Abdulla Qahhor



Yüklə 349,19 Kb.
səhifə14/35
tarix03.12.2023
ölçüsü349,19 Kb.
#172178
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Abdulla Qahhor. Anor [kitoblar pdf]

1935-vil

ASROR BOBO


Ultarmalik Asrorqul Haydar otaning qadrdon oshnasi bo‘ladi.


Oq poshsho mardikor olgan yili bir kuni kechqurun Haydar ota Usta Mo‘minning do‘koniga chiqsa, bir begona kishi dam bosib o‘tiribdi, surishtirsa, «ultarmalik qochoq», deyishdi. Shundan uch-to‘rt oy burun Ultarmada g‘ulu chiqdi,
«Shahardan soldat kelib ancha odamni haydab ketdi, bularni guberning o‘zi so‘roq qilar emish», degan gap tarqalgan edi. Bu odam o‘sha vaqtda qochib qolganlardan biri – Asror-
qul degan tegirmonchi ekan.
Olomon bir nimaga qasd qilib to‘lishib turganda bir og‘iz gap kifoya qiladi. Asrorqul o‘shanda olomonni yorib chiqib,
«Oq poshshoning devori yiqilgan bo‘lsa, o‘zining yurtidan mardikor olsin, biz bormaymiz», debdi. Shundan keyin olomon xuruj qilib mingboshining uyiga boribdi. Mingboshi qochibdi. Shahardan soldat chiqibdi... Asrorqul o‘shandan beri qish- loqma-qishloq qochib yurar ekan.
Usta Mo‘min yolg‘iz qo‘l bir kosib edi. Asrorqul uning damini bosib, bo‘lak ishlarga qarashib, do‘konida yotib yurdi. Bu odam o‘zi o‘ttiz beshlarga borib qolgan bo‘lsa ham bola-chaqa qilolmagan, otasidan qolgan meros – tegirmonini aylantirib, kunini o‘tkazib yurgan ekan. Keyinchalik Haydar ota ikkovi oshna bo‘lib qoldi. Haydar ota ba’zan kechalari uning oldiga kirib birpas- yarimpas gaplashib o‘tiradigan bo‘ldi. Shunda Asrorqul tegirmoni to‘g‘risida gapirib xafa bo‘laverganidan keyin Haydar ota bir kuni Ultarmaga borib, tegirmondan xabar oldi. Asrorqul qochgandan keyin Ultarmaning amini tegirmonni «poshsholik bo‘ldi» deb o‘ziniki qilib olgan ekan.
Oradan bir necha oy o‘tib, bir kuni Haydar ota shaharga borgan edi «oq poshsho taxtdan tushdi» degan gapni eshitib qoldi. «Undoq bo‘lsa, tezroq borib Asrorquldan suyunchi olay», – deb kelsa, Asrorqul bu xabarni allaqachon eshitib, Ultarmaga jo‘nabdi. Lekin ikki haftadan keyin bo‘shash- ganicha qaytib keldi. Haydar ota «Ha?» desa, «oq poshsho taxtdan tushgani bilan, oq amin aminligidan tushmapti», dedi. Petrogradda, Toshkentda, Qo‘qonda urushlar bo‘lib, «oq aminlar» aminligidan tushgandan keyin ham Asrorqul Ultar-
maga borolmay yurdi, sababki, bu tegirmonidan, qishlog‘idan ko‘ngil uzganidan keyin Haydar ota bosh bo‘lib bir beva xotinga uylantirib qo‘ydi. Asrorqul farzand ko‘rdi. Usta Mo‘- min, rahmatlik, xat bilar edi, kitob ko‘rib, bolaning otini Yodgor qo‘ydi. «O‘z yurtingda qochoq bo‘lib yurgan kun- laringdan yodgor bo‘lsin», dedi.
Shunaqa qilib Asrorqul bir necha yil shu yerda turib, yurt tinchigandan keyin bola-chaqasi bilan Ultarmaga ko‘chib ketdi; tegirmoni buzilib ketgan ekan, tuzatdi; xo‘jalikka shu tegirmoni bilan kirdi.
Ultarma bu yerga xiyla olis bo‘lsa ham, bu ikki oshna bordi-keldi qilib turishar edi. Asrorqulning o‘sha o‘g‘li Yod- gorboy askarlikni bitirib kelganda, Haydar otaning jiyaniga bo‘lishamiz, deb turishgan edi, mana bu urush chiqdi-yu, to‘y keyinga qoldi.
Shu bu yil to‘qqizinchi sanada mana shu Asrorquldan Haydar otaga xat keldi. Xat mujmalroq: Asrorqul undan xafa- mi, nima balo... Bir gap bor! Haydar ota har nima bo‘lsa ham borib ko‘rib kelay, deb yo‘lga chiqdi.
Haydar ota Ultarmaga xuftondan keyin yetdi. Asrorqul samovarda ekan, uni kichik o‘g‘li Abror qarshi oldi. Kampir bechora bemahal bo‘lsa ham qozon osdi. Haydar ota undan Yodgorboyni so‘rab:

  • Xat kelib turibdimi? – degan edi, kampir, o‘zi to‘lib turgan ekan, ko‘z yoshi qildi.

  • O‘rtog‘ingiz boshimga bitgan bir balo bo‘ldi. Yodgordan kelgan xatlarni menga bermaydi, Abrorga ham ko‘rsatmaydi; xat kelmay qo‘ygan bo‘lsa, uni aytmaydi. O‘zining ahvoli bu: qarigan chog‘ida buzilib, samovardan beri kelmaydi – samovarchilik qiladi. Avvallari bu ish hammaga biram erish ko‘rindi, biram g‘alati tuyuldiki, bolam bechora Abror no- muslarga o‘ldi. Bilmagan odam nima deydi? O‘g‘li boqol- mapti, kuni o‘tmapti, deydi-ya! Raisga aytdik, jamoaga o‘zim bordim – bo‘lmadi: «Kim samovarchilik qilishimga to‘sqinlik qiladigan bo‘lsa, mening dushmanim bo‘ladi, tumanga ma’lum qilaman», depti. Xayriyat, shu to‘g‘rida rais bilan san-manga borib uning ustidan tumanga arz qildi-yu, gap nima, so‘z nima ekan hammaga ayon bo‘ldi.

    • Samovarchilikka yarayaptimi, axir?

    • Ha, baloday... Hassasiz yuradi...

Shu paytda Asrorqulning o‘zi kelib qoldi. Haydar ota uni dabdurustdan tanimadi. Uning tetikligi, shaxdam qadam tashlashi yosh bolaga chiqqan soqolday kishining kulgisini qistatar edi; lekin xo‘p ozibdi, qorayib ketibdi, shuni o‘zi ham bilar ekan shekilli, oldini olib:

    • Ozibmanmi, qorayibmanmi? – dedi.

    • Yo‘q, juda joyida... Mayiz bo‘libsan... Xo‘sh, Yodgorboydan xat kelib turibdimi?

    • Har xatida seni so‘raydi... O‘g‘lim, Abror, bitta chilim sol! Asrorqul ilgari chilim chekmas edi. Haydar ota shuni so‘ray deb endi og‘iz rostlagan edi, kampirga ko‘zi tushib qoldi. Kampir o‘choqdan cho‘g‘ olayotgan Abrorning panasiga o‘tib,

«Ayting, xatni ko‘rsatsin», deb ishora qildi. Haydar ota unga sekin bosh irg‘itib:

    • Ha, ishqilib boshi toshdan bo‘lsin. Qani, bironta xatini o‘qiylik, bo‘lmasa, – dedi.

    • Do‘konda, hamma xati samovarda.

Kampir juda to‘lib qolgan ekan, toqat qilolmadi:

    • Birontasini ko‘rsatsangiz o‘lasizmi? Hammaning yuragini qon qildingiz-ku? – dedi.

    • Yaxshi xat yozsa ham yig‘laysan, yomon xat yozsa ham yig‘laysan, nima qilaman ko‘rsatib?

    • Yig‘lasam, ko‘z yoshini sizdan qarz olmayman. Kampir yig‘lab yuborgan edi, Asrorqulning achchig‘i keldi.

    • Tag‘in!.. Ammo-lekin, xo‘p kaltakbop xotin bo‘libsan- da! Burungi zamon bo‘lsa, bironta qovurg‘angni butun qo‘y- mas edim!..

    • Mana, uring, sindiring qovurg‘amni! Qo‘rqmay qo‘ya qoling, arz qilmayman.

    • Arz qilishingdan qo‘rqmayman, xotin urgani nomus qilaman!

Asrorqul chilimni shunday qattiq tortdiki, sarxonadan alanga ko‘tarildi; avzoyidan hozir kampirni xafa qiladigan ko‘rinib qoldi. Haydar ota sal bosarmikinman deb:

    • Qo‘y endi, ozor berma, ko‘ngli yarimta, – degan edi, Asrorqul qayta avj oldi:

  • Ko‘ngli yarimta bo‘lsa, miyasi ham yarimtami? Uyingni o‘g‘ri bossa, o‘g‘lingni sandiqqa solib qo‘yib, qo‘shnini chaqirmaysan. Hammaning ham farzandi o‘ziga aziz.

  • Aziz ekanligini bilsangiz bo‘pti-da! Bolamni sog‘inaman, sog‘inganimdan keyin yig‘layman...– dedi kampir kuyunib.

  • Mayli, yig‘la, yig‘i gohida xafalikni yozadi, lekin hamma qatori yig‘lagin-da.

  • Hamma qanaqa yig‘lar ekan?

  • Hamma qo‘li bo‘shaganda yig‘laydi, sen yig‘idan bo‘shamaysan. Na o‘zingga qaraysan, na uyga. Chirog‘ning shishasini qara!.. Qishloqda hech kimning uyida pashsha yo‘q, biznikida kechasi ham burun talashadi.

  • Yuragimga sig‘maydi, sig‘maydi yuragimga hech narsa!

  • Barakalla!.. Yodgorboyga shunaqa mehribonman degin? Beri kel, o‘tir. Ma, bir piyola choy ich, ko‘z yoshi bo‘ladi... Shunaqa mehribonman degin? Abror, o‘g‘lim, ana u behining kallagiga gazeta qistirib qo‘ygan edim, shuni olib kel. Bara- kallo...Xo‘sh, shunaqa mehribon bo‘lsang, mana bunga quloq sol: «...Shu vaqt ichida, ya’ni ikki yillik urushda Itfoqning ko‘rgan talofati 35 ming zambarak, 30 ming tank, 23 ming samolyotdan iborat». Tushundingmi? Boshqasini qo‘y, nobud bo‘lgan zambarak shuncha bo‘lsa, hammasi qancha ekan? Shuncha zambarak bir kunda qancha o‘q chiqaradi deb o‘ylaysan? Shuncha o‘qni kim yetkazib berib turadi? O‘sha Yodgorboyga o‘xshagan askar bolalarning ota-onalari, aka-ukalari, opa- singillari, xotinlarimi? Yodgorboyga o‘xshagan askar bolalarning ustiga dushman 100–200 samolyotni birdan yuboradi. Dushman samolyotlarini daf qiladigan ko‘p va zo‘r samolyotlarni kim yasab berib turadi? Yana o‘sha ota-onalar, aka-ukalarmi? Shularni ham mehri muhabbati bordir. Shular ham sog‘inishar deyman? Yo senchalik sog‘inishmasmikin? Senchalik sog‘inishadi, lekin senga o‘xshab sog‘inishmaydi! Bularning yuragiga hamma narsa sig‘adi! Durust, sen samolyot yasolmaysan, ketmon chopolmaysan... lekin qilaman desang, qo‘lingdan ish keladi. Sening ko‘kragingda o‘t bor, soch shu o‘tni, ho‘l-u quruq baravar yonsin. Bizni hamma narsadan benasib qilmoqchi bo‘lgan Gitler hozir ham ancha narsadan mahrum qildi. Qani ilgarigi qishloq? Hozirgacha ham yonmagan yurak bo‘lsa mana shuni eslatishing bilan alanga oladi. Alanga oldir, yondir! Shunda farzand dog‘iga qolgan gitlerchilar ko‘payadi, yaxshi bo‘ladi...

Asrorqulning tovushi o‘zgardi. U irg‘ib o‘rnidan turdi-yu, chilimni ko‘tarib o‘choq boshiga qarab ketdi. Haydar ota bildiki, uning o‘pkasi to‘ldi. Buni kampir ham payqadimikin, deb sekin razm solsa, payqabdi; payqabdi-yu, aftidan, ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushibdi. Haydar ota buni uning «qilt» etib yutunganidan bildi. Bu orada Asrorqul chilimni chekib bo‘lib, kampirni chaqirdi.

    • Qani, kel endi, oshingni suz! – dedi. Keyin tegishdi,– o‘zim suzib bera qolaymi? O‘tirishingdan oshni og‘zingga solib, jag‘ingni qimirlatib qo‘ymasam, chaynamaydiganga o‘xshaysan...

Kampir yalt etib Haydar otaga qaradi, shu qarashi bilan
«hazillashayotibdi, xayriyat» deganday bo‘ldi.
Asrorqul kelib o‘tirdi. Uning chakka tomirlari chiqqan, nafas olishi bejo edi.

    • Ha? – dedi Haydar ota.

    • Hech... chilim eltgandir.

Haydar ota ichida «himm...» dedi-yu, bo‘lak gap so‘ra- madi. Shundan keyin kampirning «Yodgorboydan kelgan xatlarni bizga ko‘rsatmaydi», deganiga o‘zicha ma’no berdi.
Osh ustida gapni yana Asrorqulning o‘zi boshladi:

    • Urushdan yarador bo‘lib kelgan Sodiqjon degan yigit o‘tgan juma kuni samovarga kelib, urushda ko‘rganlaridan ancha gapirib berdi.

Kampir urushdan kelgan kishining daragini eshitib, betoqat bo‘lib qoldi...

    • Nima deydi Sodiqjon?

    • Olaver, olaver, aytib beraman! Choydan quy... Shu Sodiqjon bir yigitning qanday o‘lganini aytib berdi. Qattiq bir jangdan keyin bular o‘n to‘rt kishi nima bo‘lib boshqa- lardan ajralib qolishibdi; ikki kecha-yu ikki kunduz o‘rmonma- o‘rmon yo‘l yurib, kichkina bir qo‘rg‘onchaga duch kelishibdi. Bu qo‘rg‘onchada nemislar bormi, o‘zimiznikilar bormi – bilib bo‘lmabdi. «Shuning uchun, – deydi Sodiqjon, – biz, ikki kishi, oldin borib bilib keladigan bo‘ldik. Menga Og‘abekov degan yosh, nihoyatda chiroyli bir armani yigit hamroh bo‘ldi». Bu yigit yo‘lda Sodiqjonga xotinidan kelgan xatni, xotini bilan bolasining suratini ko‘rsatibdi, hasrat qilibdi.

«Ekin oralab borayotgan edik,– deydi Sodiqjon,– katta yo‘lga
chiqib shunday qarasak, yo‘lning chetida ag‘anab yotgan bir avtomobilning yonida uchta nemis o‘tiribdi. Darrov yotib oldik». Sodiqjon avtomatini to‘g‘rilab, tepkisini bosay degan- da, haligi yigit qo‘lini mahkam ushlabdi: «Shoshma,– der emish,– xat o‘qiyotibdi. Xotinidan kelgandir, bolasidan kel- gandir...» «Men, – deydi Sodiqjon,– uning gapiga quloq solmasdan tepkini bosdim, lekin sal hayallabman: uchchala nemis yiqilgandan keyin yonimga qarasam, Og‘abekov qip- qizil qonga belanlib yotibdi». Sodiqjon ko‘tarib qarasa, hali joni chiqmagan ekan, ko‘zini ochibdi.
U yigitning bekorga nobud bo‘lgani kampirga xo‘p alam qildi. U avval nemisni qarg‘adi, keyin yigitdan koyindi:

  • Axir, seni bola-chaqangdan ayirgan-ku shu qurib ketgurlar edi, uni otaman degan kishining nega qo‘lini tutasan! Xat o‘qiyotibdi emish-a! Bola-chaqasi bilan qo‘shmozor bo‘lmaydimi!.. O‘ziga-o‘zi qilibdi-da.

  • Ha, Sodiqjon ham shuni aytmoqchi bo‘lgan ekan-u, aytmabdi. Yigit sho‘rlik jon berayotganida o‘zi iqror bo‘libdi:

«Bola-chaqangni yaxshi ko‘rsang, bola-chaqang to‘g‘risida o‘ylama», debdi. «Shu gap,– deydi Sodiqjon,– keyinchalik jangchilar orasida maqol bo‘lib ketdi»... Shunaqa, ko‘ngilni o‘z ixtiyoriga qo‘yib berish urushda, urushdagina emas, shu yerda ham kishini g‘aflatga soladi. Aql, fahm-farosat bilan ko‘ngilni yo‘lga solib turish kerak. Aql-u ko‘nglini yo‘lga sololmaydigan kishi buzoq ma’rasa ham uh tortaveradi, sababki, buzoqning ma’ragani – yig‘lagani bo‘ladi... Abror, qo‘lga suv ol, o‘g‘lim!
Kampir joy solayotib Haydar otaga yana «ayting, xatni bersin», deb imladi. Haydar ota ham unga imo bilan «Samo- varda ekan, ertaga o‘zim olib kelaman», dedi.
Asrorqul erta bilan barvaqt turib ketdi. Haydar otani
«Tushga yaqin tegirmon boshiga chiqib borsin», deb kampirga tayinlabdi.
Tegirmon Sho‘xsoyning bo‘yida edi. Haydar ota shu baho- na bilan u yoq-bu yoqni ham ko‘ray deb, aylanishroq bo‘lsa ham bozor boshidan yurdi.
Urush boshlangan yili bahorda ikki oshna mana shu bozor boshidagi maktabda o‘qishgan edi. Hordiq kunlari shahardan chiqadigan avtomobil shu yerda kino qo‘yib berar edi. Haydar
ota qarasa, shu yalanglikka yantoq bosib qo‘yishibdi. «Ha, hozir kartina qoldimi, – dedi Haydar ota o‘zicha, – biz o‘qigan yillari o‘yin-kulgi qilib qishloqni boshiga ko‘targan yoshlar qayerda?»
Haydar ota shu o‘y bilan tegirmon boshiga yetganini ham bilmay qoldi. Soy bo‘yida behisob daraxtlar orasiga ko‘milgan tegirmon guvillar edi.
Asrorqul samovarni juda bahavo joyga qilgan edi. Ikki tom bo‘y pastda Sho‘xsoy shovillaydi. Tegirmonni ko‘mib yotgan daraxtzor pastda xuddi samovarning sahnidagi gulzorga o‘xshar edi. Tepalikdagi chinor, ikki tup sadaqayrag‘och to‘rt- besh kishilik talay supalarga soya solib turardi. Supalarning oralariga, atrofiga anvoyi gullar ekilgan.
Haydar ota bir tup sadarayhonga qo‘l urib iskadi, so‘ngra shoxidan sindirayotgan edi, kimdir «hay, hay!» dedi. Haydar ota orqasiga qaradi. Shiyponda Asrorqul kulib turar edi.

    • Ammo-lekin, Asrorqul, baraka top! – dedi Haydar ota rayhonni chakkasiga taqib. – Umringda samovarning jo‘mragini ushlamagan bo‘lsang ham, ko‘p to‘qim tabiat samovarchilarga ibrat bo‘ladigan ish qilibsan. Lekin choyxo‘r yo‘q-ku?

    • Choyxo‘r kechqurun keladi... Kel, o‘tir.

    • Sen kampirga tayinlaganing uchun kelganim yo‘q, o‘zimcha keldim. Sendan ikki narsani so‘ramoqchi bo‘ldim. Bittasi shuki, nega birdan samovarchilikni ixtiyor qilib, shu tufayli raislar bilan urishding, demoqchi edim, endi mana bu samovaringni ko‘rganimdan keyin, samovarga muncha ishqing tushib qoldi, desam to‘g‘ri keladi.

    • Samovar senga yoqdimi, axir!

    • Yoqdi!

Asrorqul soyning narigi yuzida otliq kelayotgan bir bolaga qarab qo‘l silkidi. Bola ham qo‘li bilan «yo‘q» deb ishora qildi. Haydar ota Asrorqulning tajang bo‘lganini payqab:

    • Qanaqa bola u? – dedi.

    • Shogirdim. Beshserkaga yuborgan edim. Beshserkalik Abdumajid degan yigit urushdan yarador bo‘lib kelgan. Shu yigitni yaqin o‘n besh kundan beri olib kelolmayman. Ikki martaba odam yuborganimda xotini unamabdi, hali darmonga kirgani yo‘q, uzlukadi, debdi. Uylanganiga yigirma olti kun bo‘lganda askarlikka ketib qolgan ekan... Bilmadim, bugun nima vaj qildi ekan.

Haydar ota tushunolmay:

  • Nima qilarding uni, biron gaping bormidi? – deb so‘radi.

  • Yo‘q, uning menga, mening choyxo‘rlarimga gapi bor... Rahmatlik Usta Mo‘minga kechalari jangnoma o‘qitib eshitganlarimiz esingda bormi? O‘sha hazilakam urushlar to‘g‘risida lof-qof urilib yozilgan jangnomaga shuncha qiziqar edik. Mana bu, butun yer yuzini titratayotgan urush to‘g‘risi- dagi jangnoma qiziq emasmi? Urushga borib kelgan mana shunday yigitlarning har qaysisi bir jangnoma. Shuning uchun tumanimizning qayeriga urushdan birov kelsa darrov darak topaman, oldirib kelaman.

Bu orada haligi bola ko‘prikdan o‘tib otni soy bo‘yiga bog‘ladi va o‘zi yuqoriga chiqib keldi. U, Haydar ota bilan so‘rashdi, so‘ngra Asrorqulga xat berdi. Asrorqul xatni tovush chiqarib o‘qidi:

«Hurmatli Asrorqul ota!


Kecha o‘zim bormoqchi edim, shahardan mehmonlar kelib qolishdi. Biz bugun Qorashaharga bormoqchimiz. Ertaga kechqurun mehmonlar bilan birlikda xizmatingizda bo‘lamiz.
O‘g‘lingiz Abdumajid».

Asrorqul xatni o‘qib bo‘g‘ildi.



  • Mehmonlari bilan kelaversa bo‘lmas ekanmi? Bu bola meni ertaga ham aldaydi. Qorashaharda nima qilar ekan? Endi o‘zim bormasam bo‘lmaydi! Siz, o‘g‘lim, gazet-pazetin- gizni ko‘rib, kechqurunning g‘amini yeng. Haydar, birga borib kelamizmi, otliq bir yarim soatlik yo‘l.

Haydar ota ko‘nmagandan keyin Asrorqul otlanib jo‘nadi. U, ko‘prikdan o‘tib, katta yo‘lga chiqqanidan so‘ng otga qamchi berdi va hayal o‘tmay jilg‘aga kirib ko‘zdan yo‘qoldi. Haydar ota uning ketida qolib asta-sekin yelib yurgan sarg‘im- tir changga qaraganicha xomush qolgan edi, bola:

  • Asli borsangiz bo‘lar edi, ota, Beshserka ham yaxshi joy,– dedi.

  • Siz beshserkalikmi?

  • Yo‘q. Shu yerlik, ultarmalik.

  • Ota-onangiz bormi?

    • Bor. Otam Eronda, komandir.

    • O‘qiysizmi?

    • Urushdan keyin Moskvaga borib agronomlikka o‘qiy- man. Hozir otaga qarashib turibman: choyxo‘rlarga gazeta, kitob o‘qib beraman. Siz otaning o‘rtoqlari Haydar otasiz- da? Sizning to‘g‘ringizda ota bir gapirib bergan edilar, maj- lisda.

Haydar ota xijolat bo‘ldi: Asrorqul uning to‘g‘risida nima deb gapirishi mumkin? Buni boladan so‘ragani o‘ng‘aysizlanib:

    • Asrorqul majlisda gapira oladimi? – dedi.

    • E-ha!.. – dedi bola.– Bultur rais yengil ishlarga yaray- digan qariyalarni ro‘yxat qilganida otani yozmagan ekan, ota ro‘yxatga kirmay qolgan chollarni yig‘ib majlis qildi. Ota majlisda birinchi so‘zga chiqishi ekan. Gapni nimadan bosh- ladi deng: «Hozirgi vaqtda anchayin bir traktorning g‘ildiragi tomorqada zang bosib yotsa ham odamning g‘ashi keladi. Rais hech ishga yaramaysan desa, yaramas ekanman deb, kurk tovuqqa o‘xshab yuraverasanmi hammang?» Shu majlis- dayoq haligi chollar frontcha ishlaydigan yoshlar brigadalariga birikib oldi. Otaning o‘zi samovarni jo‘nashtirib yuborganidan keyin ko‘p ish qildi. Ilg‘or brigadalarning tuman yig‘inida hokimning kotibi otaga katta baho berdi: «Asrorqul ota tuma- nimizda eng zo‘r tashviqotchi... Ota shu yerda turib Berlinga o‘t qo‘yayotibdi», – dedi.

Shu paytda Asrorqulning kichik o‘g‘li Abror kelib otasini so‘radi va uyga mehmonlar kelganidan xabar berdi. Uning aytishiga qaraganda, kelgan mehmonlar o‘sha Abdumajid va shahardan chiqqan kishilarga o‘xshar edi. Haydar ota asta tushib bordi. Yo‘lakda kampirga yo‘liqdi. Kampir imo bilan Asrorqulni so‘radi. Uning harakati Haydar otaga g‘alati tuyulib, yuziga tikildi. Kampirning rangi oqargan, ko‘z atrofi qizargan, lablari pirpirab uchar edi. Haydar ota to‘xtadi.

    • Asrorqul Beshserkaga ketgan edi. Ha, nima bo‘ldi?

Kampir doka ro‘molining uchini labiga bosib, yerga qaradi va sekin:

    • Abdumajidlar keldi,– dedi.

    • Nima gap?

    • O‘rtog‘ingizga aytmang...

    • Nimani?

Kampir tovush chiqarmay kuyinib yig‘ladi. Haydar ota undan javob ololmasligiga ko‘zi yetib, shoshganicha ichkariga kirdi. Supada o‘tirgan uch mehmon turib, xuddi bu yerda og‘ir kasal yotganday, Haydar ota bilan pichirlashib so‘rashdi. Haydar otaning diqqati harbiy kiyim kiygan yosh yigitga jalb bo‘ldi. U haddan tashqari qizargan, o‘zini qayerga
qo‘yishni bilmayotganga o‘xshar edi.

  • Abdumajid siz bo‘lasizmi, o‘g‘lim?– dedi Haydar ota.– Siz ertaga boramiz, deb xat qilgan ekansiz, Asrorqul siz bilan gaplashgani o‘zi ketgan edi.

  • Shundoqmi? Ovora bo‘libdilar-da. Qorashaharga ketayotgan edik, mehmonlar otani ko‘rib o‘taylik deyishdi.

Haydar ota ariq bo‘yida yuzini yuvayotgan kampirga qaragan edi, Abdumajid yana ham qizarib Haydar otaga sekin:

  • Juda katta befahmlik qildim-da,– dedi.

  • Nima gap?

  • Yodgorboyning... nobud bo‘lganidan bular bexabar ekan, to‘g‘ri kelib kampirdan ko‘ngil so‘rabman...

Haydar otaning yuragi orziqib, tiligacha muzlab ketdi.
U nima deyishini bilmasdan, anchadan keyin:

  • Shu aniq gapmi?– dedi.

Abdumajid uning savoliga javob berish o‘rniga:

  • Endi bo‘lar ish bo‘ldi, Asrorqul otaga aytmang. Kam- pirning ham xohishi shu. Ota qarib qolgan, ko‘tarolmaydi, – dedi.

Kampir kelib supaning labiga o‘tirdi. Jimlik cho‘kdi.
Anchadan keyin kampir gap boshladi:

  • Asrorqul otangizga qancha ozor berdim... Xat kelmay qo‘ygani uchun shunaqa qilib yurgan ekan.

Mehmonlar garchi bunday vaqtda kishiga hech qanday so‘z tasalli bera olmasligini bilishsa ham, kampirga tasalli bergan bo‘lib qo‘zg‘alishdi. Abdumajid yo‘lakay otaning samovarini ko‘rib o‘tish to‘g‘risida shaharlik mehmonlarning xohishini so‘ragan edi, ular mamnuniyat bilan qabul qilishdi. Haydar ota ularni samovarga boshlab bordi.
Mehmonlar jo‘nab, oradan sal vaqt o‘tmay Asrorqul keldi. Haydar ota uni ochiq chehra bilan qarshi olishga harchand urinsa ham, Asrorqul ziyraklik qilib:

  • Ha, zerikkanga o‘xshaysan-ku,– dedi.

  • Yo‘q... Mehmon kelgan edi.

    • Yo‘lda ko‘rdim. Ertaga aniq kelishadi. Endi hovliga boraylik.

Haydar ota kampirning iroda kuchiga ishonolmas, shuning uchun hozir Asrorqulning unga ro‘para bo‘lishini istamas edi; yo‘l qildi.

    • Mana shu supaga joy qil, birpas o‘tiraylik... Agar birov menga «qolgan umringni dunyoni sayohat qilib o‘tkazasanmi, yo shu supada o‘tirib o‘tkazasanmi?» desa, hech o‘ylab o‘tirmasdan shu supani bera qol, der edim.

Bu gap Asrorqulga juda yoqdi. U, atrofga suv sepib, supaga joy qildi.

    • Mana, yonboshla! Supaga bunchalik ishqing tushgan bo‘lsa, ovqat bo‘lguncha shu yerda o‘tiramiz... Ha, aytganday, samovarga buncha ishqing tushdi, degan eding, javob bermabman.

    • Endi javob bermasang ham mayliga. Bilaman.

    • Nima uchun ishqim tushganligini bildingmi?

    • Bildim. Bu gulzor ko‘kragingda yongan o‘tdan bino bo‘lgan ekan. Men bekorchi – takasaltangni so‘k! So‘k meni, kurk tovuq degin!

Asrorqul qah-qah urib kuldi.

    • Mendan ikki narsani so‘ramoqchi bo‘lgan eding, ikkinchisi nima edi?

Haydar ota unga «men sendan ikki narsani so‘ramoqchi bo‘lib keldim», deganida Yodgorboydan kelgan xatlarni ko‘z- da tutgan edi, hozir nima deyishini bilmay, shoshib qoldi.

    • Ikkinchisi, endi, o‘zing bilasan... Yodgorboydan xat kelmay turgan bo‘lsa, kampirni shunaqa ovuntirib turganing ham tuzuk... kelib qolar.

Asrorqul uzoqdagi ko‘m-ko‘k adirlarga soya solib turgan oppoq bulut parchalariga qarab jim qoldi; anchadan keyin chilim solib chekdi.

    • Qanchadan beri xat kelmaydi? – dedi Haydar ota.

    • Anchadan beri.

Haydar ota yer ostidan uning yuziga qaradi; nazarida Asrorqul yana ham qoraygan va hozir vujudidan tutun chiqib ketayotganday ko‘rindi.

    • Kelib qolar, do‘stim, har xil xayollarga borma.

Asrorqulning ko‘z atrofi qizarib, yuzida soxta tabassum aks etdi.

  • Nima xayolga borar edim? Yodgorboy ovga borgani yo‘q, urushga borgan!.. Kampirga bildirmasang, rostini aytaman. Kampirga aytma, ko‘tarolmaydi... Qoraxat kelgan! Haydar ota kampirning eshitganligini aytishini ham bilmay, aytmasligini ham bilmay, bir lahza o‘ylanib qolgan edi, Asrorqul:

  • Ha, eshitganmiding?– dedi.

Haydar ota birining bilganligini ikkinchisidan yashirishga qaror berdi, chunki birining qayg‘usi ikkinchisining qayg‘usiga qayg‘u qo‘shuviga ko‘zi yetib qoldi.

  • Qishloqda eshitgan edim, lekin ishonmagan edim. Shu aniqmi?

Asrorqul javob bermay qoshini siladi.

  • Bardosh qil, do‘stim, xafa bo‘lganing bilan, yig‘lagan bilan bo‘lmaydi,– dedi Haydar ota.

  • Men yig‘lamayman! To o‘g‘limning go‘rini quchoqlab, tuprog‘ini yuzimga surtmagunimcha ko‘zimdan yosh chiq- maydi...

Abror ovqatga aytgani keldi. Uni ko‘rib, Asrorqulning chehrasi darrov o‘zgardi va uyga borguncha musibatdan asar qolmadi.
Kampir odatdagidan chaqqonroq harakat qilar va mumkin qadar so‘zlashga tirishar edi. Asrorqul sochiqqa qo‘lini arta- yotib unga razm soldi va kulib:

  • E, qo‘zichog‘im, yana yig‘labsiz-da,– dedi. Kampirning yuzida kulgiga o‘xshagan bir nima aks etdi,

lekin darrov yuzini burib, kapkir bilan qozonni qirar ekan, jerkib:

  • Hadeb yig‘i to‘g‘risida gapirmang!– dedi.

Lekin ovqatni keltirganida uning ko‘zida yosh aylanar edi; ovqatni o‘rtaga qo‘yib ko‘zini artdi.

  • Qurib ketgur shu o‘tinning tutuni biram achchiq ekanki!

  • O‘tir, – dedi Asrorqul turpdan bir bo‘lagini og‘ziga solib,– achchiq tutunni biz ko‘rganimiz yo‘q, achchiq tutun urush bo‘layotgan joylarda.

Ovqat mahalida kampir juda betoqat bo‘lib o‘tirdi; bir martaba ichidan yig‘i to‘lqinlanib kelganda o‘zini tutish uchun Asrorqulga xarxasha qildi:

    • Muncha kurt-kurt qilib chaynaysiz!

    • Turup shunaqa bo‘ladi-da, jonidan.

    • Qayoqda, yumshoq non yesangiz ham beda yegan otga o‘xshab chaynaysiz!

    • Yuragingni keng qil.

    • Nima qilibdi yuragimga? Menga o‘xshab ertadan- kechgacha uyda o‘tiring-chi!

Haydar ota aralashdi:

    • Kelin rost aytadilar... Menga qarang, kelin, o‘rtog‘ingiz menga sizni olib kelishni juda tayinlagan. Men bu yerda uch-to‘rt kun turadigan bo‘lib qoldim. Sizni ertagayoq eltib qo‘yaymi? Nima deding, Asrorqul?

Chol-kampir bir-biriga yalt etib qaradi. Bu qarashda har ikkisining ham ko‘nglidan bir gap o‘tdi: «Men yo‘g‘imda bu xabarni eshitsang, yolg‘izlik qilib qolmasmikinsan?»
Haydar ota ikkovini avrab shunga ko‘ndirdi va ertalab kampirni eltib qo‘yadigan bo‘ldi. Ertalab arava kelganda kam- pir Haydar otani bir chetga tortib:

    • Inim, – dedi, – o‘rtog‘ingizni yolg‘iz tashlab ketgani asti ko‘nglim bo‘lmayapti?

    • Sizni Abror eltib qo‘ysinmi?

    • Abrorning ishi bor. O‘zim ishga yaramay, shu mahalda yana birovni ishdan qo‘yaymi! Otning tizginiga arqon ulab beringlar, o‘zim haydab ketaveraman. Aravani pochtaning odamidah berib yuboraman.

Asrorqul bunga rozi bo‘lmasa ham kampirning ra’yini qaytargani botinolmadi.
Kampir jo‘nadi.

Yüklə 349,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin