Ichki inshootlarning uch o‘lchamli modellari. Ichki inshootlarning uch o‘lchamli modeli qavatlar bo‘yicha planlar (reja) asosida tuzib chiqiladi va ichki jihozlarning (interer) hajmiy ko‘rinishini tavsiflab beradi. Ichki inshootlarning uch o‘lchamli modellarini tasvirlashda uch o‘lchamli tasvirlarni turli xil tahrirlash dasturlari yordamida yaratilgan VRML formatidagi tasvirlarni GAT xaritada vektor xarita klassifikatori tarkibida mavjud bo‘lgan uch o‘lchamli tavsirlar kutubxonasiga import qilish asosida yaratilgan, alohida ob’ektlar va bir butun intererlardan foydalanish mumkin.
Mavzularga oid modellar. Mavzularga oid modellar mavzularga oid xaritalar bo‘yicha tuzib chiqiladi va statistik diagrammalarni rasmiylashtirishda foydalaniladi. Mavzularga oid modellarni tuzib chiqish texnologiyalaridan foydalanishga misollardan biri sifatida - tezkor vaziyatlar xaritasi bo‘yicha joyning uch o‘lchamli modelini yaratishni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Mavzularga oid xaritalardan foydalanilgan vaziyatda VRML formatidan import qilingan va xarita ob’eklarining simvol tavsifidagi tasvirlari sifatida xizmat qiluvchi modellar ajoyib tarzda ifodalanadi. Uch o‘lchamli modellar to‘la qimmatli uch o‘lchamli xaritalar hisoblanadi va tegishli ob’ektlar haqidagi axborotlar bo‘yicha so‘rovlarni amalga oshirish, ularning tashqi ko‘rinishlarini va tavsiflarini (semantika) tahrirlash bo‘yicha modelda ob’ektlarni tanlash imkonini beradi.
Nazorat savollari: 1. GATda 3D xudud modellarining qaysi turlsri mavjud?
2. Aloxida ob'ektlarning batafsil modellar ko'rinishi sozlash uchun nima kerak?
3. Semantika nima?
5. Elektron xaritalar tizimi
Elektron xarita - bu raqamli xaritalar asosida xosil qilingan va vizualizatsiya (ko‘rsatib berilishi) kompyuterning video-monitorida yoki boshqa qurilmalarning (masalan, su’niy yo‘ldosh navigatori kabi qurilmalarda) amalga oshiriluvchi kartografik tasvirlar hisoblanadi. Tezkor nazorat vositasi sifatida o‘rin tutuvchi, har bir aniq turdagi elektron xaritalar faqat ma’lum bir aniq vaqt lahzasida mavjud hisoblanadi, o‘z navbatida uning mavjudlik vaqti tegishli qurilmada tasvirlarning ko‘rsatilishi vaqti davomiyligi bilan belgilanadi. Aynan, ushbu xususiyat elektron xaritalarning qattiq asosida (qog‘oz, plastik) grafik nashr qilish qurilmalari (masalan, printerlar) yordamida chiqarilishi yordamida ko‘rib chiqiluvchi, boshqa turdagi vizual kartografik materiallardan asosiy farqlanishini belgilab beradi.
Bu qiymat «elektron shakldagi» atamasi bilan juda yaxshi darajada mos tushadi, ya’ni elektron xaritalar elektron qurilmalarda amalga oshuvchi elektronlar harakati asosida xosil qilinuvchi tasvirlardan tashkil topadi.