9-mavzu: Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari



Yüklə 51,4 Kb.
səhifə1/11
tarix01.12.2023
ölçüsü51,4 Kb.
#170435
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MEDIA 9-MARUZA


9-mavzu:Axborot xavfsizligini ta’minlashning
g‘oyaviy-nazariy asoslari.
Reja:
1.Axborot xavfsizligini ta’minlash
2.Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasi va tasnifi
3. Ma’naviy tahdid” tushunchasi: yondashuvlar va talqinlar. Milliy nizo turlari va
tahdidlar.Diniytahdidlar.


Tayanch tushunchalar: Axborot xavfsizligi, login, parol, avtorizatsiya
tushunchasi, kompyuter virusi, milliy xavfsizlik, ma’naviy tahdid, diniy tahdidlar.
Axborotxavfsizliginita’minlash
Tarixdan ma’lumki, axborotning maxfiylik darajasi juda muhim hisoblanadi va axborot uchun kata e’tibor va ahamiyat qaratib kelinadi. Shu sababli ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo’llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o’qiy olmagan. Asrlar davomida bu san’at - sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o’n yil oldin hamma narsa tubdan o’zgardi, ya’ni axborot o’z qiymatiga ega bo’ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi.
Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o’g’irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug’iladi. Axborotni qayta ishlash sanoatining paydo bo’lishi axborotni himoyalash sanoatining paydo bo’lishiga olib keladi. Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga yo’naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan xar qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.Tarixdan ma’lumki,ilgarigi xavf faqatgina maxfiy xabarlar va xujjatlarni o’g’irlash yoki nusxa olishdan iborat bo’lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari to’plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so’ramasdan foydalanishdir. “Bulardan tashqari, bu xarakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi”10. Bunday jarayonlarda albatta axborot muhofazaasi tashkil etilishi kerak bo’ladi. “Axborotning himoyasi” deb boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qatiy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi”. Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshqa shaxsga Zarar yetkazmoqchi bo’lgan nohuquqiy muomaladan xar qanday xujjatlashtirilgan, ya’ni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo’yilgan xolda moddiy jismda qayd etilgan axborot himoyalanishi kerak. Axborotni himoyalashning maqsadlariquyidagilardan iborat hisoblanadi:Axborot xavfsizligini ta’minlash - bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga qo‘yilgan me’yor va talablarni bajarishidir. Axborot xavfsizligi esa bu axborot foydalanuvchilariga va ko‘plab axborot tizimlariga zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterga ega tasodifiy va uyushtirilgan ta’sirlardan axborotlarni va axborot kommunikatsiya tizim ob’ektlarining himoyalanganligidir.Login tushunchasi. Login - shaxsning, o‘zini axborot kommunikatsiya tizimiga tanishtirish jarayonida qo‘llaniladigan belgilar ketma-ketligi bo‘lib, axborot kommunikatsiya tizimidan foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun foydalaniluvchining maxfiy bo‘lmagan qayd yozuvi hisoblanadi.

Yüklə 51,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin