9-mavzu. Tuproq haqidagi axborotlarni geografik axborot tizimlari tarkibida ifodalash Reja



Yüklə 321,5 Kb.
səhifə10/11
tarix27.12.2023
ölçüsü321,5 Kb.
#200767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
9-ma\'ruza

Elektron xarita (EX) - bu tarkibi ma’lum bir aniq turdagi ko‘rinish va masshtabga ega bo‘lgan xaritalar tarkibida mavjud bo‘lgan axborotlarga mos keluvchi, axborotlarning maxsus ishlab chiqilgan shartli belgilar tizimi asosida, ushbu axborotlarni aks ettiruvchi qurilmalar ekranida ko‘rish uchun (vizualizatsiya) mo‘ljallangan tarzda ishlab chiqilgan yoki kuzatiluvchi kartorafik raqamli model hisoblanadi [https://ru.wikipedia.org/ ].
Bunda elektron xarita tarkibida shartli belgilar tizimi o‘z tarkibiga maxsus shriftlarni qamrab oladi, elektron xaritalarning tasniflanishi esa - xaritalarning: masalan, elektron topografik xaritalar, elektron aviatsion xaritalar, elektron geologik xaritalar, elektron kadastr xaritalar va boshqa turdagi xaritalarning umumiy klassifkatsiyalanishiga mos tushadi.
Umumiy holatda, tuproqshunosikka oid GAT o‘z tarkibiga xo‘jaliklarning ko‘p qavatlardan tashkil topgan elektron xaritasi va barcha agrotexnik chora-tadbirlar bajarilishi hisobga olingan, er maydonlarining tarixi ma’lumotlari bo‘yicha atributlar bazasini qamrab olishi talab qilinadi. Elektron xaritalar tarkibida mavzularga oid qavatlarning son miqdori ekologik-landshaftlarning shart-sharoitlariga va agrotexnologiyalarning intensifikatsiya darajasiga (har bir gektar maydonga nisbatan sarflanuvchi sarf-harajatlar miqdori va xosildorlik qiymati bo‘yicha aniqlanadi) bog‘liq hisoblanadi. Umumiy holatda, er maydonlarining elektron xaritalari o‘z tarkibiga quyidagi qavatlarni qamrab olishi belgilanadi:

  • Mezorelef (relefning mezoshakllarini, nishabliklarning shakllarini ko‘rsatish bilan birgalikda);

  • Yonbag‘irlarning qiyaligi;

  • Yonbag‘irlarning ekspozitsiyasi (issiq, sovuq, neytral tavsifda);

  • Mikrorelef (u yoki bu shakllardagi mikrorelefning ustunlik qilishi, mavjud bo‘lgan agrokimyoviy jihatdan ahamiyati kabilarni ko‘rsatish bilan birgalikda);

  • Mikroiqlim;

  • Er osti suvlarining sathi va ularning tarkibi va ma’danlashish (mineralizatsiya) darajasi;

  • Tuproq xosil qiluvchi va er yuzasiga ko‘tarilib turuvchi jinslar;

  • Tuproq qoplamining mikro-strukturasi (tuproq xaritalari);

  • Tuproq tarkibidagi gumus miqdori;

  • O‘simliklarning mineral oziqlanishi tarkibining harakatchan shakldagi elementlar va mikro-elementlar bilan ta’minlanganlik darajasi;

  • Tuproqlarning rN qiymati;

  • Tuproqlarning fizik xossalari;

  • Og‘ir metallar, radionuklidlar va boshqa toksikant (zaharli) moddalar ta’sirida ifloslanish darajasi;

  • Tuproqlarning eroziyaga uchrash darajasi, eroziyaga uchrash havfi va boshqa fizik degradatsiya turlari (ko‘chish, sel va boshqalar);

  • Tuproq tarkibida namlik miqdorining me’yoridan ortiqcha darajada ortishi va botqoqlashishi, jumladan - ikkilamchi gidromorfizm, suv bosishi va boshqalar.

  • Tuproqlarning sho‘rlanishi (sho‘rlanish tiplari va darajasi);

  • Tuproqlarga quyosh nuri tushishi darajasi;

  • Tabiiy em-hashak ekinlarining holatini baholash bilan birgalikda, o‘simliklar qoplami;

  • Tabiiy o‘rmonzorlar va su’niy ekilgan o‘rmonzorlarning holatini baholash bilan birgalikdagi o‘rmon o‘simliklar qoplami;

  • Foydali hayvon, qushlar turlari, Shuningdek foydali entomofaglar turlarining tarqalishi, ularning hududi ta’sirini baholash;

  • Ekin dalalarining fitosanitariya nuqtai nazaridan holati.

Yuqorida eslatib o‘tilganidek, kompyuter yordamida kartografik maxsulotlarni yaratish turli xil uslublar asosida amalga oshirilishi mumkin. Jumladan, bir qator grafik tahrirlovchilar (Corel Draw, Adobe Illustrator, Adobe Indesign va boshqalar) juda ham yuqori darajada sifatli bo‘lgan va tarkibi jihatidan murakkab tavsifga ega xaritalarni ishlab chiqish imkonini beradi. Biroq, hatto har qanday hoxlagan grafik tahrirlovchilar yordamida yaratilgan, aniq tavsifga ega bo‘lgan kartografik tasvirlarni ham geoaxborotlar tizimi deb nomlash mumkin emas. Bu ko‘rinishdagi tasvirlar - raqamli xaritalar deb nomlanadi va GAT turkibiy elementlari yoki uning funksiya bajarishining natijasi sifatida qarab chiqiladi. Juda ko‘pincha holatlarda raqamli xaritalar tushunchasi kompyuter xaritalari tushunchasi bilan chalkashtiriladi. Shu bilan bir vaqtda, agar ularning tashqi chegaralari o‘zaro mos tushgan holatda ham, har doim raqamli xaritalarni GAT tarkibiga oddiy yo‘l bilan kiritish mumkin emas. Bunda qog‘oz yoki plastik shaklida ko‘p miqdorda (adad) nashr qilish uchun va Shuningdek, GAT uchun tayyorlangan raqamli xaritalarni o‘zaro farqlash talab qilinadi. Odatda, GAT uchun ishlab chiqilgan raqamli xaritalarni nashr qilish uchun mo‘ljallangan raqamli xaritalar maketlaridan farqlash imkonini beruvchi bir qator belgilarni ajratib ko‘rsatish mumkin. GATning muhim hisoblangan belgilaridan biri - bu ob’ektlarning geografik jihatdan bog‘lanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu holat yagona koordinata asosidagi makondan foydalanish imkonini beradi.
Proeksiyalarni bitta koordinatalar tizimidan boshqasiga transformatsiyalash va o‘zgartirishni yakuniy maxsulotning xossa- xususiyatlariga tayangan holatda amalga oshirish mumkin. Qat’iy tartibdagi koordinatalar asosidagi bog‘lanishlardan foydalanib, bir xil qavatlarda ifodalangan yoki turli xil tipdagi va masshtabdagi GAT ob’ektlarini osonlik bilan boshqarishni amalga oshirish mumkin. Umumiy holatda, foydalanuvchiga turli xil uslublardan foydalanish asosida yig‘ish jarayonini amalga oshirish imkonini beruvchi turli xil tarkibiy qismlar to‘plami taqdim etiladi, tayyor holatdagi GAT esa - faqatgina ushbu yig‘ish jarayoniga ijodiy yondoshishda foydalanuvchi qobiliyatlarining namoyon bo‘lishini belgilab beradi. GATning boshqa bir fundamental belgilaridan biri - bu tahliliy qayta ishlashdan foydalanish bilan bog‘liq hisoblanadi. Bu holatda tahlil qilish algortmi (bajarilishi belgilangan ishlar ketma-ketligi) so‘rovlar asosida foydalanuvchining o‘zi tomonidan tuzib chiqiladi. Makonga oid tahlil bo‘yicha bir nechta ketma-ketlikdagi operatsiyalarni (buferizatsiya, birlashtirish, kesib olish, joylashtirish) bajarish orqali deyarli har doim talab qilingan yakuniy natijalar xosil qilinishi mumkin.
Navbatdagi qismlarda bu ko‘rinishdagi opreratsiyalarni amalga oshirish jarayonini nisbatan alohida tarkibiy qismlari bo‘yicha batafsil holatda qarab chiqamiz va ularning ishlashini misollarda ko‘rsatib beramiz. GATning nisbatan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan funksiyalaridan biri - bu u asosida modellashtirish imkoniyatlari mavjudligi bilan bog‘liq hisoblanadi. Tamoyil jihatidan odam tomonidan faqat «agar, ... bo‘lsa, u holda nima yuz beradi?» tipidagi so‘rovlar seriyasi tuzib chiqilishi mumkin va o‘z navbatida, ushbu so‘rovlar asosida joyning oddiy modeli yoki geografik ob’ekt modeli ishlab chiqiladi.



Yüklə 321,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin