Ohak xamiri Ohak xamirini quyidagi texnologik sxema bo‘yicha olinadi. ishlab chiqarish uzlukli va
uzluksiz ohak so‘ndiruvchi asboblarda o‘tkaziladi. Eng keng tarqalgan termomexanik ohak
so‘ndirish asbobi quyidagilardan iborat: elektr ishga tushiruvchi 8, aylanma baraban 2, baraban
bir tomondan bunker 1, boshqa tomonidan ohak sutini tushirish uchun lotok 7, rama 9. Baraban
ikkita bir-biriga orasiga 2 mmli masofada joylashgan silindrdan iborat. Ohakni so‘ndirganda
ichki silindrda suv 45-50
0
C isitiladi, va u ikki qismga diafragma bilan bo‘lingan so‘ndirish
kamera 4 va maydalash kamerasi 5. Bu kameradan ohak suti patrubka 6 va 7 lotok orqali
tindirgichga jo‘natiladi. Ohakni to‘liq so‘nish uchun bir qismi ohakka 2-3 qismi suv tavsiya
etiladi. Ohak 16-24 soat tindirilganda qaymoqsimon 75% suvli massaga aylanadi. YAxshi
tindirilgan ohak xamiri tarkibida 50% suv va hajmiy og‘irligi 1400 kg/m
3
oraliqda bo‘ladi.
Maydalangan so‘ndirilmagan ohak Uni bo‘lakli ohakni oldindan so‘ndirmasdan judayam maydalash yo‘li bilan olinadi.
Maydalangan so‘ndirilmagan ohak asosidagi qorishmaga suvga talabi kam bo‘lgani uchun
mustahkamligi yuqori bo‘lib solishtirma yuzasi kamligi bilan tushuntiriladi. Suv ohak nisbati
to‘g‘ri tanlanganda (0,9-1,5) kalsiy oksidi gidratlanish natijasida xosil bo‘lgan kalsiy gidrooksidi
kristallari eritmadagi Ca(OH)
2
o‘zaro o‘sib tez mustahkam kristall o‘simta xosil qiladi.
Qorishmaning yoki betonning o‘z-o‘zidan isishi o‘zicha qorishmaning qotishi va mustahkamligi
o‘sishga olib keladi. Bu esa qishgi ishlarda (g‘isht terishda, suvoq ishida va hokazo) o‘ta
muhimdir. Buni shunday tushintiradiki, maydalangan so‘ndirilgan ohak tezda suv bilan birikib
issiqlik ajratadi va shu issiqlikni vaqtida tarqatilmasa xosil bo‘lgan yuqori harorat buyumlarni
buzib yuborishi mumkin. Maydalangan so‘ndirilmagan gidratlangan ohakka o‘ta to‘yilgan
mineral qo‘shimchalar qo‘shish ruxsat etiladi: domna yoqilg‘i shlaklari, kullar, ohaktosh.
Maydalangan so‘ndirilmagan ohakni qotishida yaxshi natijalarga erishish uchun quyidagi
shartlar qo‘llanilishi kerak:
1. o‘ta tuyilgan ohak qo‘llanilishi.
2. suv ohak nisbati aniq bo‘lishi.
3. suv bug‘lanishini olib keluvchi omillarni oldini olish.
4. ohak gidratlanish jarayonida Qorishmani aralashtirmasligi.
So‘ndirilmagan ohakni sath yuzasi 3500-5000 sm2/g, yoki №02 elakda qoldig‘i 0 ga teng
bo‘lishi, №08 elakda esa 4-6%dan oshmasligi kerak. So‘ndirilmagan ohakni gidrati qotishi
qorishmada suv miqdori 100-150% oraliqda ohak massasidan bo‘lganda normal o‘tadi.
Gidratlanish birinchi soatida 1 kg CaO gidratlanishida 1160 kJ issiqlik ajraladi. Natijada
buyumlar qatti qizib ketadi va ichki kuchlanish bilan deformatsiyaga duch keladi. Bu hodisani
oldini olish uchun suv miqdori ko‘paytiriladi, xar xil moddalar bilan (qo‘shimchalar qo‘shib)
gidratlanish tezligini sekinlashtiriladi.
So‘ndirilmagan ohak va karbonatli ohak odatda maydalangandan so‘ng o‘sha zahoti
ishlatiladi, chunki havodagi namni yutib olishi natijasida o‘zining bog‘lovchilik xususiyatini
yo‘qotadi. Maydalangandan so‘ndirilmagan ohakni quyidagi texnologik sxema bo‘yicha olinadi.
Aktiv mineral qo‘shimchalar qorishmalarni suvga chidamliligini kalsiy, gidrosilikatlar,
gidroalyuminatlar, gidroferritlar hosil bo‘lishi hisobiga oshiradi.
Ohakni og‘irligi odatda 800-1200 kg/m
3
oraliqda tebranadi.