A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə24/34
tarix24.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#193230
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
53e1d82115c1c

Baynalmilal tarbiya. Bizning respublikamiz o’z mohiyati bilan baynalminaldir. Shuning uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda baynalmilalchilik, xalqlar do’stligi hislarini tarbiyalab borish muhim ahamiyatga egadir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash asosida boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosabat va do’stona his –tuyg’ular uyg’otish, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maqsadi yotadi. Bunday his –tuyg’ularni rivojlantirish asosan taqlid qilish orqali mukammallashib boradi.
Guruhda baynalmilalchilik tuyg’ularning shakllanishini ta’minlovchi ijobiy muhit yuzaga keltirilishi lozim. Bu bolalarning ezgu hislarini, jamoatchilik munosabatini, insonparvarlikni, birovlarga beminnat xizmat qilishni ta’minlash sharoitida o’tadi.
Bolalarni u yoki bu jumhuriyat bilan tanishtirishni har bir jumhuriyatning o’ziga xos tomonlarini, ya’ni odamlarining mehnati, ularning tashqi ko’rinishlari, madaniyati va tabiatini eslab qolishlarini ta’minlaydigan qilib tashkil etish lozim.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni baynalmilalchilik his –tuyg’ulari asosini shakllantirishda avvaligi ayrim jumhuriyatlarda yashaydigan har bir millat vakillari bilan uchrashuvlar o’tkazish; ular bilan yozishmalar olib borish; maxsus mashg’ulotlarda ularning urf –odatlari, madaniyati, san’ati, tabiati to’g’risidagi adabiyotlarni o’qib berish, suhbat o’tkazish, rasmlarni ko’rsatish, diafilmlar namoyish qilish, millat bolalari hayoti to’g’risidagi, turli millat kishilarining mehnati va turmushi haqidagi hikoyalardan o’qib berish foydali bo’ladi.
Mashg’ulotlarni jumhuriyatlarni bir –biriga qiyoslagan holda olib borish maqsadga muvofiqdir. Masalan, bolalar Qozog’iston dehqonlari ko’proq g’alla yetishtirishlarini, belorussiyalik dehqonlar esa zig’ir, o’zbekistonlik dehqonlar esa paxta va turli mevalar yetishtirishlarini bilib oladilar.
Bolalar o’z jumhuriyatlari to’g’risidagi ko’p narsalarni kuzatish, ekskursiyalar o’tkazish, sayrlarga chiqish orqali hamda badiiy asarlar orqali ham bilib oladilar. Tarbiyachi yil davomida bunday asarlar, hikoyalarni o’qib, so’zlab berib boradi, she’rlarni yodlatadi.
Musiqadan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Musiqa tinglash jarayonida kishi qalbida uyg’onadigan his –tuyg’ular bolalarda o’z xalqining milliy madaniyatiga qiziqish uyg’otadi.
Bolalarda baynalmilalchilik hissini tarbiyalashda milliy qo’g’irchoqlar katta o’rni egallaydi.
XULOSA.
Xulosa qilib aytganda maktabgacha yoshdagi bolalarda insonparvarlik hissini tarbiyalash, insoniylikka xos ijobiy sifatlarni tarkib toptirish, yasab turgan ona yurtiga mehr muhabbatni tarbiyalash har bir pedagog uchun eng asosiy vazifalardandir..

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin