9-mavzu. Tuproq haqidagi axborotlarni geografik axborot tizimlari tarkibida ifodalash Reja



Yüklə 321,5 Kb.
səhifə7/11
tarix27.12.2023
ölçüsü321,5 Kb.
#200767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
9-ma\'ruza

Standart og‘ishlar uslubi ma’lumotlarni atribut qiymatlarining butun tanlama bo‘yicha o‘rtacha qiymatlardan chetga og‘ishi darajasi bo‘yicha bo‘lib chiqishni anglatadi. Bunda intervallar o‘rtacha qiymatdan yuqoriga va pastga tomon yo‘nalishda, 1 va 0,5 qadam bilan ifodalanishi mumkin yoki barcha ma’lumotlarning qiymatlari hali tarkibga kiritilmagan vaziyatda 0,25 qadamni tashkil qilishi mumkin.
Miqdoriy va Shuningdek, sifat belgilari bo‘yicha gradatsiyalashdan foydalanish davomida toifalarning ko‘p sonda bo‘lishi ta’sirida ko‘z yordamida yomon darajada ilg‘anishini ham hisobga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Qarab chiqilayotgan belgining makon bo‘ylab yoki hududnig sifat tarkibi o‘zgaruvchanligini ifodalash uchun, odatda beshta-ettita toifa etarli hisoblanadi.


Nazorat savollari:

  1. GAT - vizual tahlilda atributlar qanday rol o'ynaydi?

  2. Tadqiqotning qaysi elementi ob'ektlarning tasniflanishi ularning sifatlariga muvofiq?

  3. Tadqiqotning qaysi elementi sifat jihatlariga asoslangan tasniflashdir?

  4. Tabiiy chegaralar usuli qanday?

  5. Teng intervallar usuli nima?

  6. Kvantiley usuli nimaga ruxsat etadi?

  7. Standart og'ish usuli qanday?



3. Uch o‘lchamli model

GAT tarkibida joyning uch o‘lchamli modeli joyning relefini hisobga olgan holatda tuzib chiqilgan yuza tasviri bo‘lib, bunda vektor, rastr yoki matritsa tavsifidagi xarita tasviri ifodalanishi mumkin va uning tarkibida ikki o‘lchamli xarita ob’ektlariga mos keluvchi uch o‘lchamli ob’ektlar joylashtirib chiqiladi. Uch o‘lchamli model to‘liq holatdagi uch o‘lchamli xarita hisoblanadi, bunda ushbu model ob’ekt haqidagi axborotlar bo‘yicha so‘rovlarni amalga oshirish, uning tashqi ko‘rinishini va tavsiflarini tahrirlash maqsadlarida ushbu modelning tarkibiy ob’ektlarini tanlash imkonini beradi. Uch o‘lchamli model tarkibida erda joylashgan va Shuningdek, er ostida joylashgan ob’ektlarni ko‘rish mumkin.
Uch o‘lchamli modelni tuzib chiqish uzoq vaqt davomiyligidagi amalga oshiriluvchi tayyorgarlik ishlarini talab qilmaydi, ya’ni bunda ikki o‘lchamli xarita va balandlik matritsasi mavjud bo‘lishining o‘zi etarli hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlar bo‘yicha joyning tanlab olingan uchastkasi bo‘yicha relefning uch o‘lchamli modelini tuzib chiqish mumkin. Berilgan xarita tarkibida joylashgan ob’ektlarni hisobga olish asosida, hajmiy modellarni tuzib chiqish uchun, har qanday hoxlagan xarita klassifikatorlari tarkibiga qo‘yiluvchi, uch o‘lchamli ob’ektlarning kutubxonasi talab qilinadi. Elektron vektor xaritalarda klassifikatorlar bilan birgalikda turli xil masshtablar uchun mo‘ljallangan uch o‘lchamli tasvirlar kutubxonasi ham mavjud hisoblanadi. Mavjud bo‘lgan elektron xaritalarning hajmiy ko‘rinishini xosil qilish uchun, klassifikator tarkibiga bitta yoki bir nechta kutubxonalarni kiritish va tanlab olingan ob’ektlarni mos keluvchi tasvirlarga belgilab chiqish etarli hisoblanadi. Ob’ektlarni tarkibiy qismlari bo‘yicha nisbatan to‘liq holatda va yakka tartibda ifodalash talab qilingan holatlarda, shartli belgilar yordamida xususiy hajmiy tasvirlarni yaratish ham mumkin.
Joyning uch o‘lchamli modelini tuzib chiqish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar sifatida: vektor xarita, balandlik matritsasi, relefning triangulyasiya modeli, xarita klassifikatori, joyning raqamli fototasvirlari va joy ob’ektlarining raqamli fotografik tasvirlaridan foydalaniladi.



Yüklə 321,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin