A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika


Mavzu: Bir hujayrali hayvonlar kеnja dunyosi tavsifi



Yüklə 7,2 Mb.
səhifə5/87
tarix11.10.2023
ölçüsü7,2 Mb.
#153898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Zoologiya majmua

Mavzu: Bir hujayrali hayvonlar kеnja dunyosi tavsifi.
Reja:
1. Bir hujayrali, sodda hayvonlar tipiga umumiy tavsif.
2. Sodda hayvonlar tipining klassifikatsiyasi (guruh) ga bo`linishi.
3. Sarkodalilar sinfining umumiy tavsifi va klassifikatsiyasi.
Mavzuga oidаsosiy tuchuncha va atamalar: Bir hujayrali organizm, sodda hayvon, mikroskopik to`zilish, maxsus organoidlar, umumiy organoidlar, biologik progress, adaptatsiya, yolg`on oyoq (psevdopodiy), poroshitsa, og`iz teshigi, ovqat hazm qilish vakuolasi, xivchin, kiprik, sitoplazma, ektoplazma, endoplazma, avtotrof, geterotrof, miksotrof, qisharuvchi vakuola, trixosista, stigma, aksostil, qonyugatsiya.
Mavzuning maqsadi va vazifasi: Bir hujayralilar kеnja dunyosi xaqida umumiy ma'lumotlar. Ularning klasifikatsiyasini o`rganish. Sarkimosatigoforalar, ya'ni soxta oyoq xivchinlilar tipi vakillarining asosiy xususiyatlari. Sarkodolilar sinfi, to`zilishi, ko`payishi, rivojlanishi, sinflarga va turkumlarga bo`linishi. Sarkodalilarnnig axamiyati va parazit formalari xaqida tuchunchalarga ega bo`lish.

Bir hujayralilar kеnja olamiga mansub bo`lgan hayvonlarning tanasi yagona hujayradan yoki bir – biriga o`xshash tuzilgan hujayralar to`plamidan iborat bo`ladi.


Yer yuzida ularning 70 000 ga yaqin turi aniqlangan. Bir hujayralilar mustaqil organizmlar bo`lib, ularni faqat mikroskopda ko`rib o`rganish mumkin.
Sodda hayvonlarning tanasi bitta hujayradan tuzilganligidan ulardagi hayotiy jarayonlar (harakatlanish, oziq zarralarini olish, hazm qilish, himoyalanish, ayirish va boshqa vazifalar)ni bajarish uchun mazkur hujayrada maxsus qismlar-organoidlar rivojlangan. Masalan, sarkodalilarning yolg`onoyoqlari, infuzoriyalarning kipriklari va hokazolar.
Bir hujayrali sodda hayvonlar juda mayda organizmlar bo`lib, odatda ular ko`pchiligining kattaligi parazit turlarida mayda 3-5 mikron, ko`pchilik boshqa turi 150-200 mikron, eng yiriklari 1,5-2 m dan 1-6 sm gacha boradi.
Bir hujayralilar yer yuzining hamma joyida: okeanlarda, dengiz, chuchuk suv, turli hayvonlarning tanasida, o`simliklarda va tuproqlarda hayot kechiradi. Hozirgi vaqtda ularning biologik progress holatidagi ayrim gruppalari bo`lib, ular har qanday sharoitda keng tarqalish xususiyatiga ega. Ular orasida erkin yashovchi formalar bilan birga, boshqa organizm hisobiga parazit holda hayot kechiruvchi turlar ham uchraydi. Parazit turlar o`simliklar, hayvonlar va odamlarda xavfli kasalliklar qo`zg`atadi.
Bir hujayrali hayvonlarning ma`lum qismini o`simliksimon-avtotrof oziqlanadigan turlar (yashil xivchinlilar), ko`pchiligini esa – geteratorf oziqlanadigan organizmlar tashkil qiladi. Miksotrof – ikkala usulda ham oziqlanish.
Bir hujayrali hayvonlar juda xilma-xil tuzilgan. Ularning tanasi asosan sitoplazmadan va bir yoki bir nechta yadrodan tashkil topgan. Sitoplazmada bir qancha umumiy organoidlar: ribosoma, endoplazmatik to`r, golji apparati, mitoxondriyalar va boshqalar mavjud. Shuningdek xilma-xil maxsus (xususiy) organellalar ham bo`lib, ular harakat, oziqlanish, himoya, ayirish vazifalarini bajarib, tashqi muhit adaptatsiyasini (moslanishini) ta’minlaydi. Harakatlanish organoidlari yolg’onoyoq, xivchin va kiprikchalar ko’rinishida doimiy va vaqtinchalik bo’lishi mumkin.
Yolg’onoyoqlar (psevdopodiy) – sitoplazmaning vaqtinchalik o’simtasi bo’lib, shakli va o’lchami jihatidan xilma-xildir.
Xivchinlar – doimiy organella bo’lib, uzun va ingichka ip shaklida, tananing oldingi qismida joylashgan. Ularning soni odatda: 1-2 ta, kamdan-kam hollarda 4-8 ta bo’ladi.
Kipriklar - ko’p sonli bo’lib, butun tana sathini qoplaydi. Sitoplazma tashqi qavatni mustahkam va yug’onligini ta’minlovchi tashqi membrana bilan o’ralgan. Sodda hayvonlar sitoplazmasi ikki qavatdan: 1- ektoplazma- tashqi, tiniq, shaffof va quyuq (zich); 2- endoplazma – ichki, ko’p miqdordagi organik modda va kiritmalarga boy qavat.
Sodda hayvonlar qattiq oziq bo’laklari bilan oziqlanib, uning organoidlari oziqni tutish, yutish va hazm qilish vazifalarini bajaradi. Bunday hayvonlarda maxsus og`iz teshigi – hujayra og`zi, ayrimlarida, hujayra halqumi bor. Boshqa turida esa oziq tananing turli joyidan kiradi. Oziqni hazm bo`lishida maxsus hazm qilish fermentlari bilan to`lgan sharcha – ovqat hazm qilish vakuolasi mavjud. Vakuol ovqat bo`lagini qamrab olib, hujayra bo`ylab aylanib harakatlanadi. Fermentlar ta`sirida oziq parchalanib, sitoplazmaga so`riladi. Hazm bo`lmagan oziq vakuola orqali tashhariga chihariladi. Ayrim bir hujayralilarda ayirish uchun maxsus teshik - poroshitsa mavjud. Parazit turlar esa asosan, butun tana yuzasi bilan so`rib, osmotik usulda oziqlanadi. Sodda hayvonlarning ayrim guruhlarida xlorofill tutuvchi xromotofora mavjud. Bunday formalar yorig`lik ta`sirida fotosintez qiladi. Ayrim turlar miksotrofdirlar. Bunday organizmlar 2 xil oziqlanish usuli: avtotrof va geterotroflarning galma-galdan bo`lishi bilan harakterlidir.
Ayirish vazifasini qisqaruvchi vakuola bajaradi. Bu uncha yirik bo`lmagan sharcha bo`lib, unda vaqti – vaqti bilan keraksiz suyuqliklar to`planib, qisqaradi va tashqariga chiqariladi. Vakuolaning to`lishi va qisqarishi ritmik ravishda sodir bo`ladi. Vakuola orqali ortiqcha suyuqlik va dissimilyatsiyaning (parchalanish jarayoni) suyuq mahsulotlari ajratiladi. Shuningdek, qisqaruvchi vakuola ayirish, nafas olish va osmoregulyatsiyada muhim ahamiyatga ega.
Ko`pchilik sodda hayvonlar himoya-trixosista, yorug`likni sezuvchi – stigma, tayanch-aksostil kabi rganoidlari mavjud.
Sodda hayvonlarning jinssiz ko`payishi, teng ikkiga bo`linish yo`li (mitoz) bilan boradi. Ayrim vaqtlari sodda hayvonlarning hayot siklida jinsiy ko`payish – qonyugatsiya (infuzoriya) yoki populyatsiya (volvoks) sodir bo`ladi.
Noqulay sharoitda (haroratning ko`tarilishi yoki pasayishi, qurg`oqchilik va h.k.) sodda hayvonlar oziqlanishdan to`xtaydi, harakat organellalarini tashlaydi, yumaloqlanadi va qalin qobiq sista bilan o`raladi. Bu holda ular o`zoq vaqtgacha chidaydi va qulay sharoit kelganda sista erib, yana hayotini davom ettiradi.
Sodda hayvonlar bir necha 100 mln. yillar davom etgan o`zoq takomillanish natijasida xilma-xil hayot sharoitiga muvofiqlashgan. Ular bir-biridan katta farq qiladigan bir necha sinflarga ajratiladi.
Bir hujayrali hayvonlar Sarkimastigoforalar, Sporalilar, ksosporidiyalar, Mikrosporidiyalar va Infuzoriyalar kabi 4 ta tipga ajraladi.
Sarkimastigoforalar, ya'ni soxta oyoq xivchinlilar tipi 20000 mingga yaqin turni o`z ichiga oluvchi 2 ta sinfga bo`linadi. Ular Sarkodalilar va Xivchinlilardir.
Sarkodalilar yoki yolg`on oyoqlilar boshqa bir hujayralilarga qaraganda bir muncha sodda tuzilgan. Hozirgi vaqtda ularning soni 10 000 turni tashkil qiladi. Ular orasida turli chig`anoq bilan himoyalangan yoki murakkab tuzilgan skeletli dengiz formalari va nurlilar ham mavjuddir.Ular tuzilishi jihatidan xilma-xildir. Dengizlarda 80% dan ortiq, 20% chuchuk, ko`lmak suvlarda hamda tuproqlarda yashovchi formalar mavjud. Ular erkin holda yashovchi vakillari bilan birga parazit hayot kechiruvchilar ham uchraydi.
Sarkodalilarning harakatlanishidagi asosiy xususiyat sitoplazma o`simtasi, ya`ni vaqtinchalik “soxta oyoqlar” – psevdopodiylar hosil qilishidir. Psevdopodiylar harakatlanishga yordam berishi bilan birga oziq moddalarni qamrab olishda ham ishtirok etadi. Bu sinfga: Ildizoyoqlilar – Rhizopoda, Nurlilar – Radiolaria, Quyoshsimon – Heliozoa kеnja sinflari kiradi.
Ildizoyoqlilar kеnja sinfi – soxta oyoqlari xaraktchan va xilma – xil bo`ladi. Amyobalar, chig`anoqli ildizoyoqlilar va faraminofkralar turkumlariga bo`linadi.

Yüklə 7,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin