A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi


Ohakni ishlab chiqarishda mexnatni muxofaza qilish



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

Ohakni ishlab chiqarishda mexnatni muxofaza qilish 
Ohak ishlab chiqarish korxonalarida avvalo hamma sexlarda havo tozalovchi moslamalar 
doimiy ravishda ishlab turishi kerak. Sexlarda CO
2
konsentratsiyasi 0,03 m
2
-m
3
dan ohak changi 
0,04 m
2
-m
3
dan oshmasligi lozim. Kuydirish asbob uskunalar olovdan issiqlikdan himoya 
qiluvchi moslama bilan ta’minlanishi kerak. 
 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Qurilish ohagi, ularni ishlab chiqarish texnologiyasini bayon qiling? 
2. Ohaktoshni kuydirish usullarini bayon qiling? 


26 
3. Gidratli ohak va ohak xamirini bayon qiling? 
4. Maydalangan so‘ndirilmagan ohak haqida nima bilasiz? 
 
Ma’ruza. № V/8 
Mavzu: Ohakni ishlab chiqarish usullari, afzallik va kamchiliklari. Ishlatiladigan 
xom-ashyolar.
 
 
Reja: 
1. Ohak ishlab chiqarish usullari. 
2. Ohak ishlab chiqarish afzalliklari. 
3. Ohak toshni kuydirish. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
gidrat ohak, kirelka 
 
 
Ohak ishlab chiqarish. 
Havoi ohak xom ashyosi asosini kalsiy karbonat (CaCO
3
) tashkil etadi, shuningdek 
ozgina miqdorda dolamit, gips, giltuproq va boshqalar aralashgan bo‘lishi mumkin. Ohaktosh 
900-1200 
0
S haroratda kuydirib, imkoni boricha SO
2
gazi chiqarib yuboriladi: 
CaCO
3
=CaO+CO
2
Xomashyo tarkibidagi MgCO
3
kuydirish jarayonida parchalanadi. 
Ohaktoshni kuydirish natijasida 56 % havoi ohak hosil bo‘ladi, qolgan 44% karbonat 
angidiridi (CO
2
) havoga chiqib ketadi. 
Ohak bog‘lovchisi tarkibida asosiy oksidlar (CaO+MgO) miqdori ko‘p bo‘lsa, ohak 
qorishmalari shunchalik plastik va sifatli bo‘ladi. 
Havoi ohak tarkibidagi chala kuygan yoki o‘ta kuygan bo‘laklarning me’yordan ortiq 
bo‘lishi bog‘lovchi xossalarni yomonlashtiradi.CHala kuygan ohak bo‘laklar bog‘lovchilik 
xususiyatiga ega bo‘lmaydi, o‘ta kuydirilgan ohak esa juda sekin suv ta’sirida gidratlanadi, 
hajmi kengayadi, buyumlarda yoriqlar hosil bo‘ladi. 
Ohaktosh, odatda, shaxtali xumdonda kuydiriladi. 
Mayda bo‘lakli ohaktoshlar aylanma xumdonda kuydirilishi mumkin.Ohaktoshni kuydirish 
uchun ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilar ishlatiladi.Ko‘mir yoqilganda ohakka kul
aralashishi mumkin, gaz yoqilganda esa bog‘lovchi toza holda hosil bo‘ladi.Bundan tashqari, gaz 
bilan ishlaydigan xumdonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish mumkin. 
Ohaktosh kuydirilganda so‘ndirilmagan g‘ovak bo‘lak holdagi yarim maxsulot hosil 
bo‘ladi. YArim maxsulot istemolchiga moslashtirish uchun maydalanadi yoki so‘ndiriladi. 
Ohakni so‘ndirish. Havoi ohakni so‘ndirish uchun suv bilan aralashtiriladi: 
CaO+H
2
O=Ca(ON)
2
Ohak so‘ndirilganda 950 kJ/kg miqdorda issiqlik ajrab chiqadi. Ohakni so‘ndirish jarayoni o‘ta 
shiddatli kechadi, ohak donachalari kukun xolga keladi.So‘ndirilgan ohakning o‘ta kukun 
bo‘lishi, uning yuqori darajada suv ishlab xususiyatini va plastikligini ta’minlaydi. So‘ndirishda 
qo‘shilgan suv miqdoriga nisbatan gidrat ohagi (pushonka), ohak qorishmasi va ohak suti hosil 
bo‘ladi. 
Gidrat ohak (kipelka) 60 -70 % suv aralashtirilganda xosil bo‘ladi.Bunda ohak hajmi 200- 
300 % ortadi. Hosil bo‘lgan gidrat ohak Ca(ON)
2
ning juda mayda zarrachalaridan iborat oq 
rangli kukundir. Uning erkin g‘olatdagi o‘rtacha zichligi 400- 450 kg/m
3
, zichlangan holatdagi 
o‘rtacha zichligi esa 500-700 kg/m
3

Gidrat ohagi to‘xtovsiz ishlaydigan gidratlarda so‘ndiriladi, bunda hosil bo‘lgan katta issiqlik va 
suv bug‘i bo‘lak holatdagi ohakning kukun ohakka aylanishiga olib keladi. 
Ohak qorishmasi ohak kirelkaga massasiga nisbatan 200- 300 % suv qo‘shilib 
tayyorlanadi. Bunda so‘ndirilgan ohakning massasi 2-2,5 marta ortadi va maxsulot hajmi 
ko‘payadi. Ohak klinkeriga massasiga ko‘ra suv miqdori 300 % dan ko‘proq qo‘shilsa, ohak 
suti hosil bo‘ladi. 


27 
Ohak qorishmasi to‘la mexanizatsiyalashgan maxsus qorishmalartayyorlaydigan sexlarda 
ohak so‘ndiruvchi mashinalarda bo‘lak holatdagi ohak so‘ndirib olinadi. Bu usulda ohak 
so‘ndirilganda ohak qorishmasining sifati yuqori bo‘ladi va so‘ndirish jarayoni tezlashadi. 
Kichik qurilish maydonlarida bo‘lak – bo‘lak ohak maxsus xandaqlarda suv bilan 
agalashtirilgan holda kamida ikki hafta davomida so‘ndiriladi. Bu usulda ohak so‘ndirilganda 
so‘nmagan zarrachalar miqdori me’yoridan oshmasligi shart. 

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin