O‘lchamli simvollar (belgilar, nishonlar) uslubi - ob’ektlarning tahlil qilinayotgan tavsiflari maxsus ishlab chiqilgan simvollar bilan ifodalanadi, bu simvollarning o‘lchamlari miqdoriy axborotlarni beradi, rangi va shakli esa - sifatga tegishli axborotlarni berishda foydalaniladi.
Sifatga (yoki miqdorga) tegishli fon uslubi - bu holatda ma’lumotlar o‘zaro yaqin qiymatlar asosida guruhlarga ajratib chiqiladi va ular ma’lum bir aniq rang, simvollar tiplari yoki chiziqlar orqali ifodalanadi.
Nuqtali uslub - bunda tasvirlash vositasi bir xil o‘lchamdagi ko‘p sondagi nuqtalar (nuqtalar ko‘pligi) bo‘lib, har bir nuqta miqdoriy ko‘rsatkich bo‘yicha aniq qiymatga ega hisoblanadi.
Ustun va doira shaklida ifodalanuvchi diagrammalar - bir nechta tavsiflarni o‘zaro solishtirish asosida ifodalash imkonini beradi, bunda diagramma geografik bog‘lanishga ega hisoblanadi (masalan, kuzatish posti nuqtasida ifloslovchi moddalarning nisbati ko‘rsatilishi mumkin).
Izo-chiziqlar uslubi - turli xil ko‘rsatkichlarni ifodalashning keng tarqalgan uslublaridan biri hisoblanadi. Izo-chiziqlar uslubi yordamida izogips (tapografik va gipsometrik) xarita, izotermalar xaritasi, izobaralar xaritasi, izokorrelyat va boshqalar shakllantiriladi. Izo-chiziqlar yordamida bir xildagi xossalar (harorat, bosim, yog‘ingarchilik miqdori, hodisalarning bir vaqtda amalga oshishi, anomaliyalarning bir xil qiymatga egaligi, tektonik harakatlanishlarning bir xil tezlikda amalga oshishi va boshqalar) bilan tavsiflanuvchi hududlar ajratib ko‘rsatiladi. Bunda ikkita guruhga tegishli izo-chiziqlar o‘zaro farqlanadi: ya’ni, haqiqiy izo-chiziqlar (qandaydir ko‘rsatkichlarning uzluksizlikda bo‘lmagan tavsifda o‘zgarishi, ya’ni bularga gorizontallar kiritiladi) va statistik tabiatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni (masalan, er yuzasiga otilib chiquvchi moddalar manbalarining diskret tavsifga ega bo‘lgan qiymatlari) ifodalovchi yolg‘ondakam (psevdo)-izochiziqlar mavjud hisoblanadi. Izo-chiziqlarni aks ettirish uchun, turli xil tasvirlash vositalaridan foydalaniladi: jumladan, turli xil tipdagi chiziqlar, qalinlik va ranglar, izo-chiziqlar o‘rtasidagi oraliqlar bo‘yoq fonining qavatlar bo‘yicha rangi (yoki shtrix chiziqlar to‘plami) asosida ifodalash uslublaridan foydalaniladi.