A. A. Ibragimov, V. U. Xo’jayev, O. M. Nazarov bioorganik kimyo


Gidroksil guruh reaksiyalari



Yüklə 162,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/105
tarix21.12.2023
ölçüsü162,73 Kb.
#187815
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   105
bioorganik kimyo

Gidroksil guruh reaksiyalari.
 
Monosaxaridlar uchun gidroksil 
tutuvchi birkmalarga xos barcha reaksiyalar tegishli bo’lib, ular oddiy 
va murakkab efirlar, asetal va ketallar hosil qilib, o’rin olish va 
ajralish reaksiyalariga kirishadilar. Gidroksil guruhlari bilan bir 
qatorda karbonil guruhi bo’lganligi uchun bu reaksiyalarni ba’zi 
birlari spirtlarnikiga nisbatan oson sodir bo’ladilar. Monosaxaridlar 
organik va noorganik kislotalar bilan murakkab efirlar hosil qiladilar. 
Murakkab efir guruhlari oson kiritiladilar va yo’qotiladilar, shuning 
uchun uglevodlar sintezida himoya guruhlari sifatida ishlatiladilar. 
Asetillash reaksiyalari keng ishlatiladi. Odatda asetillash piridindagi 
sirka angidrid (sovutilganda) yoki natriy asetat (qizdirilganda) 
ishtirokida amalga oshiriladi. Mo’l miqdordagi angidrid ishtirokida 
to’liq asetatlar hosil bo’ladi. Atsillovchi agentni kerakli miqdori 
piridinda alohida gidroksillar bo’yicha tanlab asetillangan hosilalar 
olinadi. Birinchi navbatda birlamchi gidroksil guruhi (geksozalarda 
C6), so’ngra C2, C3 dagi va oxirida C4 guruhlari ta’sirlashadilar. Atsil 
guruhlarini yo’qotish uglevodni absalyut metanol bilan metall 
alkogolyatlari yoki metilamin ishtirokida amalga oshiriladi. So’nggi 
yillarda xloratsetil hosilasi keng qo’llanilmoqda. Uglevodlar 
kimyosida sulfokislotalar efirlari, shu jumladan toluolsulfokislotalar 
(tozilatlar) 
va 
metansulfokislotalar 
(mezilatlar) 
ham 
keng 
qo’llanilmoqda. Mezillash reaksiyalari barcha gidroksillar bo’yicha 
amalga oshirilsa, oddiy sharoitlarda (sovutilganda piridin) tozillash 
faqat C6 gidroksili bo’yicha sodir bo’ladi. 


149 




Dastlabki 
monosaxaridlarni 
regenerasiyalash 
uchun 
ularning 
sulfonatlari Reney nikeli, litiy alyumogidrid ishtirokida gidrogenlab 
amalga oshiriladi. Monosaxaridlarni oddiy efirlaridan eng ko’p 
o’rganilganlari metil, benzil va trifenilmetil (tritil) efirlaridir. 
Uglevodlarni metil efirlari oligo- va polisaxaridlarni tuzilishini 
aniqlashda keng qo’llaniladilar. Demetillash reaksiyalari qiyinchilik 
bilan sodir bo’ladi; eng yaxshi natijalar dixlormetandagi bor xlorid 
ishtirokida amalga oshadi. Yarimasetal guruhi eng oson demetillanadi. 
Benzil efirlari sintezlarda oraliq mahsulotlar sifatida qo’llaniladilar. 
Benzillash reaksiyalari monosaxaridga dimetilformamidda benzil 
bromid bilan kumush va bariy oksidlari, ishqor va natriy gidrid 
ishtirokida amalga oshiriladi. Tritil efirlaridan birlamchi spirt 
guruhlarini himoyalashda foydalanadilar. Trifenilguruhini hajmdor 
bo’lganligidan ikkilamchi spirt guruhlari bilan reaksiyalari faqat 
maxsus tanlangan sharoitlarda amalga oshiriladi. Tritil efirlari 
monosaxaridlarni piridinda trifenilxlormetan bilan ta’siri natijasida 
olinadilar. Tritil guruhini yo’qotish uchun kislotalar yoki palladiy 
ustida katalitik gidrogenlashni amalga oshirish lozim. Bir vaqtni 
o’zida ikki gidroksil guruhlarini himoyalash uchun monosaxaridlarni 
alkiliden hosilalari qo’llanadi. Odatda bunday hosilalarni olishda 
atseton yoki aldegid, ba’zi holatlarda asetaldegid va siklogeksanondan 
foydalaniladi. Erkin monosaxaridlarni sulfat kislota yoki rux xlorid 
ishtirokida aseton bilan kondensatlanishi natijasida izopropiliden yoki 
aseton hosilalar hosil bo’ladi. Izopropiliden hosilalar yaxshi 
o’rganilgan bo’lib, sharoitga ko’ra turli izomerlar hosil bo’ladi. 
Izopropiliden va boshqa alkiliden himoya guruhlari yumshoq kislotali 


150 
kataliz sharoitlarida, masalan, suyultirilgan sirka kislotada oson 
yo’qotiladilar.

Yüklə 162,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin