Sifat belgilari bo‘yicha tasniflashni ierarxik tavsifda amalga oshirish qulay hisoblanadi, ya’ni bunda umumiy toifalardan xususiy toifalarga tomon bo‘lib chiqish amalga oshiriladi (masalan, ishqoriy jinslar - sienitlar - nefelin sienitlar). Amalga oshirilishi belgilangan maqsadlarga bog‘liq holatda, ayrim vaziyatlarda xaritalar tarkibining axborot berish darajasini oshirish talab qilinadi (ya’ni, bu holatda xususiy toifalardan foydalaniladi) yoki aksincha, kamaytirish zaruriyati yuzaga keladi (bunda esa - umumiy toifalardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi). Masalan, ohaktoshlar va dolomitlarni karbonatlar sinfi tarkibiga birlashtirish, qumoqlar, alevrolitlar va argillitlarni esa - terrigen jinslar sinfi tarkibiga kiritish yoki oltin foydali qazilma konlarini formatsiyalarga oid belgilari bo‘yicha toifalarga ajratib chiqish mumkin.
Sifat bo‘yicha tasniflashda toifalarni saralab olish tadqiqotni amalga oshirishda belgilangan maqsadlarga kuchli darajada bog‘liq hisoblanadi. Masalan, litologik tadqiqotlarda cho‘kindi jinslarni fatsiyalar bo‘yicha toifalarga bo‘lib chiqishga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Intruziv jinslarni ularning asoslari bo‘yicha to‘rtta guruhga bo‘lib chiqish etarli hisoblanadi, bunda ikkilamchi o‘zgarishlarni umuman hisobga olmasa ham bo‘ladi. Gidrotermal foydali qazilma konlarini o‘rganish davomida intruziv jinslarning variatsiyalarga ajratilishi katta ahamiyatga ega bo‘lib, bunda asosiy diqqat-e’tibor ikkilamchi o‘zgarishlarga qaratilishi talab qilinadi.
Shunday qilib, son raqamlari shaklida bo‘lmagan atributlar ustida ishlash davomida, siz oldindan tasniflangan ma’lumotlarga ega hisoblanasiz. Agar, xarita tarkibida son raqamlari qiymatlari bilan tavsiflanuvchi atributlarni ifodalashga harakat qilayotgan bo‘lsangiz, u holda sizni oldinda birmuncha boshqacha tavsifga ega bo‘lgan masala kutadi. Bu ko‘rinishdagi ma’lumotlar boshlang‘ich tasniflanishga ega hisoblanmaydi. Biroq, axir har bir raqamni o‘ziga xos rang bilan aks ettirishning iloji yo‘q-ku. Chunki bunday ma’lumotlarning son miqdori juda ko‘p va agar, bu masalani hal qilishga siz muvaffaq bo‘lgan taqdiringizda ham, bu ko‘rinishda ishlab chiqilgan xaritani o‘qishni amalga oshirishning ehtimolligi kam hisoblanadi. Bu holatda mavjud son raqamlarini bir nechta guruhlarga (intervallarga) ajratib chiqish talab qilinadi, boshqacha aytganda son-raqamlarni tasniflab chiqish amalga oshiriladi.
Intervallarning (oraliqlar) son miqdorini saralab olish va ularning chegaralariga aniqlik kiritish - bu o‘ziga xos sa’nat hisoblanadi. Odatda, GAT tarkibida tasniflashning bir qancha variantlari taklif qilinadi, biroq murakkab vaziyatlarda (masalan, geokimyoviy maydonlarni tuzib chiqish kabi) dastur tarkibida mavjud bo‘lgan tasniflashga to‘liq holatda ishonib qolish mumkin emas. Har doim esda saqlash kerakki: ya’ni, tasniflash uslubining tanlanishi bevosita tadqiqotchi tomonidan tuzib chiqilayotgan xaritaning tashqi ko‘rinishiga va Shuningdek, natijalarga, chiqariladigan xulosalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Misol sifatida, ArcGIS tarkibida tasniflashning quyidagi ko‘rinishdagi 5 ta uslubidan foydalaniladi: jumladan - tabiiy chegaralar, kvantillar (tent qiymatli), teng maydonlar (poligonlar uchun), teng intervallar, standart og‘ishlar uslublaridan foydalaniladi.