9-mavzu: Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari


Ma’naviy tahdid” tushunchasi: yondashuvlar va talqinlar. Milliy nizo turlari va tahdidlar. Diniy tahdidlar



Yüklə 51,4 Kb.
səhifə8/11
tarix01.12.2023
ölçüsü51,4 Kb.
#170435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MEDIA 9-MARUZA

5.3. Ma’naviy tahdid” tushunchasi: yondashuvlar va talqinlar. Milliy nizo
turlari va tahdidlar. Diniy tahdidlar.
Mafkuraviy tahdid – jamiyat, davlat, yoki xalq, millat, elat taqdiriga xavf
solib turgan, fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mafkuraviy xavfxatarlar majmui.Mafkuraviy tahdid – ijtimoiy-siyosiy harakat, oqim yoki siyosiy kuch o‘z
manfaatini ifodalovchi mafkurasini qo‘rqituv, zo‘rlik yo‘li bilan boshqalarga
singdirishi. Globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi natijasida inson uchun
xavfli bo‘lgan turli xil noan’anaviy tahdidlar yuzaga kelmoqda. Bulardan eng
xavflilari insonlarning ruhiyatiga ta’sir o‘tkazish orqali millatlarning qadriyatlari
va turmush tarzini izdan chiqarishga qaratilgan axloq-odob, oila va jamiyat
hayotida jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan ma’naviy tahdidlar hisoblanadi. Masalan,
keyingi yillarda ko‘plab namoyish etilayotgan jangarilik filmlarini olaylik. Bu
filmlarni ko‘pchilik, ayniqsa, yoshlar maroq bilan ko‘radi, chunki odamzod
tabiatan mana shunday to‘polonlarni tomosha qilishga moyil. Aslida, menining
nazarimda, odamning qalbida ikkita kuch- bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha
o‘zaro kurashadi. Afsus bilan ta’kidlashimiz lozim: tarix tajribasi shundan dalolat
beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko‘ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari,
ya’ni hatti-harakatlarini qo‘zg‘atib yuborish osonroq. Shuning uchun ongi
shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko‘pincha
turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizlikni o‘rganadi, xolos. Natijada ularning
diydasi qotadi, qalbidan toshbag‘irlik, zo‘ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy
olganini o‘zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha va filmlarning
qahramonlariga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishni istaydigan yigit-qizlar ham topiladi.
Chunki ular bunday uydirma talqinlar ta’sirida qo‘l urayotgan ishi qanday ayanchli
oqibatlarga olib kelishini tushunib еtmaydi”. Darhaqiqat, bugun olimlarimiz
tomonidan bunday tahdidlarning millat va jamiyat taraqqiyoti uchun, ma’naviy
parokandalikni keltirib chiqarishga qaratilgan zararlari ilmiy asosini topib
bormoqda. Prezidentmizning fikri naqadar to‘g‘ri ekanligini olimlarimiz
tomonidan o‘rganilgan quyidagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Bundan yеtti -
sakkiz yil ilgari AQShning Kolorado shtatiga qarashli shaharchada ikki nafar
o‘quvchi sinfdoshini otib o‘ldirgani, oxiri o‘zlarining joniga qasd qilgani haqidagi
shov-shuv dunyoga tarqaladi. Kompyuterdagi mashhur “DOOM” o‘yinidan
ta’sirlangan bolalar ana shunday mudhish qotillik sodir etdilar. Bugungi kunda
“Ma’naviy tahdid” tushunchasi keng ishlatilmoqda. Ba’zida bu tushunchaning
ma’nosini anglash qiyin kechmoqda. Ma’naviy tahdidlar shaxs axloqiy ongida
salbiy tushunchalar, tuyg‘ular, xususiyatlar va sifatlarni hosil qiluvchi illatlar
majmuidir. Chunki “Tahdid” so‘zi xavf-xatar, xuruj va buzish ma’nolarini
anglatadi. Shu ma’noda ma’naviy tahdidlar shaxsni aqliy va axloqiy jihatdan
buzishga qaratilgan maqsadli xurujlar hisoblanadi. Yangi jamiyat barpo etish
sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy hayotda turli mazmunda, turli maqsadda, turli shaklda
munosabatlar paydo bo‘ladi. O‘zbekiston uchun ham shunday rang-barang
munosabatlar davom etmoqda. Ayniqsa, chetdan turib ongli va maqsadli ravishda
uyushtirilayotgan ma’naviy tahdidlar bunday munosabatlarning asosini tashkil
qilmoqda. Bugungi kunda ma’naviy tahdidlar bir necha xil ko‘rinishda namoyon
bo‘lmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, ma’naviy tahdidlar tili, dini va e’tiqodidan
qat’iy nazar har bir insonga qaratilgan. Bundan maqsad, birinchidan, shaxsning
ma’naviy-axloqiy olamini buzish; ikkinchidan, o‘z vatani va jamiyatiga nisbatan
yovuzlik fikrini uyg‘otish; uchinchidan, milliy axloqiy qadriyatlarni aynitish;
to‘rtinchidan, o‘zgalar jamiyatini ideal deb bilish ko‘nikmasini hosil qilish;
beshinchidan, zararli odatlarga xuruj qo‘yish. Diqqat qilsak ma’naviy tahdidlarning
barcha turi nosog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liqligiga va u mafkuraviy nuqtai
nazardan eng xavfli omil ekanligiga amin bo‘lamiz. Chunki uning negizini shaxs
tarbiyasini izdan chiqarishga qaratilgan zararli g‘oya tashkil etadi. S.M.
Yo‘ldosheva tadqiqotlariga ko‘ra, ma’naviy tahdidlar bir necha ko‘rinishdan iborat
bo‘lib, birinchi ko‘rinish mafkuraviy xurujlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bunda
asosiy e’tibor shaxs fikrini buzish, shaxs dunyoqarashini aynitish va shaxs
pozitsiyasini o‘zgartirishga qaratiladi. Noto‘g‘ri fikrlash, mutaassibona
dunyoqarash va zararli hayotiy pozitsiya shaxsning mafkuraviy nosog‘lomligini
anglatadi.Ma’naviy tahdidning ikkinchi ko‘rinish g‘oyaviy tahdiddir. Bu xuruj ham
uch ma’noga ega bo‘lib, bunda asosiy e’tibor shaxs xulq-atvorini aynitish, shaxs
axloqiy munosabatlarini izdan chiqarish va shaxs muomalasini buzishga qaratiladi.
Zararli xulqatvor, nosog‘lom axloqiy munosabat va qo‘pol muomala shaxsning
xulqi zaifligidan dalolat beradi. Ma’naviy tahdidning uchinchi ko‘rinishi
informatsion xujumdir. Bunda asosiy e’tibor shaxsga noto‘g‘ri ma’lumot berish,
shaxs bilimini primitlashtirish va shaxs faoliyatini zaiflashtirishga qaratiladi.
Noto‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lish, sayoz bilimlilik va samarasiz faoliyat shaxsning
madaniy oqsoqligidan dalolatdir. Bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy tahdidlar
jamiyat kishilarini johil kimsalarga aylantiruvchi ma’naviy va axloqiy
tubanlik illatlaridir. Ma’naviy tahdidlarni o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan
iborat: Birinchidan, ma’naviy tahdidlar nosog‘lom turmush tarzi asoratidir;
Ikkinchidan, ma’naviy tahdidlar ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini
ifodalaydigan sub’ektiv omillar majmuidir; Uchinchidan, ma’naviy tahdidlar shaxs
axloqiy ongini buzish vositasida jamiyat hayotini izdan chiqarishga, nosog‘lom
turmush tarzini yoyishga yo‘naltirilgan. Nosog‘lom turmush tarzi asoratlari
natijasida ma’naviy tahdidlar quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:
Xudpisandlik - bu illat jamoatparvarlik fazilatlariga qarshi o‘laroq, shaxs axloqiy
ongida noto‘g‘ri tushuncha va qarashlarni hosil qiladi. Shu sababli xudpisand
kimsalarda burch va mas’uliyat tuyg‘usi bo‘lmaydi. Bundaylar faqat bugungi
kunni o‘ylab yashaydi, ertangi kunni o‘ylash, ezgulik va haqiqat uchun kurashish
fazilatlaridan holi bo‘ladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda ma’naviy
tahdidlar quyidagi illatlarni targ‘ib qilayotgani bilan namoyon bo‘lmoqda:
xudbinlik, nopoklik, nafs qutqusiga uchish, huzur-halovatga berilish, yеngil-yelpi
umr kechirishga da’vat, giyohvandlik, mutaasiblik, tajovvuzkorlik, molu-dunyoga
o‘chlik, axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, axloqsizlikni madaniyat deb bilish, va
aksincha asl ma’naviy qadiryatlarni eskilik sarqiti deb qarash, loqaydlik,
mahalliychilik, hasadgo‘ylik, baxllik, sotqinlik, irodasizlik, beparvolik. Bunday
ma’naviy axloqiy tubanlik illatlariga qarshi shaxs axloqida eng muhim
insoniy sifat va fazilatlarni shakllantirishga diqqat qilinishi kerak. Bunday sifat va
fazilatlarning asosiylari quyidagilar: insoniylik, mehr-oqibatlilik, ezgulik,
vatanparvarlik, haqgo‘ylik, adolatlilik, muruvatlilik, sahovatlik, vatanparvarlik,
oilaparvarlik, hamkorlik, totuvlik, ahillik, inoqlik, tashabbuskorlik, birodarlik va
faollik. Bular shaxsning ongi va qalbida sezgirlik, ogohlik va hushyorlik holatlarini
hosil qiladi. Shu ma’noda ma’naviy tahdidlardan shaxs axloqini himoya qilish
yo‘lining eng samarali usuli shaxsda axloqiy immunitetni hosil qilishdir. Bunday
immunitet shaxs axloqida ideal darajadagi sifat va fazilatlarni shakllantirishni
taqazo etadi. Xalqimiz ma’naviyatini asrash va uni yuksaltirish, ayniqsa, yosh
avlodni turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan, bir so‘z bilan aytganda,
ma’naviy tahdidlardan himoyalash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri
hisoblanadi. Ilmiy leksikonimizda nisbatan yangi kirib kelgan “Ma’naviy tahdid”
tushunchasiga turlicha yondoshuvlar mavjud. Falsafa fanlari doktori
G.Tulenovaning “O‘zbekistonda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash muammolari”
maqolasida mafkuraviy tahdidlar, jumladan terrorizm, aqidaparastlik va diniy
ekstremizm ma’naviy tahdid sifatida qaralgan. Rossiyalik tadqiqotchilarning
“Rossiya ma’naviy xavfsizligi (ma’naviy xavfsizlikning dolzarb nazariymetodologik va amaliy muammolari) nomli ilmiy - metodik qo‘llanmasida
ma’naviy tahdidlarga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Mazkur qo‘llanmada hozirgi
vaqtda ma’naviy xavfsizlikka yеtarli darajada e’tibor qaratilmayotganligi
ta’kidlangan va ma’naviy tahdidlar sifatida demografik va diniy
ongga ta’sir etuvchi tahdidlar tahlil qilingan. Ye.A.Boksha ma’naviy tahdidlar
sifatida Rossiya oilalari turmush tarziga qaratilgan destruktiv xarakterdagi,
ma’naviy qarama-qarshiliklarni kelib chiqishiga sababchi bo‘luvchi jarayonlarni
rivojlantiruvchi omillarga e’tibor qaratgan. Shuningdek hozirda oilalarning
hayotiga qarshi qaratilgan radikal femenizm mafkurasi, gey – madaniyati –
g‘oyasini tarqalishi (ommalashuvi), shahvatparastlikning (erotizm) targ‘iboti,
Rossiya oilasida egoistik (xudbinlik) qadriyatlarining majburan qabul qilinishi,
bozor ideallarining o‘z navbatida ma’naviy asoslarga salbiy ta’sirini ma’naviy
tahdidlar sifatida baholagan. Ma’naviy tahdidlar keng qamrovli bo‘lib, mazkur
yondoshuvlarda ularning u yoki bu jihatlari hisobga olingan.

Yüklə 51,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin