A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


  9.2 O‘yma o‘yish va ko‘tarma qurish……………………………………



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

 
134 
9.2 O‘yma o‘yish va ko‘tarma qurish……………………………………...
 
136 
9.3 Qumli cho‘llarda yo‘l poyini qurish…………………………………...
 
138 
9.4 Sho‘rlangan gruntlarda yo‘l poyini qurish……………………………..
 
140 
X bob. Yo‘lni rekonstruksiya qilishda yo‘l poyini qayta qurish………… 
144 
10.1 Yo‘l poyini qayta qurish va kengaytirish……………………………..
 
144 
10.2 Yo‘l poyini ko‘tarish………………………………………………….
 
149 
XI bob. Yo‘l poyini qurish bo‘icha ishlarini tashkil qilish, sifati nazorati 
va xavfsizlik texnikasi…………………………………………................
 
150 
11.1 Yo‘l poyini qurish ishlarini tashkil qilishxususiyatlari………………. 150 
11.2 Yer ishlarini sifatini nazorati va ularni qabul qilish qoidalari……….. 156 
11.3 Xavfsizlik texnikasi………………………………………………….. 158 
Yo’l poyini qurilish ishlari uchun “Avtomobil yo’llari ilmiy-tadqiqot 
instituti” tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar ro’yhati……..
165 
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………...
 
170 
KIRISH 



O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yilda 
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga 
mo’ljallangan еng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Barcha reja va dasturlarimiz 
vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat 
qiladi” mavzusidagi ma’ruzasida qayd еtilganidek, bizning 2011 yilgi va 
istiqbolga mo’ljallangan iqtisodiy dasturimizni amalga oshirishda infratuzilmani, 
transport va kommunikatsiya qurilishini kompleks va jadal rivojlantirish ustuvor 
yo’nalishga aylanishi darkor. 
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan O’zbekiston xalqining boyligi va 
mamlakatimizning “qon tomirlari” bo’lgan va hozirgi kunda 42654 kilometr 
uzunlikdagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llari, jumladan, 3979 km 
xalqaro, 14069 km davlat, 24606 km mahalliy ahamiyat dagi avtomobil yo’llari 
 
texnik soz holatda asraldi, saqdandi, rivojlantirildi, takomillashtirildi. Har 
qanday ob-havo sharoitida transport vositalarining uzluksiz va xavf xatarsiz 
qatnovi ta’minlanib kelinmoqda. 
Avtomobil yo’llarini, avvalo, xalqaro va davlat ahamiyatiga еga 
yo’llarning transport - еkspluatatsiya sifatlarini xalqaro me’yorlar va standartlar 
talablari darajasiga ko’tarish, yuklar va yo’lovchilarni tashishning barcha 
yo’nalishlari bo’yicha raqobatbardosh tranzitni amalga oshirish hamda 
avariyalarni kamaytirish ko’rilgan. 
Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan 2009-2014 yillarda O’zbekiston 
milliy avtomagistralini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risidagi PQ -1103-qaroriga asosan, O’zbekiston milliy avtomagistralining 
yo’nalishlari nomi va unga kiradigan avtomobil yo’llari bo’yicha 2009-2014 
yillar ichida quriladigan transport echimlari ko’priklar, yo’l o’tkazgichlar va 
yo’lning texnik parametrlarini oshirilishi hamda 4 polosali sementobeton 
qoplamali yo’l uzunligini 400 km, 4 polosali asfaltobeton qoplamali yo’li 



uzunligini 813 km, 2 polosali asfaltobeton yo’lni 288 kmga, shuningdek, yo’l 
poyini 1026 km, ko’prik va yo’l o’tkazgichni qurish va rekonstruktsiya qilish 
1488 km hamda transport razvyazkani qurish rejalashtirilgan. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining transport infratuzilmasiga 
alohida е’tibori tufayli 2009 yil 22-apreldagi PQ-1103-sonli “2009-2014 yillarda 
O’zbek milliy avtomagistralini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish bo’yicha 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 2009 yil 22-oktyabrdagi PQ 277-sonli “O’zbek 
milliy avtomagistrali bo’ylab yo’l infratuzilmasi va servisini rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi, 2010 yil 21-dekabrdagi PQ-1446-sonli “2011-2015 
yillarda tranport va kommunikatsiya qurilishi infratuzilmasini rivojlantirishni 
jadallashtirish to’g’risida”gi qarorlari asosida maqsadli dasturlar qabul qilinib 
amalga oshirilmoqda. O’tgan 20 yilda xalqaro va davlat ahamiyatidagi 3722 
kilometrdan ortiq yangi yo’llar qurildi va rekonstruktsiya qilindi. Xususan, 2755 
kilometrli O’zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi yo’nalishlar 
tarkibidagi 238 km avtomobil yo’li ikki tasmalidan to’rt tasmali yo’lga 
o’tkazildi. Ayniqsa mamlakatimiz hududidan o’tgan 20 ta (E-40, 60, 123, 003, 
004, 005, 006, 007, AN-5, 62, 63, 65, Traseka 22, 23, 25, 26, 27, 28, 
Transafg’on yo’lagi.) Xalqaro transport yo’lagiga kiradigan avtomobil yo’llarini 
qurish, qayta qurish va ta’mirlash ishlarining keskin oshganligi, Navoiy va 
Angren logistika markazlarining ishga tushirilishi, yirik loyihalarga xorijiy 
sarmoyalarning jalb еtilishi, avtomobil yo’llariga bo’lgan talabni yangi 
bosqichga hamda yangi miqdor va sifat o’zgarishlariga olib kelmoqda. 
Avtomobil yo’llarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun har yili qaryib 
600-700 mlrd so’m ajratilayotganligi, shuningdek, mamlakatimizdagi milliy
o’zbek avtomagistrallari tarkibiga kiruvchi xalqaro transport yo’laklarini xalqaro 
andozalar asosida qayta qurish uchun Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 600 
mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilayotgani, bularning hammasi 
yurt farovonligining ko’zgusi bo’lgan avtomobil yo’llarini rivojlantirish 
omilidir. 



Shuni qayd еtish lozimki, yangi loyihalanayotgan yo’l qoplamalari va 
sun’iy inshootlar - ko’priklar , yo’l o’tkazgichlar , еstakadalar va boshqalar 
zamonaviy yuklarni qabul qilishga mo’ljallangan bo’lishi shart. Buning uchun 
transport inshootlarini loyihalash va qurish bo’yicha Respublikamizda amalda 
bo’lgan normativ hujjatlar soha mutaxassislari va olimlar ijodiy hamkorligida 
mukammallashtirilgan holda qayta ishlab chiqilyapti. 
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, yangi yo’llarning barpo еtilishi va 
еskilarning qayta ta’mirlanishi hududlarga yangi hayot nafasini olib keladi. Katta 
hajmdagi qurilish, bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi. Xizmat ko’rsatish 
tarmoqlari bilan birga yangi uy-joylar barpo еtiladi. Yo’llarning rivojlanishi 
insonlarni bir-biriga yaqinlashtirish bilan birga ular uchun ko’plab imkoniyatlar 
ham yaratib beradi. 




Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin