9-Mavzu:“ Jamoa haqida umumiy tishuncha. Jamoani tashkil etish metodikasi. Sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalash. Ma’lumotli ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi



Yüklə 125,37 Kb.
səhifə5/7
tarix24.09.2023
ölçüsü125,37 Kb.
#147528
1   2   3   4   5   6   7
9-маъруза jamoa

2- ilova

Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda, ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha meyorlari o’z ifodasini to’adi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o‘zaro birlik, uzviy maqsadlarga muvofiq tashkil etiladi.


Shu bois jamoa hayotining bir (yagona) maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g‘oyaviy yunalganligiuning yetakchi belgisi sanaladi.
Har bir jamoa boshqa bir jamoalar bilan uzviy bog‘lik bo‘ladi. Uning har bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoani tushunish, uni his etish hamda shaxsni va xususiy (shaxsiy) maqsadning qiziqishi, ehtiyoj va faolitning birligini namoyon etadi hamda buzlishiga yo’l quymaydi.
Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umummilliy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, umaqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyatning ehtiyojini qondirishga yunaltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir.
Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona ijtimoiy tizimini o‘rnata olishdagi usuli, ya’ni jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblanadi.
Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa faoliyati natijasida jamoa a’zolari o‘rtasida ishchan,
pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa faoliyati natijasida jamoa a’zolari o‘rtasida ishchanlik, bir-biri uchun g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, jamoa manfaati uchun javobgarlik hissi qaror to’adi.
Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (xissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy jihatlari ko‘zda tutiladi. Mazkur tuzilma bir tomondan jamoa a’zolari qo‘shilgan ishchanlik munosabatlarini ifoda etsa, ikkinchi tomondan rahbarlik vazifasini bajaruvchi tarbiyachilar hamda jamoa a’zolari o‘rtasidagi mavjud boshqarish munosabatlari mazmunin ifoda etadi.


BUNI YODDA TUTING.


Jamoaning rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilardan biri – o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatga ishtiyoqi chiqindi qog‘oz yoki metallolom toplash, kechaga tayyorgarlik ko‘rish kabi maktab tajribasida muntazam uchrab turadigan ishlarda ko‘zga tashlanadi. Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashda o‘quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon bo‘ladigan munosabatlarni tahlil etish bilangina cheklanib bo‘lmaydi.

Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlariga buysinadigan uzoq muddatli, murakkab jarayondir. Jamoaning vujudga kelishi uchun to’rt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlari dadastlab, pedagog butun guruhga talab quyadi, so’ngra jamoa faollari (aktiv) jamoa a’zolariga talab qo’yadi, so’ngra butun jamoa alohida shaxsdan muayyan tarzda faoliyat olib borishi talab qiladi va nihoyat, shaxs o’z-o’ziga talab qo’ygach bayon etish mumkin:


Jamoaning shakllantirishda uning xayotini belgilovchi ichki jarayonining moxiyatini inobatga olish zarur.


Jamoaning shakllanish boskichlarini belgilash shartli hisoblanadi, chunki jamoaning chegara yoki oraliqqa ega emas. Shunga qaramay pedogogik nuqtai nazardan jamoaning shakllanishini bosqichlarga ajratish juda muhimdir. Bolalar jamoasi rivojlanishi bosqichlarga ajratish muximdir. Bolalar jamoasi rivojlanishining har bir ta’sir ko’rsatish shakl va metodlarini tanlash imkonini beradi.
Jamoa rivojlanishining birinchi boskichi. Mazkur boskichda talab fakat pedagoglar tomonidan qo’yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlangich nuqtasidir. Ushbu davrdagi jamoa hali tarbiyalovchi jamoa bulmay, balki «tashkil etuvchi birlik» (sinf, gurux) dir. Tarbiyalanuvchilar talablarning quyilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona) maksad atrofida birlashtirishga erishish orqaligina jamoa qaror topadi. Tarbiyalanuvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta-sekin boyib boradigan tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muxokama qilish, qilinajak ishlarni rejalashtirish jamoa a’zolarida ma’suliyat, javobgarlik, faoliyat birligi, shuningdek ishchanlik munosabatinin paydo bulishiga tarbiyalanuvchilarda jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo bulishiga olib keladi. Bolalarning jamoa faoliyatini tashkil etish borasidagi ma’lumotga ega emasliklari bois, mazkur boskichda pedagogning asosiy maksadi jamoa a’zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat bo’ladi.
Ushbu boskichda pedagogning talabchanligi, qat’iyligi, izchilligi, murosasizligi va jamoaning barcha a’zolariga talabni bir xil qo’ya olishi asosiy omil hisoblanadi. Bu vaziyatda uqituvchilik «xukmdorlik» davri uzoq davom etishi mumkin emasligini, aks xolda bir qarashda intizomning vujudga kelganligi ma’lum bo’lsada, guruh a’zolarining faolliklarini rivojlantirish uchun sharoitning mavjud emasligi hisobga olish zarur.



Yüklə 125,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin