A. I. To’rayev, F. F. Axrorov, M. M. Rahmatov


Harbiy unvonlar va lavozimlar



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/56
tarix09.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95294
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56
Harbiy unvonlar va lavozimlar. 
Xon-agar jangda maliklardan birortasi alohida mardlik ko’rsatsa 
unga beriladigan unvon. 
Malik-harbiy unvoni o’ninchi darajali unvon va uning qo’lida 10 
ming kishilik suvoriylar guruhiga qo’mondonlik qilgan kishilarga 
beriladigan unvon. U bu unvonga favqulodda harbiy jasorati
qahramonligi bilan erishgan edi. Yoki bo’lmasa, Sulton Jaloliddining 
eng yaqin odamlaridan biri bo’lgan edi. 
Amir-al umaro (amirlar amiri)-xorazmshohlar yangi zabt etilgan 
o’lka yoki viloyat yerlarini amirlarga iqto tariqasida taqsimlab berar
mahalliy amirlar orasidan eng qobiliyatlisini ularga boshliq qilib 
tayinlangan va ularning rahbari hisoblangan. 
Ispaxban-sipohiy-otliq, qo’shin, qism qo’mondoni. 
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -Б. 
324. 


90 
Qoid 
yoki 
Muqaddam–xorazmshohlar 
qo’shinlarning 
qo’mondonligiga degan unvonga tavsiya etilardi. 
Pahlavon-mangiloy (avangard) qism qo’mondoni. 
Sohibi Jaysh-viloyatdagi qo’shin boshlig’i hisoblanadi. 
Sarhang-beshyuz lashkarga bosh bo’lgan lashkarboshi. 
Nazoratchi-xorazmshohlar davlatida qo’shin ichidagi tartib 
nazoratga javobgar shaxs hisoblanadi.
Mustahfiz-qal’alardagi gornizonlar qo’mondoni.
Silohdor-xorazmshoh 
qo’shini 
devonidagi 
qurol-yarog’ 
saqlanadigan bo’limning boshlig’i. 
Josusiya- maxsus xufiya va ayg’oqchilar bo’linmalari mavjud 
bo’lib, josuslar “dushmanning hol-ahvolidan xabardor bo’lib turar, 
ularning harakatini kuzatib borar, bu o’ta muhim ish edi.” 
Muqaddam chovushiya- chovushlar boshliqlari shunday deb 
atalgan. 
Chovush-qo’shin choparlari bo’lgan. 
Haras-shohlarning 
shaxsiy 
muhofaza 
qo’shini, 
ular 
mamluklardan tuzilgan bo’lgan. Bevosita ular shohga bo’ysungan 
edilar. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin