145
karbonil va gidroksil guruhlarni borligi va ularni o’zaro joylashishiga
bog’liqdir.
Qandlar yoki monosaxaridlar qatorida umumiy qoidaga zid
bo’lgan voqea uchrab turadi. Uni mohiyati shundaki,
odatda
siklogeksan hosilalarida o’rin oluvchilar ko’proq ekvatorial holatni
qabul qilishga intiladilar. Qandlar qatorida geteroatom tutgan o’rin
oluvchilar halqa kislorodi bilan o’zaro ta’sirlanishi natijasida aksial
holatda ko’proq bo’lishi kuzatiladi. Ana
shu hodisani anomer effekti
deyiladi.
Karbonil guruhiga xos reaksiyalar.
Monosaxaridlarni
tautomer aralashmasida halqali shakllar asosiy qismni tashkil
etsalarda, eritmada halqasiz shaklni ba’zi miqdori hisobiga aldegid
va ketonlar uchun xos bo’lgan reaksiyalarga kirishadilar.
Monosaxaridlarni gidroksilamin bilan ta’siri
natijasida halqali va
halqasiz shakllarni oksimlari hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan mahsulotga
sirka angidridi ta’siri natijasida aldon kislota nitrili olinadi. Olingan
nitrilni natriy metilat bilan ta’siri natijasida dezatsetillanish sodir
bo’lib, sianid kislota ajralib chiqadi. Shunday yo’l bilan aldoza
uglerod
zanjiri bitta atomga qisqaradi.
Zanjirni uzayishi
tsiangidrin usuli bilan amalga oshiriladi.
Aldozani natriy tsianid bilan ta’siri natijasida ikki izomer aldon
kislotalar nitrillari hosil bo’ladi. Ularning gidrolizi natijasida aldon
146
kislotalari hosil bo’ladi. Aldon kislotalarni
natriy amalgamasi bilan
qaytarish natijasida aldoza hosil bo’ladi.
Monosaxaridlarni gidrazin bilan reaksiyasi natijasida tautomer
gidrazonlar aralashmasi hosil bo’ladi. Mo’l miqdordagi arilgidrazin
bilan ta’sirida
Dostları ilə paylaş: