A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

 
Takrorlash uchun savollar: 
1.
 
Portlandsement ishlab chiqarish usullari haqida nimalarni bilasiz? 
2. Klinkerning mineralogik tarkibi haqida nimalarni bilasiz? 
3. Sement klinkerini pishirish haqida nimalarni bilasiz? 
4.Ho‘l usulda klinker ishlab chiqarish haqida nimalarni bilasiz? 
 
Ma’ruza. № VI/4 
Mavzu: Quruq usulda klinkerni pishirish texnologiyasi. 
Reja: 
1.Quriq usulda klinker pishirish. 
2.Klinkerlarni saqlash. 
3.Klinkerning o‘lchamlari. 
Tayanch so‘z va iboralar
: klinker,sement,bog‘lovchi. 
 
SHlam xo‘l yoki quruq usulda tayyorlangan bo‘lishidan qat’iy nazar, aylanma pechlarda 
kuydiriladi. Hozirgi aylanma pechlar ro‘lat taxtalardan yasalgan barabandan iborat. Metalni 
yuqori xarorat ta’siridan saqlash va issiqlik kam isrof bo‘lishi uchun rechning ichiga o‘tga 
chidamli materiallar qoplanadi (futerovka qilinadi). Bu o‘ta chidamli materiallar ishlash 
sharoitiga qarab tanlanadi.Qoplama sifatida A va V klassdagi shamot g‘isht, gil – tuproq va 
magnezal o‘tga chidamli g‘isht ishlatiladi.Qoplama sifatida ancha arzon, o‘tga chidamli beton 
ishlatish tajribasi ham bor. Ammo bu material hozircha faqat tajriba sifatida ishlatilmoqda. 
Hozirgi kunda O‘zbekiston zavodlarida klinkerning asosiy qismi 3x100, 4x150, 4,5x 
170, 5x60 va 7x 90 m o‘lchamli pechlarda ishlab chiqarilmoqda. Ularning bir sutkalik ish 
unumi 400, 800, 1200, hatto 1800 va 3000 tonnagacha bo‘linadi. Solishtirma issiqlik sarfi 5000- 
6700 kj/kg; har bir pech uchun solishtirma elektr energiyasi sarfi 25-26 kVt. Soat/tonna klinkerni 
tashkil qiladi. 
Pech uch xil tezlikda, yani bir daqiqada 0,5; 0,75 va 1 marta aylanishi mumkin. 
Tezlikni elektr yurituvchining aylanishlar sonini ko‘paytirish yo kamaytirish bilan o‘zgartirish 
mumkin. Pech 4
0
gradus qiyalikda o‘rnatiladi. U qiya o‘rnatilgani uchun aylanganida material 
baraban ichida pastga surilib tushadi. Pechning ko‘tarilgan qismi chang ushlagich kamerasiga 
kirib turadi. Tashqaridan havo kirmasligi uchun chang kamerasi bilan baraban orqasidagi tirqish 


47 
maxsus tuzilmalar bilan zichlanadi. SHlam cho‘michli ta’minlagich yordamida bachokdan quvir 
orqali pechga oqib keladi. 
Qarama- qarshi tamondan pechga ko‘mir changi, chang- havo yoki gaz- havo aralashmasi 
bosim ostida purkalanadi. Ko‘mir yoki gaz qizib turgan bo‘shliqqa tushib, pech boshidan 
taxminan 10 m masofada yonib ketadi. Hosil bo‘lgan qizib ketgan tutun gazlarini pech oxiriga 
o‘rnatilgan ventiliyator barabani bilan surib tashlanadi. Kuydirilgan material tutun gazlariga 
qarshi tamonga harakat qiladi.Qizib ketgan gazlar yaxshi qizimagan material bilan uchrashib, 
unga o‘z issiqligini beradi va soviy boshlaydi. Natijada tashqi xavo haroratidagi suyuq shlam 
asta- sekin erib, qovishib, pishish issiqligi (1450
0
C) gacha qiziydi. Qisman erib qovishib 
rishayotgan klinker, ayniqsa pechning aylanma harakati tufayli hosil bo‘lgan klinkerning 
dumaloq donalari borgan sari zichlashib, yuqori qattiqlikka ega bo‘la boshlaydi. So‘ngra shu 
usulda hosil bo‘lgan klinkerning dumaloq donalari pech oxiridagi sovuq havo oqimiga duch 
kelib, unda o‘z issig‘ini beradi va qotib qoladi. Isigan havo keyin yoqilg‘ining yonish zonasiga 
keladi, deyarli 1000- 1100 
0
C gacha sovigan klinker esa pech barabanidagi teshikdan zanjirli 
rekuperatorning yoki panjarali sovitgichlarga to‘kilib tushadi. Bu erda klinker 50-100 
0
C gacha 
sovitilib, so‘ngra omborga jo‘natiladi. Sovitgichlar bir necha xilda bo‘lishi mumkin: jumladan, 
barabanli sovitgich, rekureratorli sovitgich, skrebkali va panjarali sovitgichlar.Xozirgi 
pechlarga rekureratorli yoki panjarali sovitgichlar o‘rnatilmoqda. Klinker iqlim sharoitiga qarab 
ochiq va yopiq omborlarda saqlanadi. So‘ngi yillarda klinkerni saqlash uchun siloslash ham 
ishlatilmoqda. Ularning sig‘imi 3-5 sutkada ishlab chiqarilgan klinker hajmiga teng. 
Klinker pech sovitgichidan kurakli transportiyorlar yoki vagonetkalar orqali omborlarga 
jo‘natiladi. Klinker omborlarining hajmi ancha katta bo‘lib, ularga 30 t va undan ortiq klinker 
ketadi. Bunday omborlar asosan klinkerni etiltirish uchun kerak. Omborlarda saqlash davomida 
klinkerdagi erkin ohak havo nami ta’sirida so‘nadi. SHu bilan klinker tarkibiy tuzilishi jihatidan 
kovak bo‘lib qoladi va shuning uchun osongina tuyuladi.Ayrim vaqtlarda klinkerga suv ham 
sepib turiladi. 

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin