“Maktabgacha pedagogika” fani bo„yicha – Fanni o„qitishdan maqsad - bo`lajak tarbiyachilarni ta‟lim-tarbiya
qonuniyatlari, shuningdek, maktabgacha ta‟limga qo`yiladigan talablar, uning
tamoyillari, mazmuni, pedagogik asoslarini bilan yaqindan tanishtirish.
– Fanning asosiy vazifalari:
– maktabgacha pedagogika nazariyasi va amaliyotining o„ziga xos xususiyatlari,
ta‟limiy, tarbiyaviy jihatlari, tarbiyachining kasbiy faoliyati va unga qo`yiladigan
talablar; yosh fuqaroni tarbiyalash ishining murakkabligi, maktabgacha ta‟lim
yoshidagi bolalarning tarbiyasi va rivojlanishi,maktabgacha pedagogikada ilmiy-
tadqiqot metodlari maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy, ahloqiy, jismoniy va estetik
tarbiyalashda yangi pedagogik texnologiyalar, bolalarni maktab ta‟limiga tayyorlash,
maktabgacha pedagogika tarixi, maktabgacha muassasalarini tashkil etish va unga
rahbarlik etish. O`zbekiston Respublikasida maktabgacha ta‟lim muassasalari
sistemasi, unga rahbarlik qilish va tashkil etishning zamonaviy usullari haqida bilim,
tegishli ko`nikma va malakalarni hosil qilish.
– Maktabgacha pedagogika o`quv fanini o`zlashtirish natijasida bakalavr:
– maktabgacha ta‟limning ta‟lim tizimida tutgan o`rni, maktabgacha ta‟lim
bo`yicha kasbiy faoliyatning umumiy tamoyillari, maktabgacha pedagogikaning
nazariyasi va tarixi fani bilan uzviyligi, maktabgacha pedagogikaning rivojlanish
tamoyillari to`g`risida maktabgacha pedagogika tarixi, O`zbekiston Respublikasida
maktabgacha ta‟lim muassasalari sistemasini bilishi;
– maktabgacha pedagogikaning nazariy va amaliy bilimlarini egallash,
maktabgacha ta‟lim muassasalarida bolalarga aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik
tarbiya berish, maktabgacha pedagogikadan o`z faoliyatini rejalashtirish bo`yicha
ko`nikmalarga ega bo`lishi;
– maktabgacha ta‟limning asosiy prinsiplari, maktabgacha ta‟lim pedagogiga
qo`yiladigan asosiy talablar, maktabgacha ta‟limning mazmuni, ilmiy-tadqiqot
metodlari, maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish, maktabgacha
yoshdagi bolalarni axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyalash, maktabgacha ta‟limning
uzviyligi va uzluksizligi, maktabgacha ta‟lim muassasalarida va oilada tarbiya
jarayonini tashkil etish malakalariga ega bo`lishi kerak.