9-Mavzu:“ Jamoa haqida umumiy tishuncha. Jamoani tashkil etish metodikasi. Sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalash. Ma’lumotli ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
Mashg’ulot rejasi: 1.Jamoa haqida umumiy tushuncha. 2.Jamoani shakllantirish bosqichlari va shakllari 3.Jamoaning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish Umumiy o‘rta ta’lim hamda yangi turdagi ta’lim muassasalarida jamoani shakllantirish ma’suliyatli vazifa sanaladi. Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror butin-bu sinflar jamoalari sanaladi. Sinf jamoasida o‘quvchilarning asosiy faoliyati o‘qishdir. Aynan sinf jamoasida o‘quvchilar o‘rtasida mustahkam shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Bu bilan sinf jamoasi o‘z negizida maktab jamoasining shakllanishi uchun o‘ziga xos poydevor vazifasini bajaradi. Maktab jamoasi tarkibida o‘quvchilar jamoasi asosiy qismni tashkil etadi. O‘quvchilar jamoasi bu, ijtimoiy ahamiyatni tashkil etish, shuningdek umumiy saylov organlari va umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi o‘zaro birlikka ega o‘quvchilar guruhidir. BUNI YODDA TUTING. Jamoaso‘zilotincha “Kollektivus so’zining tarjimasi bo’lib yig’ilma omma birgalikdan majlis, birlashma, gurux ma’nolarini anglatadi. Aniqroq aytiladigan bo’lsa jamoa bu kishilardan iborat guruh, demakdir. O‘quvchilar jamoasi pedagog-tarbiyachilar hamda bolalardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi, o‘z-o‘zini nazorat, o‘z-o‘zini boshqaruv jarayonini tashkil etuvchi mustaqil tizim, shuningdek, o‘zining psixologik muhitiga, an’analariga ega guruh hisoblanadi. Demak, yuksak darajada uyushtirilgan jamoa o‘zida bir necha xususiyat (belgi)larni namoyon etadi. Ular quyidagilar: Sinf rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash – tarbiyaning yetakchi tamoyilidir.Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi hozirgi kunda ancha to‘liq va mukammal ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kursida bayon etaman, jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo‘yish; faollarni aniqlash, o‘quv mehnat, ijtimoiy siyosiy va ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish; sog‘lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarni yaratish, va ko‘paytirish. Ta’riflangan bu qoidalar har qanday jamoa (maktab, sinf jamoasi, maktabdan tashqari bolalar birlashmasi va hokazolar)ni shakllantirish va rivojlantirish uchun qo‘llanma bo‘lib hisoblanadi. Bolalarning jamoa turmush, qoidalarining intizomini buzilishiga munosabatlarini kuzatib jamoaning tashkiliy tuzilishi ta’sirchanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichlarida bolalar tarqoq bo‘lib, ularda yakdil fikr va sinf raxbari tayanishi mumkin bo‘lgan ta’sirchan faollar bo‘lmaydi. Shuning uchun jamoada salbiy hodisalar ochiq muxokama qilinmaydi va mustaqil jamoa qarori qabul qilinmaydi. Agar jamoa rivojlanishning 2-chi bosqichida bo‘lsa, nomigagina emas balki harakatlarini qo‘llab quvvatlaydigan haqiqiy harakat qiluvchi faollar bo‘lsa, uning ayrim o‘quvchilar va jamoa oldiga muayyan talablar qo‘yishini kuzatish mumkin. Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning mohiyati alohida o‘quvchini jamoa faoliyatigan jalb etishdan jamoani esa mazkur o‘quvchi bilan qiziqtirib qo‘yishdan ham iboratdir. Har qanday jamoada tarbiyasi qiyin bolalar bo‘ladi, lekin «ajratib qo‘yilgan» bolalar bo‘lmaydi. O‘quvchilarning xulq atvori, o‘quvchining muntazam o‘rganishni o‘z oldiga maxsus maqsad qilib qo‘ymasa uning uchun sezilmagan tarzda o‘zgarishi mumkin. Bunday o‘rganish yakka tartibda ishni tashkil etishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi. Jamoani shaklantirish, yuzasidan olib boriladigan ish albatta ayrim o‘quvchilarning rivojlanishga ta’sir etadi va shuning uchun ham bu jarayon stixiyali emas, balki maqsadga qaratilgan va boshqariladigan bo‘lishi kerak. Yüklə 125,37 Kb. Dostları ilə paylaş: |