Milliy nizo turlari va tahdidlar. XXI asr bo‘sag‘asida tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, u yoki bu davalatning, millatning xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti, uning kelajagi mazkur millatga xavf solayotgan tahdidni angalab еtish salohiyati va qobiliyati darajasiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
“Tahdid” deganda inson hayotiy faoliyati, umuman, yashashini
chigallashtiruvchi hamda aniq tarixiy davr davomida aniq maqsad uchun
yo‘naltirilgan ijtimoiy strukturani, to‘g‘rirog‘i, davlatning siyosiy asosini
zaiflashtiruvchi, qolaversa, yеmirishga qaratilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy
va nihoyat, umumsayyoraviy salbiy omillarning “kirib kelishi” tufayli yuz
beruvchi makon va zamonda muayyan salbiy siyosiy ijtimoiy va tarixiy vaziyatni
tushunish lozim. “Tahdid” fenomeni, uning siyosiy jihatlari sayyoramizning turli mamlakatlarida ijod qilayotgan zamondosh tahlilchilar hamda siyosiy va jamoat
arboblarining e’tiborini ham o‘ziga tortib kelmoqda. Shu jumladan, Reyshauer,
Nibur, Xantington, Kissinjer (AQSh), Toynbi (Angliya), Turen (Fransiya),
Moiseev (Rossiya), qolaversa “Rim klubi” va Paguosh tinchlik harakati kabi ilmiyamaliy muassasalar rahbarlari va fidoiylari faoliyatini misol tariqasida keltirish
mumkin.
“Tahdid” tushunchasito‘la ma’noda siyosiy leksikonga Birinchi Prezident
I.Karimov tomonidan 1994 yil 22 sentyabrda Oliy Majlis sessiyasida so‘zlagan
nutqida birinchi bor kiritildi. Shunday ekan, mamlakatimizda “Tahdid” va uni
bartaraf qilishning ilmiy va amaliy asoslarini ochib berish, ularga chuqur tahlil
berish bevosita I.Karimov nomi bilan bog‘langan. Bugungi kunda bu mavzuga
daxldor masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va
jamiyat qurilishi Akademiyasi hamda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar
instituti jamoasi, mamlakatimiz jamiyatshunos olimlari tomonidan chuqur
o‘rganilmoqda. Uning mohiyati va funksional jihatlari barqarorlik, xavfsizlik,
fuqaroviy hamjihatlik va taraqqiyot kabi global muammolar bilan
uyg‘un holda tadqiq etilmoqda. Tahdidlar turli-tuman: ichki va tashqi, katta va
kichik, makon nuqtai nazaridan esa uzoq va yaqin bo‘lishi mumkin. Qanday
bo‘lishidan qat’iy nazar ularga nisbatan bamaylixotirlikka yo‘l qo‘yish yoki ularni
“saralash” bilan ovora bo‘lib vaqtni boy berish hollari uchrab turadi. XX asr
voqealari shundan guvohlik berib turibdiki, tahdidlarni toifalashda ularni shartli
ravishda iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ekologik, demografik, mafkuraviy, harbiy,
tabiiy – iqlimiy va ma’naviy tahdidlarga ajratib ko‘rish va tahlil etish mumkin.