Abdulla Qahhor hayoti va ijodi (1907-1968)



Yüklə 25,06 Kb.
səhifə10/11
tarix14.12.2023
ölçüsü25,06 Kb.
#177639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Abdulla Qahhor hikoyalari

O’quvchilar bu topshiriqni quyidagicha bajarishadi: 1. Asar Sotiboldining bemor xotini haqida bo’lganligi uchun “Bemor” deb nomlangan. 2. Sotiboldining xotinini davolash uchun malakali shifokor kerak. Shifokorga olib borish uchun pul kerak. Sotiboldiga o’xshagan oddiy insonlarda o’z ehtiyojiga yetgulik pul bo’lishi uchun esa jamiyat taraqqiy etgan bo’lishi kerak. Jamiyatni taraqqiy qildirish uchun esa ilm-fan kerakdir! 3. Sotiboldi yashagan davr kishilarining barchasi bemor. Ya`ni ma`naviy bemor. Tabib ham, baxshi ham, Abdug’aniboy va Sotiboldi ham-butun jamiyat bemor. Shu sababli hikoya “Bemor” deb nomlangan. “KZIX” (Kuchli jihatlar, zaif tomonlar, imkoniyatlar, xavf-xatar) metodi “Bemor” hikoyasini o’rganishda, timsollarga – Sotiboldi timsoliga tavsif berishda “KZIX” metodidan foydalanilsa, yaxshi samara beradi. O‘quvchilar to’rtta guruhga ajratiladi, har bir guruh tavsifga olinayotgan subyektning bir tomoni haqida ma’lumot beradi (boshqa guruhlarga qo’shimcha qilish imkonini berish mumkin). “Bemor” hikoyasidagi Sotiboldi timsoliga tavsif berish uchun qo’llangan “KZIX” metodi quyidagicha bajarilishi kutiladi: K (kuchli jihatlari) – Sotiboldi bilagida kuchi bor, 25-35 yoshlar chamasidagi (agar uning bitta qiz farzandi borligi inobatga olinsa) kishi. Z (zaif tomonlari) – kambag’al, qo’lida arzigulik kasbi yo’q. Nochorlikdan, kambag’allikdan chiqishning aniq yo’llarini bilmaydi: sodda, ishonuvchan. I (imkoniyatlar) – xalqimizda izlagan imkoniyat topadi, o’limdan boshqasining chorasi bor kabi hikmatli so’zlar yuradi. Sotiboldi o’z xo’jayini Abdug’aniboyni insofga chaqirishi, undan moddiy yordam olishi yoki atrofidagi odamlardan ko’mak so’rashi mumkin edi-ku. Sotiboldining birorta ham do’sti yo’qmikan?! X (xavf-xatar) – yosh qizchasining onasiz qolishi, oilada ayol – ona bo’lmasligi; bemorni tuzatish uchun olingan qarz oila kelajagini ham barbod qilishi, chunki qarz yangi qarzlarning tug’ilishiga sabab bo’lishi... “O’g’ri” hikoyasini o’rganish “Besh bo’lakli matn”, “Maqol yoki ibora” “Bu kimning nutqi?”, “Mening fikrimcha…” metodlaridan foydalanilsa o’quvchi o’zi uchun yangiliklar kashf qiladi. “Besh bo’lakli matn” usuliga tayangan holda guruhlarga “O’g’ri” hikoyasi matni besh qismga ajratib beriladi. O’quvchilar matn bilan tanishadilar va uning mazmunini bir-birlariga yetkazadilar. Bunday usul qisqa vaqt ichida hikoya matni bilan tanishish imkoniyatini beradi.O’qituvchi hikoya matnini guruhlarga taqsimlaydi va har guruhdan matnni ifodali o’qish, mazmunini so’zlab berish, matndagi eskirgan va tarixiy so’zlarning ma’nosini izohlash kabi vazifalarni topshiradi. “Chalkashtirish” metodi. Bunda hikoyadagi barcha ibora va maqollar aralash holda yoziladi. O’quvchilar esa ularni bir biridan farqlaydilar va mazmunini izohlaydilar. Bunda o’qituvchi o’quvchilarni nafaqat adabiyot fanidan balki ona tilidan ham bilimini tekshirgan bo’ladi, ya’ni fanlararo integratsiyani amalga oshiradi. Otning o’limi itning bayrami; Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho’kizi yo’qolmasin; Qozonni suvga tashlab qo’yish kerak bo’ladi; Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi; Quruq qoshiq og’iz yirtadi; Tepa sochi tikka bo’ldi; Fuqaroning arzga borishi arbobning izzati bo’ladi; Begim deguncha kishining beli sinar ekan; O’ynashmagil arbob bilan — seni urar har bob bilan; Peshonam sho’r bo’lmasa.


Yüklə 25,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin