Axborotni uzatish va qabul qilish. Tarmoq har doim bir nechta kom’’yuterlarni birlashtiradi va ulardan har biri o’z axborotlarini uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega. Axborot uzatish va qabul qilish kom’’yuterlar o’rtasida navbat bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun har qanday tarmoqda axborot almashinuvi boshqarib turiladi. Bu esa o’z navbatida kom’’yuterlar o’rtasidagi axborot to’qnashishi va buzilishini oldini oladi yoki bartaraf qiladi.
Kom’yuterlar tarmoqlari tashkil etilgandan so’ng undagi barcha kom’yuterlarning manzillari belgilanadi. Chunki axborotlarni tarmoq orqali bir kom’yuterdan boshqasiga uzatish kom’yuter manzillari orqali amalga oshiriladi. Jo’natilayotgan axborotga oddiy hayotimizdagi xat jo’natish jarayoni kabi uzatuvchi va qabul qiluvchi manzillari ko’rsatiladi va tarmoqqa uzatiladi. Har bir kompyuter kelgan axborotdagi qabul qiluvchi manzilini o’zining manzili bilan solishtiradi, agar manzillar mos kelsa, u holda axborotni qabul qilib oladi va uzatuvchiga qabul qilib olganligi to’g’risida tasdiq yo’llaydi. Xuddi shu tariqa kom’yuterlararo axborot almashiniladi.
Manziltushunchasi. Kom’yuter tarmoqlarida manzil tushunchasi sifatida quyidagi fikrlarni keltirish mumkin:
Manzil kom’yuter xotirasining qismlarini, kom’yuter kiritish-chiqarish qurilmalari ‘ortini, hisoblash tarmog’i kom’yuterlarini hamda boshqa ma’lumot manbalarini yoki ularni uzatish uchun belgilangan joyni aniqlaydi.
Manzil hisoblash tarmoqlarida uzatilayotgan ma’lumotlarni qabul qiluvchi yoki jo’natuvchilarni aniqlovchi ma’lumotlar ketma-ketligi.
Lokal, mintaqaviy vaglobalkom’’yuter tarmoqlari. Kom’yuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan:
Lokal tarmoq— bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kom’’yuterlarni o’zaro bog’lagan tarmoq.
Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kom’yuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o’zaro bog’lagan tarmoqlar.
Global tarmoqlar — o’ziga butun dunyo kom’yuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun’iy yo’ldosh) aloqalari tarmog’i orqali bog’lagan yirik tarmoq.