“Umumiy pedagogika”fani bo„yicha Fanni o„qitishdan maqsad – bo„lg„usi o„qituvchi-tarbiyachilarni zamonaviy
pedagogikaning nazariy va amaliy asoslari, ta‟lim tashkilotlarida o„quv-tarbiyaviy
jarayonni, pedagogik faoliyatni tashkil etish qonun-qoidalari, pedagogik mahorat,
pedagogik texnika va pedagogik texnologiyaga doir nazariy bilim, amaliy ko„nikma
va malakalar bilan qurollantirishdan iborat.
Fanning vazifalari – talabalarda pedagoglik kasbiga qiziqishni yanada oshirish,
didaktika, tarbiya nazariyasi, pedagogika tarixi, pedagogik mahorat, pedagogik
texnologiyaga doir nazariy bilim, pedagogik faoliyat ko„nikma va malakalarni
shakllantirishdan iborat.
“Bolalar nutqini o„stirish” fani bo„yicha Fanni o„qitishdan maqsad -maktab yoshida bo„lgan bolalarda og„zaki va yozma
nutqni rivojlantirish ishiga tayyorlashdan iboratdir.
Ushbu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni hal etishni ko„zda tutadi:
-maktab yoshidagi bolalarda turli yosh bosqichlaridagi nutq rivojini ko„ra olish
va tushunish qobiliyatini shakllantirish;
-bola nutqiga ta‟sir ko„rsatishning eng samarali yo„lini to„g„ri tanlash va
bolaning nafaqat yoshini, balki uning o„ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda
o„zaro birgalikda harakat qilish hamda olingan natijani tahlil qilish;
-bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirishning aniq uslublari va usullari
haqidagi bilimlar o„zlashtirilishini hamda ularning didaktik nutq muloqotlari paytida
qo„llay olinishini ta‟minlash;
-uslubiy adabiyotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda maktabgacha yoshda bo„lgan
bola nutqiga ta‟sir ko„rsatishning o„ziga xos usullari va uslublarini yaratishga
intilishni rag„batlantirish.
Fan bo„yicha talabalar bilimiga, ko„nikma va malakasiga qo„yiladigan talablar.
Fanni o„rganish jarayonida talabalar bolalarda nutqni rivojlantirish
uslubiyatining nazariy asoslarini; bolalarni ona tiliga o„rgatishning psixolingvistik,
lingvodidaktik asoslarini bilishi kerak;
-zamonaviy ona tilini (o„zbek, rus tili va boshqa tillar), maktab yoshida nutqni
rivojlantirishning o„ziga xos xususiyatlarini, ona tilini o„qitishning psixolingvistik,
lingvodidaktik asoslarini bilish asosida ularni amaliyotda qo„llash uslubiyatini
o„zlashtirish;
-o„qish
va
nutqning
mantiqiy
va
his-hayajonli,
obrazli
ifodasini
o„zlashtirishlari; badiiy ko„nikma va malakalarini orttirish.