Tohiriylar davlatining siyosiy tarixi.
Bu sulolaning ilk vakili Rozilik ibn Sayqal Horun ar-Rashid
davrida Seyiston hokimi Abumuhammad Talx ibn Abdulloh qo’lida
xizmat qilgan. Uning Musab, Husayn va Tohir degan o’g’illari bo’lib,
keyinroq Tohir Hirotdagi Bo’shang shahrining hokimi bo’ladi.
Ma’lumki, Horun ar-Rashid vafotidan so’ng uning katta o’g’li Amin
xalifa bo’ladi. Ammo Horun ar-Rashidning kichik o’g’li Ma’mun
(Ma’mun-laqabi, asli ismi Abdullo) ham taxtga da’vogar edi. Shu bois
811-yildan boshlab aka-ukalar o’rtasida toj-u taxt uchun kurash
boshlandi.
1
Ushbu kurashda Tohir ibn Husayn Ma’mun qo’shinlariga
boshchilik qilib 813-yilda Bag’dod shahrini egallaydi va Ma’mun
xalifalik taxtiga o’tiradi. Ma’mun xalifa bo’lib olgach (813-833) Tohir
ibn Husayn tez orada xalifalikning eng nufuzli kishilaridan biriga
aylanadi va 815-yildan boshlab xalifalik qo’shinlarining bosh
sarkardasi lavozimida ishlaydi.
2
1
Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.158.
2
Ўша жойдан -Б.158-159.
27
821-yilda xalifa Ma’mun Tohir ibn Husaynni Xuroson viloyatiga
noib etib tayinlaydi. Tohir Xuroson noibligining poytaxti qilib
Nishopur shahrini tanladi. U Xuroson va O’rta Osiyo viloyatlarini
(Tabariston, Jurjon, Ray, Kirmon, Xuroson, Seyiston, Movarounnahr
janubi) mustaqil hokim sifatida boshqarib, 822-yilda xalifa nomini
xutba namoziga qo’shib o’qishni taqiqladi. Bu esa ochiqdan ochiq
xalifadan o’zini mustaqil deb e’lon qilishni taqiqladi. Taxmin
qilishlaricha, bu holat xalifaning o’z noiblari ustidan siyosiy
hukmdorligini mustahkam tutishga intilishidan dalolat beradi.
Yuqoridagi voqeadan qat’i nazar, xalifa Ma’mun Tohirning o’g’li
Talxa ibn Tohir Xuroson noibi etib tayinlaydi. Zamonaviy
adabiyotlarda berilishicha, mahalliy sulola vakillarini noib bo’lib
qolganligining sababi, xalifalikning aynan mahalliy hukmdorlarning
kuchidan arablarga qarshi qo’zg’olonlarni bostirishida foydalanishi edi.
Shuningdek, Xuroson noibining muhim vazifalaridan yana biri o’ziga
qarashli hududlarga ayrim viloyat hokimlarini saylash bo’lgan.
Jumladan, Tohir ibn Husaynning o’zi Somoniylarni Samarqand,
Farg’ona va Shoshga hokim bo’lishlarini rasman tasdiqlagan. O’sha
davrda Xuroson noibligiga quyidagi viloyatlar kirgan edi:
Movarounnahr, Xorazm, Seyiston, Ko’histon, Kermon, Ko’mis,
Tabariston va Jurjon. Ular hajmiga ko’ra katta va kichik tumanlardan
iborat bo’lgan.
Tohiriylar mustahkam hokimiyat yaratish va qishloq xo’jaligini
tartibga solish borasida jiddiy chora-tadbirlarni amalga oshirdilar. Ular
yangi kanallar bunyod etib suvdan foydalanishni yaxshilash choralarini
ko’rdilar. Abdulloh ibn Tohirning buyrug’i bilan o’lkadagi yirik
qonunshunoslar sug’orish uchun foydalaniladigan suv taqsimoti
qonunlari to’plami Kitob al-kuniyni tuzdilar. Ushbu qonunlar yuzlab
yillar mobaynida Movarounnahrda suvdan foydalanishdagi bahs-
munozaralarni hal etishda asos bo’lib xizmat qilgan.
Tohiriylar shunday ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy yuritganlarki, bu
siyosat asosan aholining hukmron tabaqalarning qo’llab-quvvatlashga
qaratilgan edi. Misol uchun, bizga qadar saqlangan Tohir ibn
Husayning o’g’li Abdullohga yozgan xatida shunday deyiladi: “Shuni
bilginki, boylik ko’payib xazina to’lib toshganda ham u daromad
keltirmaydi. U fuqaro zarurati, ular haq-huquqlarini ado etishga,ularni
tashvish va qarzlardan ozod etish uchun sarflangan taqdirdagina
ko’payadi,ortib boradi; bu bilan xalq ommasining e’tibori qozoniladi;
28
shu bilan xalq farovonligi ta’minlansa, bu hokimlarga zeb beradi,
davronning emin-erkinligi shu bo’ladi, shuhrat va qudrat bag’ishlaydi;
shu bilan birga agar shunday ish yuritsang, yer solig’ini katta miqdorda
undirish imoniyatiga ega bo’lsang va boyliging ortadi, kuch-qudrat
egasi bo’lasan, qo’shin saqlaysan va hammani o’zingga maftun etasan”.
Tohir o’z o’g’lini mana shunday “mohirona” siyosat yurgizishga
chaqiradi hamda Abdulloh ibn Tohir qaysidir ma’noda otasining
maslahatlariga amal qilgan edi.
O’z davrida Abdulloh yirik yer egalari va davlat amaldorlari
tomonidan ayrim yerlardagi dehqonlarga nisbatan bo’layotgan
nohaqliklarni imkoniyat darajasida cheklashga harakat qildi. U
dehqonlarning ahvolini birmuncha tartibga soluvchi maxsus farmon
e’lon qildi. Manbalarning guvohlik berishicha, bu farmonda jumladan
shunday deyiladi: “Olloh bizni ularning qo’li bilan boshqaradi, bizni
ularning og’zi bilan olqishlaydi va ularga ozor berishni taqiqlaydi”.
Albatta, bu bilan Abdulloh butunlay ziroatkor-dehqonlarning
manfaatlarini himoya qiluvchi hukmdor bo’lgan, deb bo’lmaydi. U
“dehqonlarga ozor bermaslikni” talab qilishiga sabab, busiz davlat
xazinasiga yetarli soliq kelib tushmas edi.
Ahvolni yaxshilash uchun ayrim harakatlar qilishgan bo’lishiga
qaramay, Tohiriylar davrida aholi ko’pgina qatlamlarining ayniqsa,
ziroatkor-dehqonlarning ahvoli og’ir bo’lib qolaverdi. Misol uchun,
844-yilda Abdulloh ibn Tohir ziroatkor-dehqonlardan olingan xirojdan
48 mln. dirham to’plagan edi. Soliqlarning ko’pligi dehqonlarning
qo’zg’olon ko’tarishiga olib kelgan, Tohiriylar bu qo’zg’olonlarni
shafqatsizlarcha bostirib turganlar. Bu hol ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlar
bir qadar saqlanib qolganligini ko’rsatadi.
1
Manbalarda Tohiriylarning islomlashtirish siyosatida mustahkam
turganliklari qayd etiladi. Ular huquqiy munosabatlarni islom
peshvolariga tayangan holda rivojlantirganlar. Shuning uchun ham
Tohiriylar islom dinini xalq orasida keng yoyish siyosatini davom
ettirib, islom ruhoniylarini asosiy tayanch deb bilganlar. Talxa ibn
Tohir davrida zardushtiylik dini saqlanib qolgan Usturushonada ham
islom dini qabul qildirilgan.
1
Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.159.
29
O’z hukmdorlik yerlarida mustahkam tartib saqlanishini xohlagan
Abdulloh ibn Tohir o’ziga qarshi har qanday harakat yoki
qo’zg’oloning oldini olishning eng muhim usuli-soliq yig’uvchilarning
suiste’molliklariga yo’l qo’ymaslikda deb hisoblar edi. U turli
soliqlarning miqdorini kamaytirmagan bo’lsa-da, soliqlar yig’ishda
turli jinoiy ishga qo’l urganlarni jazolar edi. Amal va mansab
egalarining o’zboshimchaligini oldin olish va davlat xazinasiga ziyon
yetkazmaslik maqsadida Abdulloh o’z qo’l ostidagi o’ziga sodiq
kishilar orasidan ayg’oqchilar tanlab, ularning xizmatidan foydalanar
edi. Bunday maxfiy shaxslar joylarda hukmdorlarning yurish-turishi,
har bir mansabdorning Abdulloh oldidagi majburiyatlarini qay darajada
bajarishlari xususida noibga xabar yetkazib turishgan. Demak, amaldor
xoh viloyat hokimi bo’lsin, xoh yirik dehqon bo’lsin, Abdullohning
nazorati ostida bo’lgan.
Tohiriylar davlati ko’p sonli bilimdon amaldorlarga muhtoj edi.
Shu bois Abdulloh ibn Tohir aholining barcha qatlamlari ma’lumot
olishini ta’minlashga harakat qiladi. Manbalarning ma’lumot
berishicha, Abdulloh otasi Tohir singari shoir bo’lgan. Abdullohning
Marv, Amul va Xorazmni boshqarib turgan jiyani Mansur o’zining
falsafiy asarlari bilan mashhur bo’lgan. Abdullohning o’g’li Tohir II
ham otasidan o’rnak olishga harakat qilgan.
Umuman, Abdulloh va Tohir II hukmronliklari davri mahalliy
madaniyatning
qayta tiklanish davri bo’ldi. Ammo, bu o’ta murakkab va qiyin jarayon
edi. Gap shundaki, Tohiriylar sulolasi vakillarining o’zlari, xususan,
Abdulloh ibn Tohir o’zining arab madaniyatiga xayrixohligini ta’kidlar
edi. Shunga qaramasdan bizga qadar yetib kelgan ayrim yozma
manbalar va moddiy ashyolar mahalliy madaniyat rivojidan dalolat
beradi.
Dostları ilə paylaş: |