1.2.1-jadval
Yashirin iqtisodiyotning farqlanish mezonlari
14
Asosiy belgilari
“Ikkinchi”
yashirin
iqtisodiyot
“Kul rang”
yashirin
iqtisodiyot
“Qora” yashirin
iqtisodiyot
Sub’ektlari
Rasmiy (“oq”)
iqtisodiyot sektori
menejerlari
Norasmiy
guruhlar
Professional
jinoyatchilar
13
Qarang: Вечканов Г.С. Экономическая безопасность: Учебник для вузов. -
СПб.: Питер 2007. Глова 12; Попов Ю.Н., Тарасов М.Е. Теневая экономика в
система рыночного хозяйства: Учебник. –М.: Дело, 2005. –С 11-43.
14
Латов Ю.В., Ковалев С.Н. Теневая экономика: Учебное пособие для вузов.
/ Под. ред. д.п.н., д.ю.н., проф. В.Я.Кикотя; д.э.н., проф. г.М.Казиахмедова. – М.:
«Норма», 2006. -С. 15.
Ob’ektlari
Ishlab
chiqarishsiz
daromadni qayta
taqsimlash
Oddiy tovar va
xizmatlarni ishlab
chiqarish
Taqiqlangan
va
kamyob
bo‘lgan
tovar
va
xizmatlarni ishlab
chiqarish
“Oq” iqtisodiyot
bilan bog‘liqligi
“Oq” iqtisodiyot
bilan ajralmas
Nisbatan erkin
“Oq” iqtisodiyotga
nisbatan
avtonomdir
Xufyona iqtisodiyotni o‘rganish va tahlil etish taxminan yarim
asrdan buyon davom etayotgan bo‘lsa ham, olimlarda va
tahlilchilarda uni tahlil qilishning yagona yondashuvi hanuzgacha
mavjud emas. Masalan, ingliz tilidagi manbalarda “informal
economy” (norasmiy iqtisodiyot), “underground economy” (yashirish
(maxfiy) iqtisodiyot), “shadow economy” (soyadagi (pana)
iqtisodiyot), “black economy” (qora iqtisodiyot) kabi terminlarni
uchratish mumkin, va bu terminlar turli tadqiqotchilarda turli ma’noni
anglatmoqda
15
.
“Ikkinchi” yashirin iqtisodiyot – bu “oq” iqtisodiyot ishchi va
xodimlarining o‘z ish joylarida yashirincha, qonun bilan taqiqlangan
iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari bo‘lib, ushbu faoliyat avval
yaratilgan milliy daromadning yashirin qayta taqsimlanishiga olib
keladi. Bu faoliyat bilan, asosan, boshqaruv mahkamasidagi “obro‘li
odamlar” (“oq yoqalilar”) shug‘ullanganligi sababli yashirin
iqtisodiyotning ushbu turini “oq yoqalilar”, deb nomlashadi. Jamiyat
nuqtai nazaridan “ikkinchi” yashirin iqtisodiyot hech qanday yangi
tovar va xizmatlarni yaratmaydi. “Ikkinchi” iqtisodiyotda bir necha
odamlar boshqa odamlarning yo‘qotishlari evaziga naf ko‘radilar
(daromad oladilar). “Ikkinchi” yashirin iqtisodiyot – shaxsiy ehtiyoj
va davlat tomonidan hisobga va ro‘yxatga olinmaydigan ehtiyojlarni
qondirish maqsadida alohida fuqarolar o‘rtasida va ularning norasmiy
birlashmalari o‘rtasidagi mustaqil iqtisodiy munosabatlardir. Bu
munosabatlar fuqarolarning davlatning xo‘jalik mexanizmidagi
xatolar, aholi talablari, xohishlari inobatga olinmasligiga qarshi aks
ta’siridir.
15
Муминов Н.Г. Яширин иқтисодиётнинг моҳияти, сабаблари ва оқибатлари:
назарий ёндашув // Иқтисод ва молия, №8, 2016. Б.3.
Bular eng avvalo:
a) moliya va soliq xizmatlarining soliqlarni to‘lashdan bo‘yin
tovlashni rag‘batlantiradigan darajada zaifligi;
b) rivojlangan bozor tizimining noqonuniy resurslar manbalariga
tayanishga majbur etadigan darajada mavjud emasligi;
v) haddan ziyod va, shu jumladan, qonunlarga xilof ravishda
ma’muriylashtirilganlik;
g) nodavlat tadbirkorlikka nisbatan davlatning hozirdagi
siyosatining uzoq muddatlarga mo‘ljallanganligiga shubha tug‘ilishi.
“Kul rang” yashirin iqtisodiyot – qonun tomonidan
taqiqlanmagan, lekin ro‘yxatga olinmaydigan tovar va xizmatlarni
ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy faoliyatdir.
“Oq” iqtisodiyot bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan va uning hisobiga
tekinxo‘rlik qilib yashaydigan “ikkinchi” yashirin iqtisodiyotdan
farqli o‘laroq “kul rang” yashirin iqtisodiyot nisbatan mustaqil
faoliyat yuritadi. Litsenziya, soliq va boshqalarga ketadigan
xarajatlardan qochish maqsadida xususiy ishlab chiqaruvchilar ongli
ravishda rasmiy ro‘yxatdan o‘tishmaydi, yoki bu faoliyat to‘g‘risidagi
hisobot umuman ko‘rib chiqilmaydi. Bu sektorda mustaqil ishlab
chiqaruvchilar yoki litsenziyaga ega bo‘lish, soliq to‘lash va boshqa
shu kabi xarajatlardan qochib rasmiy hisobga olinishdan ongli
ravishda bo‘yin tovlashadi, yoki bunday faoliyat to‘g‘risida hisobot
umuman nazarda tutilmagan bo‘ladi.
“Qora” yashirin iqtisodiyot (uyushgan jinoyatchilik iqtisodiyoti)
– qonun tomonidan taqiqlab qo‘yilgan tovar va xizmatlarni ishlab
chiqarish va sotish bilan bog‘liq noqonuniy iqtisodiy faoliyatdir.
“Qora” yashirin iqtisodiyot “kul rang” iqtisodiyotga rasmiy
iqtisodiyotdan nisbatan ko‘proq ravishda ajralgandir. Keng ma’noda
normal iqtisodiy hayotga to‘g‘ri kelmaydigan, uni buzadigan barcha
faoliyat turlari “qora” yashirin iqtisodiyotga kiradi. Bu faoliyatga
faqatgina zo‘ravonlikka asoslangan qayta taqsimlash (o‘g‘rilik,
bosqinchilik, tovlamachilik) emas, balki jamiyatni yemiradigan tovar
va xizmatlarni ishlab chiqarish ham (narkobiznes, qimor o‘yinlari,
fohishabozlik, reket) kiradi. Kriminal, jinoiy xufyona iqtisodiyotni
noqonuniy ishlab chiqarish, yashirin ishlab chiqarish va ongli
ravishda oldindan rejalashtirib, g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab qilingan
jinoyatlar tashkil etadi.
Noqonuniy ishlab chiqarishga biznes va tadbirkorlik shaklida
tashkil etilgan qonunchilikda qat’iyan man qilingan faoliyat turlari
kiradi. Bunday faoliyat turlariga quyidagilar kiradi:
– qurol-yarog‘lar ishlab chiqarish va sotish;
– narkobiznes;
– kontrabanda;
– qimorxona, qimor o‘yinlarini tashkil etish;
– odam savdosi;
– fohishalik va h.k.
Ushbu faoliyat turlari yashirin, nolegal korxona, sex, yashirin
biznes va tadbirkorlik sub’ektlari yoki rasmiy ravishda faoliyat
yuritayotgan korxonalar (firmalar) shaklida tashkil etiladi. Yashirin,
jinoiy xufyona iqtisodiyot doirasida uyushgan jinoyatchilik vujudga
kelib rivojlanadi. Uyushgan jinoyatchilikka asoslangan jinoiy
xufyona iqtisodiyot ko‘pgina holatlarda yuqorida bayon qilingan
qonunchilikda man qilingan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va
sotish bilan shug‘ullanadi.
Jinoiy uyushgan iqtisodiy faoliyat shakllaridan biri reketdir.
Reket odamlarni qo‘rqitish, shantaj qilishga asoslangan biznes deb
hisoblanadi. Bunday faoliyat turlariga rasmiy iqtisodiy hayotda to‘liq
inkor etilgan, ular bilan kelisha olmaydigan, rasmiy iqtisodiyotning
buzilishiga olib keluvchi xatti-harakatlar kiradi. Ushbu taklif
etilayotgan tasniflashni absolyutlashtirish kerak emas. Yashirin
iqtisodiyotning turli shakllari o‘rtasida keskin chegara mavjud emas.
Masalan, uyushgan jinoiy guruhlar norasmiy sektor korxonalaridan
“o‘lpon” yig‘ishlari va o‘zlarining daromadlarini poklab olish uchun
qonuniy tadbirkorlar bilan aloqalaridan foydalanishlari mumkin
(qarang:1.2.2-jadval).
Xufyona iqtisodiyot barcha tovarlar va xizmatlar, resurslar
bozorini hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab oladi.
Shuningdek, huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, rasmiy
ro‘yxatga olinmagan va huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan
korxonalar xufyona iqtisodiyot sub’ektlari bo‘lishi mumkin.
|