Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə10/80
tarix21.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#187589
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80
Paradont majmua

oraliq baxolash – semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli.
yakuniy baxolash – semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” yoki OTKS (ob’ektiv tizimlashtirilgan klinik sinov) shaklida o‘tkaziladi.
Yuqoridagilarga asoslanib, kafedrada o‘tiladigan fanlarning xususiyatlaridan kelib chikkan xolda yakuniy baxolashni 50% test, 50% OTKS usulida o‘tkaziladi.

7. Oraliq nazoratni o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda oraliq nazorat qayta o‘tkaziladi.


8. Institut rahbarining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o‘tkazish jarayoni davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda yakuniy nazorat qayta o‘tkaziladi.
9. O‘quv yili tugaganidan keyin reyting nazorati natijalariga ko‘ra talabalarni keyingi kursga o‘tkazish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.
III. Baholash tartibi va mezonlari
10. Talabalarning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
11. Har bir fan bo‘yicha talabaning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
joriy nazoratga- 45 ball;
oraliq nazoratlarga – 20 ball;
mustaqil ishga- 5 ball;
yakuniy nazoratga – 30 ball;
12. Talabaning reyting daftarchasiga alohida qayd qilinadigan malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi – 100 ballik tizimda baholanadi.
13. Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya etiladi:
a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
xulosa va qaror qabul qilish;
ijodiy fikrlay olish;
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo‘lish.
b) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo‘lish.
v) 55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo‘lish.
v) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-54 ball bilan baholanishi mumkin:
aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik;
bilmaslik.
14. Namunaviy mezonlar asosida muayyan fandan joriy va oraliq nazoratlar bo‘yicha aniq mezonlar ishlab chiqilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga e’lon qilinadi.
15. Namunaviy mezonlarga muvofiq mutaxassislik fanlar bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasi (TTA) tomonidan yakuniy nazorat uchun baholash mezonlari
va topshiriqlari ishlab chiqilib, institut Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi va turdosh oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi.
16. Talabalarning o‘quv fani bo‘yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.
17. Talabaning fan bo‘yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi:
Rf =
bu yerda:
V– semestrda fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklamasi (soatlarda);
–fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda).
18. Fan bo‘yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan balning 55 foizi saralash ball etib belgilanadi.
Joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning saralash
balini 55 foizidan ortiq ball to‘plagan barcha talabalar ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kiritiladi.
Agar talaba yakuniy nazoratda shu nazorat turi bo‘yicha saralash balidan yuqori ball to‘plasa, bu ball joriy va oraliq nazoratlarda to‘plangan ballarga qo‘shiladi. Aks holda talaba fan bo‘yicha o‘zlashtirmagan hisoblanadi.
19. Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yig‘indisiga teng.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin