X ->A Y. Agar X, Y, A - chiziqli fazo (to‘plami) va tizimning holati chiziqli operatorlar orqali tasvirlangan bo‘lsa, u holda tizim (model) chiziqli deyiladi. Boshqa tizimlar (modellar) - nochiziqdeb olinadi. Nochiziq tizimlarni tadqiqot qilish murakkab masala hisoblanadi, shuning uchun ulami ko‘pchilik hollarda, qandaydir yo‘l bilan chiziqli ko‘rinishga keltiriladi. Identifikatsiyalash (muvofiqlashtirish).
Farazqilaylik M=M(X,Y,A), A={a,}, ai=(aiI,ai2,...,aii() - obyekt (tizim) holati vektori. Agar at vektori bir necha noma’lum parametrlarga bog‘liq bo Visa, u holda (model, m del parametrlami) muvofiqlashtirish masalasi ularni ba’zi bir qo‘shimcha shartlar asosida aniqlashdan iborat. Tizimlami identifikalashtirish- bu kuzatuvlar natijasida olinadigan dinamik tizimlarning matematik modellarini ishlab chiqish uchun foydalaniladigan usullar majmuidir. Shu nuqtayi nazardan, matematik model qandaydir tizim yoki jarayonning vaqt birligidagi xatti-xarakatining matematik tavsifini anglatadi. Masalan, jismoniy jarayonlarda - mexanik tizimning yer tortish kuchining ta’sirida xarakati, iqtisod jarayonida - birja kotirovkalarining tashqi ta’sirlarga bo‘lgan aks ta’siri yoki reaksiyasi va boshqalar