Abdulla Qahhor hayoti va ijodi (1907-1968)



Yüklə 25,06 Kb.
səhifə9/11
tarix14.12.2023
ölçüsü25,06 Kb.
#177639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Abdulla Qahhor hikoyalari

Bu odamning fojiasi shundaki, aybini tan olgisi kelmaydi, o'zini har bop bilan bilimdon qilib ko'rsatishga urinadi, aravani quruq olib qochadi: uning xayolida, tilida bir-biriga qovushmagan nomlar, har xil atamalar, ilmiy tushunchalar...

Uning fikrlash yo'sini gap-so'zlarida aniqlik, izchillik yo'q, duch kelgan tomonga o'tib ketaveradi. Yozuvchi hikoyani yakunlar ekan, savol beruvchi talaba qizning ,,g'uvillab turgan boshida shundan boshqa hech narsa yo'q edi", deb yozadi: ,,praktikum, minimum, maksimum, Deterding, Stending, Shelling, Mering, Demping..."

Shu tariqa ko'z oldingizda nodon, notayin odamning nihoyatda aniq hajviy qiyofasi, ichki dunyosi, qolaversa ma'nisiz fojiali hayoti namoyon bo'ladi.

Xullas, odamlar turmushidan olingan epizodlarda, lavhalarda ular hayotiga, qismatiga daxldor fojiiy mohiyatni ko'rish, teran his etish, personajlar xarakteri va qismatini ularning ruhiyati ifodasi orqali yorqin badiiy detallar vositasida gavdalantirish Qahhor hikoyanavislik san'atining eng muhim jihatlaridir.

ABDULLA QAHHOR HIKOYALARINI O’RGANISHDA INNOVATSION METODLAR

Bugungi kunda yosh avlodni tarbiyalashda, ularga bilim berishda dunyo tan olgan ilmiy-innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi. Shuni inobatga olib biz pedagog-o’qituvchilar oldimizda juda katta mas’uliyat turibdi. Ushbu natijaga erishishda o’zbek adabiyotshunoslarining ilmiy meroslarini o’quvchilarga innovatsion metodlar orqali yetkazish maqsadga muvofiq. Bu usul orqali o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga o’z hissamizni qo’shgan bo’lamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti “Barchamizning kamol topishimizda o’zbek shoir va adiblarimizning – Olloh ularni rahmat qilsin– ulug’ xizmatlari borligini doimo minnatdorlik bilan eslaymiz” – deb ta’kidlagan edi. Ana shu jihatdan Abdulla Qahhor ijodini o’rganish, tahlil qilish va yoshlarga yetkazish sharafli vazifadir. Ma’lumki , 6 va 7- sinf adabiyot darsliklarida Abdulla Qahhorning “Bemor” va “O’g’ri” hikoyalari berilgan. Adabiy ta’limda yosh psixologiyasiga ko’ra 6 va 7- sinflarga dars o’tish jarayonida o’qituvchilarga ko’proq o’yin metodlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bu usul o’quvchilar e’tiborini darsga jalb qilishda yordam beradi, albatta. Mening fikrimcha, Abdulla Qahhor hikoyalarini o’rgatishda o’ylantiradigan, muammoli vaziyat hosil qiluvchi va shu bilan birga o’quvchini darsga qiziqtiradigan metodlardan foydalanish samaralidir. Abdulla Qahhor hikoyalari qisqa va ixcham satrlarda ulkan mazmun ifoda etishi bilan ahamiyatlidir. Adibning hikoyalarida ko’tarilgan ijtimoiy muammolar va insoniy tuyg’ular uyg’unligi kitobxonni chuqqurroq o’ylashga va fikrlashga undaydi. Ularni sodda tilda yangicha yondashuv asosida o’quvchiga yetkazib berish esa zamonaviy o’qituvchining asosiy vazifasidir. Adabiy ta’limda “Bemor” hikoyasini o’quvchilarga o’rgatishda “Atamalar izohi”, “Muammoli vaziyat”, “KZIX” metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi.


Yüklə 25,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin