2. Tasniflash (klassifikatsiya), takroriy tasniflash, xaritalarni solishtirish, grafik va hisoblar turlari, xaritalar timsollarining turlari
Agar, gap atributlar haqida ketayotgan bo‘lsa, u holda GAT tarkibida vizual tahlil ustida ishlashning muhim jihatlaridan biri haqida ma’lumot berib o‘tish maqsadga muvofiq holat hisoblanadi. Har qanday murakkablik darajasidagi xaritalarni chizib chiqishdan keyin, uni ishlab chiqayotgan har bir kishi xaritani ko‘zdan kechirib chiqishi davomida, ya’ni ob’ektlarning qaerda joylashganligi va ularning bir-biri bilan o‘zaro alqadorligi va boshqa turli xil xossa-xususiyatlari bilan tanishib chiqishni amalga oshiradi. Bu jarayon biz uchun tabiiy holat sifatida ko‘rinadi va uni - baralla bir ovozda, til aylanishi qiyin bo‘lgan - «tahlil» deb nomlash mumkin deb o‘ylaysizmi? Biroq, bu jarayon - aynan, tahlil, aniqroq aytganda - vizual tahlil deb nomlanadi. Bu tahlil jarayonini muvafaqqiyatli tarzda amalga oshirish qarab chiqilayotgan xaritaning qanchalik darajada tushunarli va chuqur o‘ylangan holatda ishlab chiqilganligiga bog‘liq hisoblanadi. Boshqacha aytganda, biz xarita tarkibida ob’ektlar va ularning atributlarini iloji boricha maksimal darajada ko‘rgazmali tavsifda ifodalashimiz talab qilinadi.
Albatta, xaritalarni rasmiylashtirish davomida ranglar, simvollarning shakllari va o‘lchamlarini muvafaqqiyatli tarzda tanlab olish muhim rol o‘ynaydi. Agar, siz atributlarga tegishli axborotlarni ko‘rsatib berish emas, balki shakllarni taqdim etish va makonda ob’ektlarning joylashish holatini ifodalash bilan cheklanishni maqsad qilib belgilab olgan bo‘lsangiz, u holda oddiy dizaynerlik ishining o‘zi to‘liq etarli hisoblanadi. Agar, xarita tarkibida elementlarning tarkibi, shakllanish yosh davri va landshaftlarning shart-sharoitlari kabi ob’ektlarning xossalarini ifodalash zaruriyati yuzaga kelsa, u holda biz tasniflash masalasi bilan to‘qnash kelamiz.
Ob’ektlarni ularning atributlari bo‘yicha tasniflash - bu har qanday hoxlagan tadqiqotlarning zaruriy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Bunda biz ob’ektlarni turli xil uslublar yordamida qandaydir belgilari asosida toifalarga (kategoriya) bo‘lib chiqishimiz talab qilinadi va ushbu toifalarni nisbatan umumiy sinflar bilan bog‘lash yoki ularni axborotlarni nisbatan to‘liqroq ifodalash uchun, kenja toifalarga ajratib chiqishni amalga oshiramiz. Haqiqiy mavjud ob’ektlarni ikkita guruhga ajratib chiqishning tamoyil jihatidan ikkita turli xil usullari mavjud hisoblanadi: ya’ni, sifat belgilari (granitlar, gabbr, sienitlar va hakozo) bo‘yicha va shuningdek, miqdoriy belgilariga ko‘ra (margimush miqdori, magnit maydonining kuchlanishi va boshqalar) ajratib chiqish mumkin.