23
“yordam kuni”; uchinchi “larzaga keltiruv kecha” qatorlar asosiy
kuchlar bo’lib, suvoriylar kolonnasi yoxud shaxmat tartibida
joylashgan piyodalar falangasidan iborat edi; to’rtinchi qatorga
umumiy zahira-saralangan askarlar kirib, ular asosiy bayrog’ tug’ni
himoya qilishgan; beshinchi qator bu umumiy zahira faqat juda zarur
hollardagina jangga kirgan.
Jangni birinchi qator boshlagan, u dushman qo’shinini tuzdirib
yuborishga, kuchini sindirishga intilgan. Arablarning asosiy kuchlari
mudofaa janggi olib borishni afzal ko’rib, bu bilan yengil otliq qo’shin
va piyodalar harakati uchun tayanchi xizmatini o’tagan. Arab
qo’shinlari jangda sabr-matonatli bo’lgan. Ular odatda dushman
jangovar tartibining qanotlarini qamrab olishga intilganlar. Dushman
holda toygach, ular umumiy hujumga o’tganlar, so’ngra uni batamom
yakson etmagunga qadar taqib etganlar, taqibni otliq qo’shin qilgan.
1
Harbiy intizomni mustahkamlashda islomning roli katta bo’lgan.
Arablar jangchining jangovarlik qobilyatini tarbiyalashga katta e’tibor
berganlar. Mana shunday sifatlarni tarbiyalash vositalaridan biri ov
bo’lgan. XII asr arab muallifi Usoma ibn Munqiz o’zining otasi
to’g’risida bunday deb yozadi: “Ov qilish uning ko’ngil ochish
mashg’uloti edi. Uning jang qilish, franklar bilan urushishdan va Olloh
taoloning kitobini qayta ko’chirishdan o’zga ishi bo’lmagan”. Shuni
qayd etish lozimki, arablar vizantiyaliklar, slavyanlar, forslar, hindlar,
Markaziy Osiyo xalqlari va xitoyliklar harbiy san’atidan ko’p narsani
olib o’zlashtirganlar.
2
Dostları ilə paylaş: