Yuzaning uch o‘lchamli tasviri (3D-yuza) - chiziqlardan tashkil topgan diagrammalar ko‘rinishida yuzalarning hajmli shaklda, raqamli tavsifda ifodalanishi vositasi bo‘lib, bunda turli xil tipdagi proeksiyalardan foydalaniladi, jumladan bu holatda oddiy grafik interfeysdan foydalangan holda, tasvirlarni aylantirish va burchak ostida burish operatsiyalarini amalga oshirish mumkin.
Relefning raqamli modeli (RRM) ma’lumotlari bo‘yicha relefni ifodalash (aks ettirish) uchun, rastr tasvir shakllantirilishi mumkin.
Rastr yuza (tasvir) - GRID-modeli bo‘yicha shakllantiriladi va bunda har bir piksel tarkibida to‘rning tegishli yacheykalari (katakchalari) balandlik qiymatiga proporsional bo‘lgan qiymatlar joylashtiriladi.
Soya relef (relefning tahliliy yuvilishi) - bu RRMning rast tavsifga ega tasviri bo‘lib, bunda uni shakllantirishda GRID-modeli to‘rining har bir uchastkasi balandligidan tashqari, yonbag‘irlarning (qiyalik, nishabliklar) yoritilishi darajasi ham hisobga olinadi. Bunda 3D-yuzaning boshqa mavzularga tegishli qavatlar bilan birlashtirilishi imkoniyati yuzaga keladi. Joy ob’ektlarining haqiqiy holatda tasvirlanishiga erishish uchun, 3D-yuza kartografik yoki orto-tasvirlar bilan birlashtiriladi.
Joyning virtual (hayoliy) modeli (JVM) - bu tarkibida er yuzasi relefi haqidagi axborotlar mavjud bo‘lgan, joyning modeli bo‘lib, uning tarkibida berilgan ushbu hududda joylashgan spektral yorqinlik va ob’ektlar inter-faol vizualizatsiya uchun mo‘ljallangan. JVM joyda bo‘lish effektini ta’minlash imkonini beradi va uch o‘lchamli statik ssenalar ko‘rinishida (3D ko‘rinishda) ifodalanishi mumkin yoki joy ustida uchishni imitatsiyalash rejimida tasvirlanshi mumkin, bu holatda kuzatuvchi berilgan koordinatalarga ega nuqtada joylashadi.
Nazorat savollari: 1. GATda vizualizatsiya qanday?
2. Elektron xarita va elektron atlas o'rtasidagi farq nima?
3. Tematik xarita yaratishda GATda ma'lumotlarni tahlil qilish natijalarini qanday ko'rsatish mumkin?
4. 3D yuza tasviri (3D yuza) nima?