya shaxs harakati doirasini va u foydalanadigan resurslarni belgilaydi.
Ro‘yxatdan o‘tish tartibi. Ro‘yxatdan o‘tish - foydalanuvchilarni ro‘yxatga
olish va ularga dasturlar va ma’lumotlarni ishlatishga huquq berish jarayoni. Ayrim
veb-saytlar foydalanuvchilarga qo‘shimcha xizmatlarni olish va pullik xizmatlarga
obuna bo‘lish uchun ro‘yxatdan o‘tishni, ya’ni o‘zi haqida ayrim ma’lumotlarni
kiritishni (anketa to‘ldirishni) hamda login va parol olishni taklif qiladilar.
Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng tizimda unga qayd yozuvi (account)
yaratiladi va unda foydalanuvchiga tegishli axborotlar saqlanadi.
Login va parolga ega bo‘lish shartlari. Biror shaxs o‘zining login va
paroliga ega bo‘lishi uchun u birinchidan axborot kommunikatsiya tizimida
ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak va shundan so‘ng u o‘z logini va parolini o‘zi
hosil qilishi yoki tizim tomonidan berilgan login parolga ega bo‘lishi mumkin.
Login va parollar ma’lum uzunlikdagi belgilar ketma-ketligidan tashkil topadi.
Login va parollarning uzunligi va qiyinligi uning qanchalik xavfsizligini ya’ni
buzib bo‘lmasligini ta’minlaydi. Login va parolni buzish. Login va parolni buzish - bu buzg‘unchining biror bir maqsad yo‘lida axborot kommunikatsiya tizimi ob’ektlaridan foydalanish uchun qonuniy tarzda foydalanuvchilarga tegishli login va parollarini buzishdir.mBunda maxsus dastur yordamida login va parollar generatsiya qilib topiladi. Login va parollarning uzunligi bu jarayonning uzoq vaqt davom etishiga yoki generatsiya qilaolmasiligiga ishora bo‘ladi.

Yüklə 51,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin