' .1. Tizimlarni moddlashtirishning asosiy tushunchalari fizim tushunchasi turli sohalarda har xil o‘ziga xos ta' iflanadi:
tizim - umumiy (tizimli) xususiyatlarga ega o‘zaro bog‘lik b )‘lgan elementlar to‘plami bo‘lib, bu xususiyatlar elementlarga t t’luqli emas. (Internet- ensiklopediya).
tizish - quyilgan biror bir maqsadga erishish uchun yaratilgan o‘zaro bog‘langan elementlar to‘plami (kompyuter tizimlari).
tizim - bu o‘zaro ta’sir qiluvchi komponentalar majmuidir (Bertalanfi, tizimli analitik).
tizim -elementlari bir biri va atrof muhit bilan ma’lum jihatdan bog‘langan majmuidir. (L. fon Bertalanfi, tizimli analitik).
Bu yerda tizimning har bir elementi sonli qiymatlardan (xususiyatlar, tavsiflar) iborat majmui sifatida tasvirlanadi va bu xususiyatlaming o‘zgarishi ba’zi matematik yoki fizik qonunlarini ta’siri natijasidir deb olinadi. Bu ta’rifdan qo‘rish mumkinki, elementlari orasidagi munosabatlar tizimning mavjudligi uchun shart emas. Modellar ustida bajariladigan asosiy amallar quyidagilardir. Tizimni chiziqlashtirish.
Faraz qilaylik M=M(X,Y,A) munosabat berilgan bo‘lsin, bunda X - kirishlar, 7 -chiqishlar to‘plamlari, A - tizimning holati. Sxema ko‘rinishida bu munosabatni quyidagicha tasvirlash mumkin: