A. K. Xusanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

 
 
 
 
 
 
 
 
33-rasm.
Chayonning umumiy ko’rinishi. 
Oldingi qorinning keyingi to‘rt bo‘g‘imining pastki tomonida har bir bo‘g‘imda 2 
tadan stigma (nafas yo‘llarining teshigi ) bor.1-2 chi bo‘g‘imlarda esa jinsiy teshik 
va uning ketida 2 ta taroqsimon o‘simta joylashgan. Taroqsimon o‘simtalar tuyg‘u 
organi vazifasini bajaradi. Chayonlar 14 - 16 tagacha tirik bola tug‘ib ko‘payadilar. 
Qoraqurt – Latrodectus tredeccimguttatus – 
zaharli o‘rgimchaklardan 
biridir. Uning chaqishi odam va qishloq xo‘jalik hayvonlarining hayoti uchun 
xavflidir ular asosan loy – botqoq yoki qo‘moq bo‘lgan dashtlarda, shuvoqli o‘tli 
joylarda, buz va haydalgan erli joylarda yashaydi. O‘zbekistonda Mirzacho‘l 
zonasida Jizzax viloyati Zomin va G‘allaorol tumanlarida Samarqand, 
Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida ko‘plab uchraydi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
34-rasm.
Qoraqurtning umumiy ko’rinishi. 
 
Urg‘ochi qoraqurtning bosh – ko‘kragi va duxobaga o‘xshagan qora yumaloq qorni 
bor. Qornining ustki tomonida qizil yoki oqish dog‘lar bo‘ladi. Kattaligi 1sm – dan 
kattaroq. Erkagi urg‘ochisidan 3-4 marotaba kichik va qorni ensiz uzunchoq bo‘lib, 
bosh – ko‘krak qismining eniga to‘g‘ri keladi. Urg‘ochi qoraqurtlar voyaga 
etganda o‘zi ishlab chiqqan tolalardan yasagan voronkasimon uyada yashaydi. 
Erkak qoraqurtlar urg‘ochisini qidirib yurganda oziqlanmaydi. Urg‘ochi 
qoraqurtlarning urug‘lanishi iyun-iyul oylarida kuzatiladi. Qo‘shilishgandan keyin 
erkaklarini urg‘ochilari eb qo‘yadi, qochib qutilgan erkaklari esa sal vaqtdan keyin 


151 
o‘ladi. Urug‘langan urg‘ochilari yangi joyga ko‘chib o‘tib uzlariga uya yasaydilar. 
Bu erda ular tuxum quyib ularni pillaga o‘raydilar. Tuxum qo‘yish Sentyabr 
oyigacha davom qiladi. tuxumdan chiqqan yosh qoraqurtlar pilla ichida qishlaydi. 
Aprel oyida yosh qoraqurtlar pilladan chiqadi va 8 marotaba tullab voyaga etadi. 
Qoraqurtlar 7 marotaba tulagandan keyingi davrda kuchli zaharli bo‘ladi. Bunday 
holat qoraqurtlar asosan may – iyul oylarida kuzatiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin