Tashqi xavfsizlik - ikki bosqichni nazarda tutadi: umuminsoniy yoki global
xarakterli va davlatlararo xavfsizlik masalalari. Tashqi xavfsizlik tahlil etilganda
avvalo ekologik, harbiy, radiatsion, epidimiologik, kriminal-jinoiy, biologik va
madaniy-ahloqiy (ekspansiyalar) turdagi xavflarni oldini olish nazarda tutiladi.
Ichki xavfsizlik esa mamlakat doirasida inson konstuitutsion huquq va kafolatlariga aloqador bo‘lgan iqtisodiy diversiyalarning oldini olish va ularga yo‘l
qo‘ymaslikka bog‘liq bo‘lgan maxsus choralarni, terroristik xurujlarning oldini
olish va ularnii vaqtida bartaraf etish, kelib chiqishi bo‘yicha ijtimoiy, tabiiy,
biologik hamda texnik asosli tahdidlardan jamiyat a’zolarini himoya qilishni
nazarda tutadi. Oxirgi yillarda dunyo miqyosida axborot texnologiyalarining
keskin rivojlanib ketayotganligi, Internet tizimning barcha davlatlar, madaniy
xududlar, barcha yoshdagi insonlar uchun qulay axborot almashinuvi vositasiga
aylanib borayotganligi munosabati bilan xavfsizlikning o‘ziga yana bir turi axborot
xavfsizligi paydo bo‘ldi. Axborot xavfsizligi– aslida jamiyatning ob’ektiv, xolis, haqqoniy axborot manbaiga ega bo‘lishi uchun yaratilayotgan shartsharoitlarni nazarda tutadi.Albatta, bunga mustaqil axborot vositalari orqali aholiga еtib keladigan ma’lumotlar oqimi ham kiradi. Bu vositalar aynan mustaqil bo‘lganliklari uchun ham birinchi navbatda moliyaviy, qolaversa, siyosiy va boshqa tomonlardan hech bir siyosiy kuch, alohida davlat yoki ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat
qilmasliklari kerak. Chunki mustaqil OAV aslida odamlarda sodir bo‘layotgan
turfa xil jarayonlarga nisbatan xolis fikrning shakllanishiga imkon berishi lozim.
Lekin amaliyotda ming afsuski, har doim ham shunday bo‘lavermaydi va jamiyat
o‘z a’zolarini, ayniqsa yosh avlodni turli axborot xurujlaridan himoya qilishga
majbur bo‘ladi.Axborot xavfsizligining vazifalari: 1) shaxs va jamiyatning axborot qabul qilish va undan foydalanishga bo‘lgan
huquqini ta’minlash; 2) xolis axborotlar makonini ta’minlash (mustaqil OAV tizimini yaratishorqali); 3) informatsion va telekommunikatsion texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarni bartaraf etish yo‘li bilan ushbu yo‘nalishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan terroristik tahdidlar, jumladan, telefon orqali, kompyuter tizimi orqali ro‘yberadigan xavflarni, shu orqali noqonuniy mablag‘larning bir manbadan
ikkinchisiga oqim ketishiga yo‘l qo‘ymaslik; 4) shaxsni, tashkilot va yaxlit jamiyatni axborot-psixologik tahdidlardan himoya qilish; 5) imidjni shakllantirish, turli bo‘hton, mish-mishlar va noo‘rin xabarlarga qarshi kurashish.
Axborot xurujlari turlicha bo‘lgani uchun unga nisbatan xavfsizlik
choralarini ko‘rish ham turli sohalarda (siyosat, iqtisodiyot, mudofaa) va turli
jabhalarda (davlat miqyosida, hududiy, tashkiliyh, shaxsiy) amalga oshiriladi.
Ya’ni, davlat miqyosida axborot xavfsizligini ta’minlashga aloqador bo‘lgan ishlar
muayyan bir tashkilot doirasida amalga oshiriladigan axborot xavfsizligidan farq
qiladi. Birinchisiga gap milliy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risida ketsa,
ikkinchi holatda tashkilotdagi muayyan ijtimoiy guruhlararo axborot
almashinuvida bo‘hton, tuhmat, mish-mishlar tarqatishga bog‘liq bo‘lgan salbiy
holatlar nazarda tutiladi. Lekin ikkala holat ham axborot xurujlariga odamlarning
normal faoliyatlari uchun xalaqit beruvchi omil sifatida qaraladi.