Academic Research in Educational Sciences Vol. 1 No. 1, 2020 ISSN 2181-1385 Academic Research, Uzbekistan
Page 222
www.ares.uz
Kompetentlikka oid masalalar tanish malakalarni o’quvchilar uchun notanish
vaziyatlarda qo’llashni nazarda tutadi.
Geometriya o’qitishga kompetent yondashuvda e’tibor masalani yechish
mantiqi, bilimlarning nazariy sohalarini ajratish va tahlil, u yoki bu masalani
yechishning ma’lum bo’lgan metodlari, usullari asosida yechish jarayonini
prognozlash (uni xayolda dastlabki sxematik tarzda tasavvur qilish) ga ko’chiriladi.
Geometriya darsi boshqa darslardan shunisi bilan farq qiladiki, istalgan mavzuni
o’rganish chog’ida katta miqdordagi matematik masalalar yechiladi. Shu sababli
kompetentikni ko’p jihatdan masalalar yordamida rivojlantirishga to’g’ri keladi.
Geometriya darslarida faol rivojlantiriladigan asosiy kompetentliklardan biri o’quv-
bilish kompetentligi hisoblanadi, chunki u o’quvchilar faoliyatining asosi turi - o’quv-
bilish faoliyati bilan bog’liq.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Geometriya
fanini o‘qitishdagi muammolar bo‘yicha M.Raemov,
N.O.Eshpo‘latov, F.Saydalieva, Q.C.Jumaniyozov, U.B.Matnazarovlar tadqiqot
ishlarini olib borganlar. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida matematika fanini
o‘qitish muammolari A.Yu.Bakirova, X.Sultanova, I.U.Ibragimovlarning ishlarida
tadqiq etilgan.
Qo‘yilgan muammoni hal qilishning pedagogik-psixologik jihatlari
M.G.Davletshin, E.G‘oziev, R.A.Mavlonova, F.R.Yuzlikaev, X.I.Ibragimov,
N.Shodiev, N.S.Safaev, M.I.Maxmutov, I.Ya.Lerner, A.V.Usova, B.R. Adizov,
Sh.Mardonov,
Sh.Xalilova,
N.Egamberdieva
va
Sh.A.Abdullaevalarning
tadqiqotlarida o‘z aksini topgan.
Innovatsion pedagogik texnologiya va uni ta’lim jarayoniga tadbiq qilish
borasida N.N.Azizxo‘jaeva, R.X.Jo‘raev, J.G‘.Yo‘ldoshev, B.Ziyomuxamedov,
V.A.Slastenin, N.Saydahmedov, U.N.Nishonaliev, O‘.Q.Tolipov, M.A.Ochilov,
Q.Olimov, N.T.Omonov, N.A.Muslimov, Sh.S.Sharipov, B.X. Raximov kabi olimlar
izlanishlar olib borishgan.
O’quvchilarning kompetentliklarini shakllantirish va tekshirishga qaratilgan
masalalarning turli nomlari va ta’riflari mavjud. Ularni kompetent-yo’naltirilgan,
vaziyatli, kontekstli va h.k. nomlar bilan atashadi. Bu masalalarni biz kompetentlikka
oid masalalar deb yuritamiz.
Kompetentlikka oid masalalarni metodik ishlash deganda: masalani yechishdan
olinadigan bilishga oid natijalarni ajrata olish; masala shartida (berilganlarda)