Axborot xurujlari – bu shaxsga, muayyan tashkilot va davlatga
yo‘naltirilgan ta’sir bo‘lib, uning asl maqsadi o‘sha shaxs, tashkilot va davlatning
normal hayot tarzining buzilishini nazarda tutgan siyosiy va ijtimoiy guruhlarning
g‘arazli niyatlaridan kelib chiqadi.Tezkor tapaqqiyot odatiy tamoyillar katori vaqt va makon mutanosibligiga xam o‘z ta’sirini ko‘rsatmokda. Barcha faoliyat jarayonlarida yangicha yondashuv va rivojlanish strategiyalarining shakllanishi insonlar va mintaqalarning yakkalikdan yaxlitlikka yuz burishiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida "odamlarni ma’lum bir manfaatlarga xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan,turli ma’no-mazmundagi axborot bosimlarining doimiy ta’siri ostida yashashga majbur qilmoqda. Bugungi kunda axborot juda keng tarqalgan bo‘lib, har taraflama rangbarang ma’nolarda tushuniladi. U ishtirok etmagan bilim sohasini topish qiyin. XXI asr axborotning nazariy va amaliy ijodi eng cho‘qqisiga yеtgan asr hisoblanadi. Shuning uchun xam XXI asrni axborot asri deb ta’kidlashmokda. Axborotga quyidagicha ta’rif berish mumkin - axborot manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar, shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmuidir. Jahon tajribasidan ma’lumki, davlat axborot infrastrukturasining rivojlanishi jamiyat va davlatning hamma jabhalarini, jumladan, odamlarning dunyoqarashini va ularning mehnat, ijtimoiy va siyosiy hayotda ishtirok etishi shartlarini o‘zgartirib, jamiyat rivojlanishini tezlashtiradi. Tig‘iz axborotlashgan jamiyatda "shaxs-jamiyat-davlat" aloqadorligi, ularning o‘zaro uzviyligi va yaxlitligini ta’minlash bir muncha qiyinlashadi. Chunki axborot oqimi tezlashgan va axborotlar girdobida yashash kabi murakkab, ziddiyatli vaziyatning yuzaga kelishi bevosita shaxs tafakkurining, inson
dunyoqarashining keskin uzgarishiga sabab bo‘lmoqda. Bugungi kunda,
rivojlangan texnika davrida turli xil ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari
orqali tez va oson toppish mumkin. Jumladan, buzg‘unchilik, tajovuzkorlik,
noaxloqiy xulqni shakllantiruvchi ma’lumotlar ham anchagina. Ayniqsa, bunday
manbalar o‘sib kelayotgan yosh avlodlar ongiga ta’sir ko‘rsatayotganligi juda
achinarli xoldir. Axborot orqali yuzaga kelgan psixologik mojarolar sharoitida
davlat axborot siyosatining vazifasi jamiyatni salbiy axborot, psixologik xurujdan
ishonchli saqlash, qat’iy himoya qilish mexanizmini yaratish bilan belgilanadi. Har
bir yangi axborot-psixologik mojaro himoya qilinayotgan jamiyat uchun yangi
tahdidlarni keltirib chiqarishi ham mumkin. Demak, tahdid qancha ko‘p bo‘lsa,
hadik va ishonchsizlik shuncha ko‘payadi. Ana shunday ma’naviy, ruhiy, ijtimoiy
vaziyatdan kelib chiqib, jamiyat kayfiyatini muvofiqlashtirib, yo‘naltirib,
boshqarib turishi muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot-psixologik xavfsizlik bu
bevosita siyosiy mojarolarning oldini olish, eng avvalo, insonning o‘zini o‘zi
tushunishi va fuqarolararo munosabatlarni yuksak ma’naviy-ma’rifiy mezonlar
asosida shakllantirish, axborot qurolidan zamonaviy insonparvar tafakkurni,
ijodkorlik ruhini, yaratuvchilik qobiliyatini, bunyodkorlik imkoniyatlarini
shakllantirishni taqozo qiladi. Hozirgi kun jamiyatni boshqarish, zamon me’yorlari asosida kishilik taraqqiyotini ta’minlashning yangi usul va uslublarini qidirib topish zaruriyatini paydo qiladi. Jumladan, siyosiy-hyquqiy, tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy psixologik va axborot tizimini boshqarish kabi qator, bir-biriga uzviy bog‘liq, bo‘lgan yo‘nalishlarda boshqaruvning eng maqbul uslubini topish, bevosita hokimiyat va unga ishonch, jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlashda fuqarolar yakdilligi, ma’naviy va g‘oyaviy jixatdan birligini ta’minlashni taqozo etadi.
Ommaviy axborot vositalari ta’siridagi buzg‘unchi yoki ongni zararlovchi
g‘oyalarning oldini olish faqat yosh avlodning ta’lim tarbiyasiga e’tiborni
kengaytirish va to‘g‘pi tashkil etish hamda sifatli ta’sirni kuchaytirishdan iborat.
Bunda, albatta, pedagoglar, psixologlar, jamoatchilik, ota-ona kabi bolaga ma’sul
shaxslarning bilim saviyasi va hayotiy tajribalari ayniqsa ahamiyatlidir.
Ommaviy axborot tizimi ayni paytda ochiq axborot tizimi hisoblanadi. Chunki
dunyo miqyosida axborot tarqatishni ma’lum davlatdan yoki bir joydan turib,
nazorat qilib, tartibga solib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham bu tizim ochiq
ommaviy axborot tizimi deb nomlanadi. Ochiq axborot tizimi deganda axborot vositalari va unda berilayotgan axborotlarning oshkoraligi, dunyo axborot maydonida axborot almashinuv jarayonining jamiyat ehtiyoji sifatida namoyon bo‘lishi va axborotlarning shaxs hayoti-faoliyatining ajralmas qismiga aylanib borishi jarayoni tushuniladi. Axborot olish kafolati bu bevosita shaxsiy manfaatdan ustun turadigan, umummilliy manfaatga daxldor bo‘lgan qadriyatga aylanmog‘i lozim. Ana shunday sharoitda qanday mazmundagi axborotni tarqatishni man etish,
jamiyatning psixologik holatiga salbiy ta’sir etuvchi ijtimoiy, milliy, etnik, diniy
tafovut va kelishmovchiliklarni kuchaytiruvchi, zo‘ravonlik va urushni targ‘ib
etuvchi pornografiya, maishiy buzg‘unlik, shaxslar mavqei, obr o‘si va sha’niga
salbiy ta’sir etuvchi axborotlarni chegaralashning norasmiy, vijdon bilan bog‘liq b
o‘lgan, sog‘lom aql va yuksak tafakkurga tayangan ma’naviy-ruhiy me’yorlarni
vujudga keltirish muhim ahamiyat kasb etadi. XX asrning ikkinchi yarmi tezkor,
keng ko‘lamdagi axborot tizimi va telekommunikatsiya texnologiyalarining
rivojlanish davri, hayotning deyarli barcha jabxalariga va inson faoliyatiga kirib
borishi, shuningdek, axborot makonining globallashuvi, butun jahon rivojiga ta’sir
ko‘rsatgan va kurashatayotgan omili sifatida e’tirof etilmoqda. E’tiborli jihati,
mamlakat ichida va tashqi dunyoda faol axborot almashinuviga odamlar ehtiyoji
juda ortib bormoqda. Axborot sohasining bunday tezlik bilan rivojlanishi, uning
potensiali va imkoniyatlarining o‘sishi, jamoatchilik va davlat hayotidagi turli xil
yo‘nalishlarda keng tarzda ishlatilishi, yangi - XXI asrdagi odamzot taraqqiyotini
aniqlab beruvchi muhim omillardan biri bo‘lishiga asosdir. Bugungi kunda
kundalik xalqaro munosabatlarda "axborot urushi", "axborot qarama-qarshiligi",
"axborot bosimi" kabi tushunchalar ko‘p ishlatilayotganligi aholini axborot
xurujidan himoyalash bo‘yicha choralar qurish muhimligini yanada oshiradi.
Ushbu muammoning dolzarbligi yana shundaki, hozirda odamlar (shaxs, ijtimoiy
guruh, jamiyat) ongi shakllanishida ma’lum darajada ommaviy axborot
voqealarining faoliyati va axborot resurslarining ta’siridadir. Shuning uchun,
ayniqsa ochiq axborot tizimi sharoitida shaxs, jamiyat va davlatning axborot,
axborot psixologik xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishning ahamiyati
yanada oshadi. Ayni vaqdta, axborot tizimi imkoniyatlarini milliy manfaatlarni
himoyalash va rivojlantirish, shuningdek, global axborot makonida davlatning
manfaatlarini amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratish yulida foydalanish juda
muhim hisoblanadi.
Axborot-psixologik xavfsizlik deb - individual, guruhiy psixologik va
omma psixologiyasiga, jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy,
madaniy, ekologik va boshqa sohalariga qaratilgan turli darajalardagi salbiy
ta’sir o‘tkazishlardan himoyalanganlik holatini tushunish lozim.
Bunda axborot-psixologik tahdidlardan himoyalash asosiy maqsad qilib
olinishi hamda maqsadga yo‘naltirilganligi bo‘yicha ularni tabaqalashtirish
mumkin:
-ijtimoiy sohadagi axborot-psixologik tahdidlar;
-iqtisodiy sohadagi axborot-psixologik tahdidlar;
-siyosiy sohadagi axborot-psixologik tahdidlar;
-ma’naviy sohadagi axborot-psixologik tahdidlar;
-fan va texnika sohalaridagi axborot-psixologik tahdidlar;
-harbiy sohadagi axborot-psixologik tahdidlar;
-xavfsizlik sohasidagi axborot-psixologik tahdidlar;
-ekologiya sohadagi axborot-psixologik tahdidlar;
-ta’lim-tarbiya sohasidagi axborot-psixologik tahdidlar;
-tibbiyot sohasidagi axborot-psixologik tahdidlar;
-madaniyat sohasidagi axborot-psixologik tahdidlar
-oziq-ovqat sohasidagi axborot-psixologik tahdidlar;
-boshqaruv sohasidagi axborot-psixologik tahdidlar va b.