282
5.8. Rasm. Energetik samaradorli 4 - qutbli AD ning nominal
quvvatining standart quvvat koeffitsienti va F.I.K. ga bog‘liqlik
grafigi.
Rasm 5.9. da yuklama koeffitsientining AD ni aktiv quvvat isrofini
tejashga bo‗lgan bog‗liqlik grafigi berilgan.
Ushbu rasmda kichik quvvat
dvigatellari uchun quvvat isrofini tejash yuklama koeffitsientiga amaliy
jihatdan bog‗liq emas, ammo 7,5-22 kVt quvvatli dvigatellar uchun
yuklama koeffitsientiga bog‗liq hisoblanadi.
Energetik samarali dvigatellarning narxi
andozali dvigatellarning
narxidan 40–60 % ga yuqori. Yuqori samarali dvigatellarni almashtirishda
texnik–iqtisodiy hisoblar orqali aniqlab, uning xarajatlarini qoplash
muddati asosiy ko‗rsatkich hisoblanadi.
Agar hisoblashlar natijasiga ko‗ra, xarajatlarni qoplay olishi 1,5–3
yilgacha bo‗lsa, u holda energetik samarali
dvigatellarni almashtirish
maqsadga muvofiqdir. Uzoq muddatli rejimda ishlovchi mexanizmlar
uchun energetik samarali dvigatellarni ishlatish samara beradi.
Shuningdek, rostlanmaydigan EYu uchun elektr energiyaning iste‘molini
tejash bo‗yicha quyidagi tavsiyalarga qarab chiqamiz:
Dostları ilə paylaş: