9-Mavzu:“ Jamoa haqida umumiy tishuncha. Jamoani tashkil etish metodikasi. Sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalash. Ma’lumotli ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi


- ilova Saylangan umumiy raxbariy organiga egalik



Yüklə 125,37 Kb.
səhifə6/7
tarix24.09.2023
ölçüsü125,37 Kb.
#147528
1   2   3   4   5   6   7
9-маъруза jamoa

3- ilova



Saylangan umumiy raxbariy organiga egalik

Birgalikdagi umumiy faoliyatning tashkil etilishi

Majburiy mas’uliyat munosabati-ning yо‘lga qo’yilishi

Ijtimoiy ahamyatga ega yagona maqsadning mavjudligi

Jamoa hayotining birinchi boskichida jamoa faoliyatining paydo bo’lishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadir. Faoliyatning tarkib topishi demakdir. Jamoa faoli (aktiv) muayyan guruhning shunday a’zolariki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar va pedagog faoliyati va talabiga nisbatan hayrixohlik bilan munosabatda bo’ladilar. Faol pedagogning yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar.


Jamoa rivojlanishining ikkinchi boskichi. Ushbu boskich jamoa faolining pedagog talabini qo’llab-quvvatlashi hamda o’z navbatida uning o’zi bu talablarini jamoa a’zolari zimmasiga qo’yishi bilan tavsiflanadi. Endilikda pedagog jamoada paydo bo’lgan va u bilan bog’liq muammo, masalalarni yolg’iz o’zlari hal qilmaydi. Jamoa faoli bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb etadilar. Jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni jamoa o’z-o’zini boshqarishga o’tadi.
Tarbiyalanuvchilar amaliy faoliyatning doimiy ravishda murakkablashib borishi mazku rdavrining muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim ishlarini o’quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishi, tadbirlarni o’tkazishga tayyorgarlik, uni o’tkazish hamda faoliyat natijalarini muhokama qilish jamoa faoliyatining ijodiy xususiyatini ko’rsatuvchi omillar sanaladi.
Jamoaning ijobiy rivojlanishi uning a’zolarida faoliyat motivlari (rag’batlari)ning paydo bo’lishi, ijodiy hamkorlik va o’zaro yordam munosabatlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi.
Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to’xtab qolishi mumkin emas, chunki faoliyat ko’rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina xolos. Bordi-yu, jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda to’xtatib qolinsa, jamoa faolini guruhning boshqa a’zolari bilan qarama-qarshi qo’yish xavfi tug’ilishi mumkin. Bubosqichda jamoaning barcha a’zolarining faolfaoliyatga o’tishi zarur sanaladi.
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi jamoa faoliyatida bu bosqich anchagina sermahsul hisoblanadi. A. S. Makorenkoning aniqlashicha, bu davrda butun jamoa «ayrim o`zini chetga olib qoluvchi, injiq shaxs»larga talab qo’ ya boshlaydi.
Jamoa shunga endilikda faqat faolligini emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. Pedagog mazkur yo’nalishda maqsadga muvofiq va izchil ish olib borgan sharoitdagina –harakatini jamoa bo’lib muhokama qilinadi: turli mavzularda suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi, o’quvchilar o’rtasida samarali axborot vositalari yordamida ijtimoiy-g’oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va boshqa bilimlar targ’iboti tashkil etiladi. Pedagog jamoa a’zolarining ijobiy tajribaga qo’shish imkonini beradigan o’zaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir ko’rsatadigan shakl va metodlardan foydalanadi.
Jamoa o’zining har bi a’zosida ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda shakllantirib borish, jamoa a’zolari orasida barqaror insoniyat munosabatlarni tarkib toptirishga yordam beradi.
Jamoada barqaror insoniy munosabatlarning yuzaga kelishining sababi, uning a’zolarini yuksak aqliy mazmunga ega bo’lgan ishlarni tashkil etishda faol ishtirok etishlarining samarasidir.
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichida ko’rsatib o’tilgan xususiyatlar shundan dalolat beradiki, ushbu bosiqchda jamoa faoligina emas balk ijamoaning har bir a’zosi bir-birlariga axloqiy mazmundagi talablarni qo’ya boshlaydilar.
Jamoa rivojlanishining to’rtinchi bosqichi, bu bosqich uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan talablar asosida o’z-o’zlariga talablar qo’ya olishlari bilan tavsiflanadi.
Xuddi shu jihatdan to’rtinch bosqich jamoa a’zolarining o’z ishiga nisbatan yuksak axloqiy talablar qo’ya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining har biri uchun shaxsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni o’z-o’zini tarbiyalash jarayoniga o’sib o’tadi. Biroq bu ayrim shaxsning yanada rivojlanishida jamoaning tutgan o’rnini apsaytirmaydi. To’rtinchi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va ma’suliyatlidir. Mazkur boskichda jamoa oldiga istikbolli, yuksak va murakkab talablar quyish uchun mutlaqo qulay sharoit yaratildi.


guruh

talab

faol

guruh

talaba

pedagoggгог



shaxs

talaba

shaxs

shaxs

Talaba

guruh
kuyilayotgan

4-ilova





Yüklə 125,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin