Qayta aloqaning usul va vositalari
|
Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov va o’zaro savol-javob.
Yozma so‘rov: test va boshq.
|
Darsning maqsadi
|
Ta’limiy: talabalarda dostonlar haqidagi bilimlarni shakllantirish;
|
Tarbiyaviy: qadriyatlarni qadrlaydigan insonni tarbiyalash;
|
Rivojlantiruvchi:talabalarni xalq dostonlari o’qishga qiziqtirish va ularda muomala madaniyatini shakllantirish.
|
Tayanch tushunchalar: adabiyot, xalq og’zaki ijodi, doston, Rustamxon, Oqtosh, Qurudum, Huroyim, noma, Maston kampir, Qizil dev...
Hurmatli o’quvchilar, quyida “Rustamxon” dostonidan berilgan parcha bilan tanishamiz:
Qadim zamonda Oqtosh viloyatida Sultonxon degan o‘tdi. Sultonxonning uch xotini bor edi, tug‘maydigan aybi bor edi. Necha vaqt Oqtosh mamlakatida podsholik qildi. Yoshi ulg‘ayib soqoli oqarib qoldi.
Huroyim degan o‘rtancha xotini homilador bo‘lib, oydan oy, kundan кun o‘tib, oyi-kuni yaqin yetib kelaberdi.
Sultonxon Huroyim yoriga aytdi: «Dunyoda bir qo'rqqan yomon, bir quvongan yomon» degan gap bor. Mening qariganda ko‘rgan farzandim. Men shu yerda yursam, sen bir kun tug‘ib qo‘yarsan. Men quvonganimdan yuragim yorilib o‘lib qolarman. Qurudum mamlakatiga safar qilayin, oldimga suyunchi deb chiqqan kishiga ayamasdan tanga-tilla berarman, qulog‘idan dunyoga ko‘marman, balki qo‘rg‘onbegi qilarman.
Shunda ketmoqqa ixtiyor qilib, taxti-baxtini kimga topshirarining hisobini topmay, amalini, davlatini hech kimga ishomnay, hayron bo‘lib, qozikalonlardan so‘radi. Qozikalonlar turib aytdi: «Gumonaning tufaylidan mamlakatni Huroyimni so‘ramog‘i to‘g‘ri keladi».
Shunda Sultonxon taxt-baxtini Huroyimga topshirib, karnay-sumay qo‘ydirib, odamlarni yig‘dirib, jo‘namoq harakatida bo‘ldi. Huroyim Sultonxonga qarab bir so‘z aytib turgan ekan:
Xonim, eshit menday oyim arzini,
So‘ldinnagin bunda gulday tarzini,
Mergan otar dayrobotning g‘ozini,
Xonim, ongla Huroyhnning so‘zini. 1
El ko‘chirib 01atog‘dan oshirding,
Ulug‘ bilib nechovlarga bosh urding.
Bir necha dushmandan siring yashirding,
Toj-u davlatingni menga topshirding.
Necha yillar surib bu elda davron,
Qurudum deb, xonim, ketib borasan.
Davlatim bor, ponza roTnol o‘rayin,
Sarg‘ayib tarzingga, xonim, qarayin.
Kelar moTjalingni, to‘ram, so‘rayin:
Necha vaqtda Oqtosh qaytib kelasan?
Bizga tashlab ketib mamlakatingni,
Obod qilib so‘rab turay yurtingni.
Men bilmayman selling qaytar vaqtingni,
Aytgin, to‘ram, necha vaqtda kelasan?
Sen ketgan so‘ng, men ham xafa bo‘larman,
Ko‘z tutib yoTingga qarab yurarman.
Kelar moTjalingni aytsang, xonzoda.
Men yoTingga peshvoz chiqib turarman.
Ochilar bahorda, bilsang, gulgTmcha,
Yurt egasi bo‘ldim о‘zing kelguncha.
Senday xizmat qilar menga ham necha,
Bir kelar mo‘ljaling aytgin, xonzoda.
Bu so‘zni eshitib, Sultonxon dimog‘i chog‘ bo‘lib otlanib, Huroyimga qarab, murtini1 burab, uzangiga oyog‘ini tirab: «0‘n to‘rt yilda kelaman», - deb bir so‘z aytib turgan ekan:
Men ketgan so‘ng uydan chiqib o‘tiima,
Do‘st yigTatib, dushmaningni kuldinna.
Toj-u davlat, rnol-u mulkim topshirdim,
Bir yetar-yetmasga sirim bildirma.
Men qanday so‘rasam, shundayin boTgin,
Oqtoshga ega bo‘p, podsholik qilgin.
Obod qilib, endi yurtimni so‘rab,
Podsho boTib sen Oqtoshda turgin. 2
Men ketgan so‘ng nodon kodigling bo‘lmagin,
Ko‘p yashagin, ko‘p yilgacha o‘lmagin.
Yaxshilik ko‘r, yomonlikni ko‘rmagin,
Nodonlannan aslo sirdosh bodmagin
Ayollik qib nodon so‘zlab turmagin,
Toj-u davlatiinni senga topshirdim.
Bn so‘zni Sultonxondan eshitib, Huroyim yori Sultonxonga qarab, tagd3 bir-ikki og‘iz so‘z aytib turgan ekan:
Tog‘lar-tog‘ning boshini chalgan tuman-a,
Har kim yig‘lab tursa oxir zamon-a,
Bo‘yimda qolgandir biror gumon-a.
Bizlarga topshirsang Oqtosh yurtingni,
Qo‘yib ketgin farzandingning otini,
So dab tursa bunda mamlakatini,
Podsho bo‘lib sizday xonning xotini.
Xizmat qilsa bunda necha sipoyi,
Obod bodar sizday xonimning joyi.
Mana eldan o‘zing ketib borasan,
Bolangning otini niina qo‘yasan?
Eshitgin dilbaming aytgan dodini,
0‘zing qo‘ysang farzandingning otini,
Nima deb aim' etsang, ani qilarman,
Aytsang, farzandingga otin qo‘yarman,
Shu sababdan kodiglingdagin sodarman.
Bn so‘zni Huroyimdan eshitib, Sultonxon bir so‘z aytib turgan ekan:
Sen o‘zingdan gap qolanni, Huroyim,
Cho‘p-xasdan ko‘pdir qilgan gunohim,
0‘g‘il tug‘sang, otin qo‘ygin Rustamxon,
Qiz tug‘sang, gul yuzli, o‘zing bilasan.
Men ко‘rayin Qurudumning yurtini,
Chodi, dashti, necha mamlakatini.
Bu so‘zlarni endi Sultonxon aytti,
Xo‘shlashib Huroyim bunda qolipti,
Sultonxonni kuzatib yo‘lga solipti.
Sultonxon jo‘nadi shahardan chiqib
Qancha odam mahramlari jam bo‘lib,
Qurudumdek mamlakatni axtarib.
Shunday qilib ketti ko‘nnagan yurtga,
Qamchi bosib haydar cho‘llarda otga,
Gohda tup-tup bo‘lar, gohlarda yakka,
Cho'llaming to‘zoni chiqib falakka.
To‘p-u to‘pxonaman lashkarin olib,
Borayotii' Qurudunmi axtarib.
Sayr etib men necha vaqtlar yursam deb,
El-u xalqni shunday qilib ko‘rsam deb,
Oqtoshning yurtiinan birga qilsam deb4,
Ehii ko‘rib, yurtga katta bo‘lsam deb,
Oqshom yotib, kunduz jo‘nab boradi,
Dunyoning ayshini shunday sursain deb.
Cho‘llarda ostiga mingani tulpor,
Xizmatda olti yuz mahrami tayyor,
Qancha sipoyi ham adadsiz lashkar,
Shavkati olamni bosib boradi.
Sultonxon yo‘l yurib, Qurudum mamlakatini yoqalab, chodir-chaman tikib qo‘ndi. Bu yerlar tevaragidagi ellar, necha qo‘rg‘on so‘rab turgan beklar ilgaridan ham bir-biriga ma’lum. Goh Sultonxonga boj berib, goh bennay qaytib turar edi. Bular Urganch, Xorazm, Xeva beklari, Dinkaman xonlari edi. Bular Sultonxonning kelishini ko‘rib, shunday maslahatda bo‘ldi: «Biz bu podshoning ixtiyoriga goh kirib, goh kirmay qolganimizga, bu adadsiz lashkar, qancha to‘p-u anjomlar bilan yomon niyatda kelgan. Bo‘lak o‘yda kelsa, bunday shavkat bilan chiqmas edi. Bizda bekor odam ko‘p, lashkar yo‘q. Biz har qaysimiz bitta-bitta qo‘rg‘onning egashniz. Xalqdan yig‘ilgan to‘sat-to‘sat, dasta-dasta lashkar tarqab ketgan. El-u xalq och-yalang‘och, bari tentirab qolgan. Bulami otlantirib, Sultonxoimiiig ustiga bosib bomioq bizning qo‘li- mizdan kelmas. Ustimizga keldi, endi biz qancha mol-hol olib borib ko‘rmog‘imiz darkor».
Bu mamlakatdagi amaldorlar maslahatni qilib, Sultonxonga borishli-kelishli bo‘lib yotdi.
Oqtosh mamlakatida Huroyim podsholik qilib, iclikarida arz so‘raydi. Ximcha degan kanizi bor. Ximcha - tillari bulbulcha, kimki yaxshi desa, shuncha, ikki yuzi ochilgan gulcha, bellari xipcha, o‘zi suluv oyimcha. Ximcha oyim tashqarida arz so‘radi. Huroyim Oqtosh mamlakatida Sultonxondan ziyoda ish tuta berdi. Huroyimning ish tutuviga ikki kundosh bezovtalik qilaberdi. Vaqti yetib, oyi bitib, Huroyim o‘g‘il tug‘di, otini Rustam qo‘ydi.
Rustam birga, ikkiga, uchga kirdi. Tilga enganida madrasa- dan bir mulla olib kelib, o‘qitib yotaberdi.
«Zamon Huroyimniki bo‘ldi», - deb ikki kundosh nima qilariui bilmay o‘y o‘ylar edi. Oqtosh viloyatida daftari mastondan uch yuz oltmish mastoni bor edi, boshlig‘ini Momogul maston der edi, mazgili1 shahardan tashqari bir g‘orda edi.
G‘orda yotar edi, xurrakni baland tortar edi, botmon nosvoyni to‘rt bo‘lib otar edi, yurish-turishi odamlarga xatar edi, ne er yigitlarni ikki pulga sotar edi, yaxshilikni uch pulga olmay, qayerda yomonlik bo‘lsa, izlab yetar edi, qanday odam ko‘rsa, bu kampirdan hazar qilib uzoqqa ketar edi, yomonlik izlab borgan odamning ishi mastondan bitar edi.
Ikki oyim Momogulni ko‘ngliga olib, so‘roqlab borib qoldi. Huroyimning ustidan bir so‘z aytib turgan ekan:
- Eshit, momo, oyimlaming tilini,
Vayron qilsang bunda Oqtosh elini,
Xazon qilgin tar ochilgan gulini,
0‘lsin deymiz Huroyhn ham ulini5 6
0‘zgalardan sizni yaxshi bilaman,
Xizmatingga bir qop tilla beraman,
Vayron qilgin Oqtosh mainlakatini,
Nima desang, xizmatkoring bo‘laman.
Bizga dushman bilmaganin bildirgin,
Xanjar urmay bag‘rin qonga to‘ldirgin,
Mamlakatdan buni benasib qilib,
Huroyim ham yolg‘iz ulin o‘ldirgin.
Ikki kundosh Huroyimdan qutulish uchun Momogul maston bilan til biriktiradilar. Maston tilla tangalar evaziga Huroyim ustidan fitna-g‘iybat to‘la arznoma yozdiradi, firib bilan Oqtosh ahliga tasdiqlatadi va Sultonxonga olib boradi. Sultonxon g‘azabga minib, o‘zi safardan qaytguncha Huroyimni shahardan haydab, dorga osishga buyuradi. Jallodlar Huroyimni dorga osmoqchi bo‘layotganlarida, Rustam jallodlaming dodini berib, onasini qutqaradi. Rustam boradigan yerining tayini yo‘q; enasini otga mindirib, tozilarini ergashtirib: «Adashganning oldi yo‘l», - deya yo‘lga tushadi. Ular yo‘l yursa ham mo‘l yurib, Hukumu tog‘iga yetib boradilar, shu yerda qo‘nim topadilar.
Rustam tog‘-toshda ov qilib keladigan, enasi esa pishirib beradigan bo‘ldi.
Bir kuni Rustam enasi va tozilarini qoldirib, zarur anjomlar topish uchun yo‘l tortdi. Ko‘zi tog‘ bag‘ridagi o‘tovga tushdi.
Ot ustida o‘tovning bo‘sag‘asidan qaradi. Ko‘rdi: ajab sura tli bir qiz, jamoli kunni xira qilguday, liar kim husnini ko‘rsa, aqli ketib, otdan yiqilib qolguday. Ikki qo‘li orqasi- ga boylangan, sochidan uyning keragasiga1 boylovli turibdi. Rustam ko‘rib hayron qoldi. «Shunday odamni ham ovloq bir cho‘lda, ko‘z ko‘rmagan yerda boylab tashlaydigan ham gaplar bor ekan-da! Kel-e, o‘ylab turguncha so‘ylab bilayin», - deb Rustam bir so‘z aytib turgan ekan:
- Alifday qomating, xipcha belingdan, Menga bayon ayla o‘sgan elingdan
Xabar olmay hech kim selling holingdan, Bu yerlarga qanday nomard boyladi?
Boylaganni menga bayon aylagin! Qanday odam qildi qayg‘u-zulmni,
Xafa qipti senday toza gulimni, Otdan tushib yechayinmi qo‘lingni?
Boylaganni menga xabar ber endi. Maloyik suratli, gul yuzli dilbar,
Seni ko‘rgan odam bo‘lar beqaror. Oy-n kundan ziyod selling husning bor,
Ne qildi seni boylab giriftor? 0‘z yurtingda biror ishni qildingmi?
0‘lim ishga duchor bo‘lib qoldingmi? Bir tuhmatga sen giriftor bo‘ldingmi?
Xabar bergin, qanday nodon boyladi? Menga aytsang o‘ynab-o‘sgan yurtingni,
Nima deydi sening ismi-zotingni? Menga aytsang sen ham sir-u holingni,
Javob bersang, yechib qo‘yay qo‘lingni.
Qiz bu so‘zni eshitib, Rustamga javob berib, boylovli turgan yerida bir so‘z aytib turgan ekan:
- Meni so‘rab bexos bo‘lib turmagin, Hayallama, ketgin, yo‘ldan qolmagin,
Vaqti zamon mening kunim bitgandir, Ketgin, menday bo‘lib bunda o‘lmagin!
Dam-badam yetib kelar ajdahor, So‘ngra qochib qutulolmassan undan,
Hayallamay bundan ketmog‘ing darkor! Kelsa, mamlakatni to‘zon qiladi,
Ishqirib damiga tortib oladi, Kim yaqinda bo‘lsa, tayin o‘ladi,
Sendayin yo‘lbarsni nobud qiladi, Hayallama, ketgin, bu yerda turma!
Bizning shahrimizni ajdahor olgan, Uy boshiga bir qizdan soliq solgan,
Men boylandim - bugun navbatim kelgan Ko‘p turmagin, ketgin bundan, begimjon.
Xayolingni bunda tnrib bo‘lmagin, Yaxshilik ko‘r, yomonlikni ko‘rmagin,
Sen mening husnimga hayron qolmagin, О‘lib ketib ajdahorning damida.
Sen meni qoningga zoinin qilmagin!
Bu so‘zni qizdan eshitib, Rustam o‘z boshini qutqarib, qizni tashlab ketgani ko‘zi qiymay, ajdahorga bir begunohni bergisi kelmay, qizga qarab bir so‘z aytib turgan ekan:
- Oh ursam, to‘kilar ko‘zimning yoshi,0‘limdan qaytanni, bilgin, mard kishi, Bundan qo‘rqib ketmoq nomardning ishi! Ushbu damdir, o‘zga damni dam dema, Ajdahordan sira meni kam dema, Mushtiparsan, o‘ladi deb g‘am yema.
Qay tarafdan munda kelar ajdahor? Ajdahor yo‘lini ko‘rsatgin, dilbar,
Ajdahor deganing bitta ilon-da, Bir ilonning nima ham quvvati bor?!
Elingning zaxirasin toza olibdi, Zaharini butun elga solibdi,
Elingda yo‘q ekan daf etgich odam, Bir ilonga seni duchor qilibdi.
Hech zamonda shunday ishlar bo‘larmi? Ajdahor deb seni boylab berarmi?!
Meni o‘ladi deb, munglig‘, g‘am yema, Ko‘rsatgin ajdahor kelar yo‘lini. Ajdahorga ko‘rsatayin ishimni, Yo‘lingda berayin aziz boshimni,
Omon-eson ajdahordan qutulsang, So‘ngra borib ko‘rgin qarindoshingni.
Qiz ilgari ajdahorni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgani yo‘q, ajdahorning siyosati xalqning qilgan ta’rificha, Rustamning qaddi- jasadiga qarab, «yaxshi yigit ekan, o‘lmasin» deb, yana ham ko‘proq qaytardi. Shunda ham Rustam «Mard so‘zidan, yo‘lbars izidan burilmaydi» degan gap bor. Ajdahor domiga tortadi, meni yutadi deb vahm qilmayman. Qayishmay ajdahoming yo‘lini aytgin, - dedi.
Unda qiz aytdi:
Harchand zo‘r urindim, bo‘lmadi, sening ham ajaling yetgan ekan, kuning bitgan ekan, - deb bir qirni ko‘rsatdi. - Ajdahor shu tarafdan keladi, - dedi.
Shunda Rustam qizning gapi bilan otiga qamchi urib, boyagi ko’ndalang qirning ustiga chiqdi. Qarasa, ajdahor ko‘zi olovdek yonib, ishqirib, har tarafga o‘t sochib, tog‘ ustidan Charxin degan ko‘lga tushib kelayotgan ekan.
Haybat bilan kelayotir ajdahor, Yaqinladi Rustambekday zo‘rabor.
Ajdahor chopinib damga tortganda, Langar to‘kib Rustam o‘zin to‘xtatar.
Hech narsani pisand qilmas ajdahor, Chiday ohnay endi Rustam zo‘rabor,
Bir-biriga endi yaqinlab qolar. Na’ra tortib bunda Rustamday qaysar,
Quvvatiman Rustam na’ra urganda, Rustamning tovushi ajdarga yetdi,
Bu tovushdan uning qulog‘i bitdi. Ko‘targan boshini yerga tashladi,
Jiyirib quyrug‘in o‘ziga tortdi. Ajdahor behushdi, Rustambek bildi,
Qilichni chiqarib qo‘liga oldi, Haybatli ilonning qoshiga bordi,
Ilonning boshiga qilichni soldi. Haybatidan qo‘rqmay Rustam ish qildi,
Ajdahorni qaysar Rustam o‘ldirdi. Dushmanni o‘ldirib ko’nglin xushladi,
Qirq bir g‘o‘la qilib kesib tashladi. Bir g‘o‘ladan oldi uzun bir tasma,
«Ajdahor belgisi», - dedi, jo‘nadi. Rustamning zarbidan ajdahor o‘tdi,
Tog‘ning jondoriga yemish bo‘p yotdi, Rustam qaytdi ajdahorni o‘ldirib,
0‘tovdagi qizning qoshiga yetdi. U qiz ko‘rdi: Rustam keladi omon,
«Ajdahorni ko‘rmabdi», - deb mushtipar, Ko‘nglidan kechirdi ana shu zamon.
Rustam qizning oldiga borib, ishonar belgisi deb ajdahordan olgan tasmani tashladi. Qiz ajdahoning terisidan olingan tasmani ko‘rib, ajdahor o‘lib, o‘zining omon qolganini bilib quvondi.
Ajdahor zulmidan qutulgan Bujul shahri va uning shohi Rustamni shohlikka ko‘taradilar va Oftoboyimni unga to‘y qilib olib beradilar.
Rustam Bujulda uch kun podsho bo‘lib turadi. So‘ngra enasi va tozi itlari yoniga qaytadi...
Oqtosh mamlakatidagi ikki kundoshi Rustam va Huroyimning tirik ekanligi daragini eshitgach, yana shum kampimi ishga soladilar. Shum kampir Bahra tog‘iga kelib, Oqrabotga kiradi. Huroyimni zindonband qilib, uning qiyofasiga kiradi va dev yordami bilan Rustamni o‘ldirmoqchi bo‘ladi. Qizil dev shunday yigit bu shum kampiming o‘g‘li emasligiga aqli yetib, kampirning o‘zini o‘ldirib, Rustamni qutqaradi. Rustamni Oftoboyim parvarish qiladi, Huroyimni zindondan qutqaradi. Ular Bahra tog‘ida baxtli yashay boshlaydilar. Rustam va Huroyim haqidagi haqiqatni bilgan Sultonxon o‘z gunohini yuvish va ulardan avf so‘rash ilinjida qalandar qiyofasiga kirib, yurt kezadi, qirq qalandarga qo‘shiladi, o‘g‘li va Huroyimni qidiradi...
Ka’ba izlab bundan ketib boradi,Kamxarj qolgan yerda gadoylik qildi.
Xarjili bo‘lganda qichab yo‘l yurdi...Sultonning dardini ular bilmaydi,
Ka’ba deydi, yurar yo‘ldan qolmaydi.Shunday qilib necha shahami ko‘rdi
Ulfatlarman har yerlarda o‘tirdi,Sultonxon dardini endi gapirdi:
Yaproqday titraydi qalandar joni,Men qalandar, biling, Oqtoshining xoni,
Izza qildi debon zinhor koyinmang,Mendayin gadoning yolg‘iz o‘g‘loni.
Shulaming ishqida bo‘ldim xor-zor,Daragini bilib bo‘ldik, qalandar.
Ka’ba bilan ishim yo‘qdir, ulfatlar!Mening Ka’bam, ко‘rdim, u yerda tayyor!
Mendan, bilsang, ko‘p xatolik o‘tgandir,So‘zlaganim yo sizlarga botgandir,
Sizlar ko‘nglingizga og‘ir olmangiz,U gaplami asli menga aytgandir.
Oti Rustam, o‘zi nor kalla qo‘chqor,Men shuning ishqida bo‘ldim qalandar;
Ka’ba ketsang, borabergin, ulfatlar,Qaytib borsam, mening Ka’bam topilar.
Necha kunlar bo‘ldik birga ham yo‘ldosh, Bir-birimiz bilan bo‘lganmiz sirdosh.
Men qaytaman endi kelgan yo‘limga,Qayga borsang borabergin, qarindosh!..
Bn so‘zni aytib, bir-biriman xo‘shlashdi.Qirq qalandar ketdi Ka’baga qarab,
Sulton yurdi bir shahami oralab.Qani mening borsam joni-dilim? - deb,
Chamanda sayragan u bulbulim, - deb,0‘ldirsa o’ldirsin yolg‘iz ulim, - deb,
Tag‘i qaytib, Bahra toqqa jo‘nadi...
Shunda yo‘l yursa ham mo‘l yurib, bir o‘zi telpagi qayqayib, tag‘i bir kun Oqrabotga borib qoldi.
Rustam ovda edi. Sultonxon eshagini bog‘lab, sarhovuzning bo‘yiga tushib edi, Oftoboy hovuzga suvga chiqdi. Bir qalandarni ko‘rdi: belida kamarlari tilladan: qaddi-jasadi kelbati Rustamga keladi. Shunda qalandarga qarab, Oftoboy bir so‘z aytib turgan ekan:
G‘am bilan sarg‘aydi guldayin diydor , Bir nechalar ahvolidan bexabar,
Bu manzilga kelib qo‘ngan, qalandar,Xabar bergil, kimda sening ishing bor?
Beliga yarashgan zarrin po‘tasi,Ko‘p bo‘ladi aytgan so'zning xatosi,
Siz bo‘p yurmang bizning xonning otasi,Xabar ber, qalandar, qaydan kelasan?
Qora zulfim eshilgandir tol-tol,Qalandar, bu aytgan so‘zga quloq sol,
Dushman kelsa, bunda bo‘ladi poymol,Bir qalandar, bobo, qaydin kelasan?..
Bu so‘zni eshitib, Oftoboyga qarab, boshini ko‘tarib, Sultonxon bir-ikki og‘iz so‘z aytib turgan ekan:
Dardim ko‘pdir, kim biladi ishimni? Qo‘limdan qochirdim olg‘ir' qushimni.
Ko‘p yurdim, yetmadi bemahal o‘lim,Qaysi bir' gulshanga ketdi bulbulim?
Shu ko‘ylarga soldi qodir Xudoyim, Xarob bo‘lib qoldi u manzil-joyim,
Havoga davr olib bo‘z qarchig‘ayim, Shu gulshanga qo‘ndimi deb so‘rayin.
Bu so‘zni eshitib, Oftoboy bildi - Rustanming otasi ekan:
Maydon bo‘lsa bedov otlar chopilar, Chopib kelsa banot jullar7 yopilar,
Men ham bildim yo‘qchi bo‘lib kelibsan,G‘am yema, begijon, yo‘g‘ing topilar.
Ko‘tar yuragingdan qayg‘u-vahmni, Ko‘rarsan izlagan qarchig‘ayingni,
Qayta boshdan obod qilsang joyingni, G‘am yema, begijon, yo‘g‘ing topilar.
Ko‘rib sizni ketdi ko‘nglim jo‘shib, Bir-biringdan necha vaqtlar adashib,
Endi kepsan bunda izlab yonashib, Adashganning barin qo‘ysam bir qo‘shib,
G‘am yemagin, izlaganing topilar.
Oftoboy ko‘zasini to‘ldirib, uyga qaytib Huroyimning qoshiga bordi. Oftob aytdi: «Bular - bir-biridan ko‘ngli qolishib yurgan odam. Agar aytsam, sira ham: «Bundan ergashtirib kel», - deb aytmaydi. Agar shu vaqtda Rustam ovdan kelib qolsa, men unday-bundayman deganiga quloq solmaydi, chopib tashlaydi. Nima bo‘lsa, enasining qoshida ko‘rsa, enasini hurmat qilib zarar yetkazmas», - deb bu gaplarni ko‘ngliga olib, uyni supirib-sidirib to’shanchi1 solaberdi.
«Bu nimaga sertaraddud bo‘lib yuribdi», - deb Huroyim qarasa, Sultonxonni iyartib8 9 kelyapti.
Huroyim ko‘nglida aytdi: «Bu birga yurgan yor edi, bizlarga ko‘p zulmni qildi, oxiri pushaymon bo‘lib, bosh egib keldi. Rustamga tavba qildi. Oradan necha vaqtlar o‘tdi. Oftoboyning bu yelib-yugurishiga qaraganda, Rustam otasini tog‘dami, ovdami ko‘rib, tag‘i qaytib kelsa, jo‘natmay xizmat qilib turasan degan ekan-da; Rustamdan bexabar bunday islmi qilmasa kerak edi».
Sultonxon Huroyimga salom berib, bosh egib turdi. Oftoboy uni ichkariga kirgizdi, kohpachaga o‘tqizdi. Huroyim ham kirib o‘tirdi. Ekkovi hol-ahvol so‘rab, boshidan o‘tgan kulfatni gapirib, bir-biridan o‘pka qilib, Huroyim Sultonxonni uyaltirib, Oftobxon xizmatda bo‘lib turib edi, Rustam ovdan kelib qoldi. Rustam Oftoboyga qarayman deb ichkariga ko‘zi tushdi.
Rustamning hushi boshidan uchib, xayoli qochib, qilichga qo‘l uzatib, ... iclikari kiraberdi...
Qalandami ko‘rib g‘ayrati keldi, G‘ilofdan sug‘urib qiliclmi oldi
Yaqinladi qalandaraing qoshiga, Xanjar solmoq bo‘ldi uning boshiga.
Huroyim shu zamon о‘midan turdi: Bolam! - deb qaytardi Rustamday uldi,
Tavba qilib o‘zi axtarib keldi, Chopib tashlab, bolam, senga ne bo‘ldi? Qanday bo‘lsa, qo‘zim, manmanlik qilma, «Rustam otasini chopibdi» degan Lanqa1 gapni, qo‘zim, o‘zingga olma. Xazon bo‘lib, bog‘da gullar so‘lgandi, So‘lgan gulga bulbul kelib qo‘ngandi. Buncha ham darqahr bo‘lma, Rustamjon, Qurudumga ketgan otang kelgandi(r). Qanday farzand otasiga tig‘ tortar?
Egilgan bo‘yinni kesmaydi xanjar, Enasi Rustamga nasihat aytar.
Shu zamon Rustamning bo‘g‘ni bo‘shadi, Enasining so‘zi bilan bek Rustam,
Qo‘lidan qilichmi yerga tashladi. Turib edi ong-tong bo‘lib Rustamxon,
Boshidan ketganday qorong‘i tuman, Ingranib o‘midan turib shu zamon:
Bolam, - deb bag‘riga bosdi Sultonxon, Omon-eson endi o‘g‘lini ko‘rib,
Yuragidan ketdi qancha g‘am-annon. Adashganlar bir-biriman topishdi,
Necha kun, necha tun orada o‘tdi, Rustamga Sultonxon bu so‘zni aytdi:
Quloq solgin xon otangning tiliga, Qo‘zim, ketayik-da Oqtosh eliga,
Bundayin sen yolg‘iz joyda yurmagin, Bu yolg‘iz makonda, qo‘zim, qolmagin.
Borib ko‘rgin Oqtosh mamlakatingni, Bino bo‘lib, o‘ynab-kulgan yurtingni
Necha so‘z Sultonxon bunga aytadi, Qayta-qayta ko‘p va’dalar beradi.
0‘z ishiga tavba qildi Sultonxon, Oqtosh elga bormoq bo‘ldi Rustamxon.
Oqtosh ketmoq taraddudin qiladi, Ot-ulovin bu abzallab minadi,
Yov-yaroq, darkorlisini olib, Hammasi ham Oqtosh qarab jo‘nadi.
Chiqib ketdi bundayin Oqrabotdan, Yo‘l boshlab boradi endi Rustamxon;
Bahra tog‘dan o‘tib yo‘l yurib ketdi, Adadsiz cho‘llami ko‘p bosib o‘tdi...
Oqtoshga yaqinlab, yetib boradi, Borayotgan xabar Oqtoshga yetdi.
«0‘g‘li bilan keldi Sultonxon», - deydi, Qancha amaldorlar peshvoz chiqibdi.
Qancha xaloyiqlar ko‘nglini xushlab, Rustamni kirgizdi shaharga boshlab.
Shunday qilib keldi Oqtosh shahriga, Kelib tushdi shohning o‘rdalariga.
Rustam bilan, ko‘ring endi, enasi, Ega bo‘ldi qolgan kirdikoriga.
Kanizlarman qolgan u Ximchaoyim, Zolimlar dastidan yig‘lagan doim,
Turib manzilida bular eshitdi:«0‘g‘li bilan kelgan emish Huroyim».
Rustam Huroyimni ko‘rmoqqa keldi, Qancha xaloyiqlar bunda yig‘ildi.
Bir-birining ahvolini so‘radi, Bunda bo‘lgan ishni Rustam bilmadi.
Huroyim nazar sop shunday qaradi, Hamma keldi, ikki kundosh kelmadi.
Sultonxon ikkovin shunday o‘yladi: Bulardan o‘zgani dushman bilmadi,
Amaldorlar bilan maslahat qilib, Bir nechaga sir bilgin deb so‘yladi.
So’ragandan bir qip anig‘in bildi, G'aznavonlar so‘ragancha gapirdi
To‘rt qop tilla ikki kundoshga bergan,
Ikki kundosh olib, mastonga bergan,
Mastomnan birikib shu ishni qilgan.
Endi Sultonxon ikki xotinini chaqirtib oldi.
- Bularning qilgan ishi mamlakatni buzib, qancha sarsonlikni soldi, - deb ikki xotinni haydatib, mirg‘azablarga shunday buyurdi, deydi:
Gunohkor ikkovi, qo‘lin boylanglar, Turmasin, shahardan darrov haydanglar;
Kim yomonlik qilsa, jazosin ko‘rsin, Hech tirik qolmasin, ikkovi o‘lsin.
Xaloyiqni yig‘ib endi Sultonxon, Omon-eson Rustam elga keldi deb,
Yurtimga farzandim ega bo‘ldi deb, Xaloyiqni xabar qilib yig‘dirdi,
Qancha so‘qim, qancha qo‘yni so‘ydirdi, Necha yerdan endi o‘choq o‘ydirdi. Vaqti xush bo‘p Oqtosh elda Sultonxon, 0‘g‘li uchun el-u xalqqa to‘y berdi. Rustam bolam yurtga ega bo‘lsin deb, Podsholik navbatin Rustam olsin deb, Elnii endi Rustam so‘rab tursin deb,El-u xalqqa shunday xabar bildirdi. Podsholikni Rustam qabul qilmadi, Zo‘rlagan gaplarga quloq solmadi.
Ovda-dovda, ko‘p yuraman dalada, Podsholik saltanat menga nima-da.
0‘z yurganim menga endi bo‘ladi, Podsholiging menga ma’qul bo‘lmadi: Otam tirik, so‘raybersin yurtini.Cho‘l-u ko‘lni kezib o‘zim yuraman, Yurishimni shohdin ziyod bilaman.Otam zo‘rlamasin, ko‘nglim bilar-da,
Otam o‘lsa, bir yo‘rig‘i bo‘lar-da, Podsholik ishlari bir og‘ir yuk-da,
Meni qo‘ysin, o‘zi so‘rab turar-da. Besh qip unda, o‘n qip bunda yuraman,
Mening ko‘nglim: bahodirlik qilaman, Yomon topsam, jazosini beraman...
Sultonxon qancha gapirdi, Rustam: «Men podsho bo‘lmayman», - dedi. Sultonxonning o‘zi tag‘in o‘z yurtida podsholikda qoldi. Rustam o‘z yori Oftoboy bilan o‘ynab-kulib, bu ikkovi Huroyimning duosini olib, Rustambek: «Men botirman», - deb polvonlik, botirlikni mashq qilib yuraberdi. Shunday qilib, Huroyim ham, Rustamxon ham murod-maqsadiga yetdi.
«RUSTAMXON» DOSTONI HAQIDA
Hurmatli o‘quvchi! Quyi sinflarda ham siz «Ravshan», «Kuntughnish», «Alpomish» singari dostonlar bilan tanishgansiz. 0‘ylaymizki, «Rustamxon» dostonidan olingan parchani o‘qigach sizda asami to‘liq o‘qish ishtiyoqi paydo bo‘lsa, ajabmas.
Dostonning bosh qahramoni Rustam yoshligidan baquvvat, mard va jasur bo‘lib ulg‘aydi. Doston voqealari rivojida Rustamning qo’rqmas va dovyurakligini, chin insoniylik sifatlarini ko‘rish mumkin. Kundoshlari tuhmat bilan onasini yurtdan haydab, dorga osdinnoqchi bo‘lganida, Rustam sarosimaga tushmadi. Onasini jallodlar qo‘lidan qutqarib: «Adashganning oldi yo‘l», - deya yo‘lga tushadi va Hukumu tog‘ida qo‘nim topib, ovchilik bilan kun ko‘ra boshlaydi.
Rustam ov kunlarining birida o‘tovga bog‘lab qo‘yilgan xushsurat qizni ko‘rib qoladi va lining ajdarga yemish uchun turganligidan xabar topadi. Xabarni eshitgan Rustam ajdar bilan jangga otlanadi. Oftoboy yalinib-yolvorib Rustamni o‘z ahdidan qaytarishga urinadi, biroq dovyurak Rustam: «Mard so‘zidan, yo‘lbars izidan burihnaydi» degan gap bor, ajdahor domiga tortadi, meni yutadi deb valmi qihnayman, qayish- may ajdahorning yo‘lini aytgin», - deydi. Ajdar bilan mar- donavor kurashib, uni yengadi va qizni o‘limdan qutqaradi. Ajdar zulmidan xalos bo‘lgan Bujul yurt Rustamni shohlikka ko‘taradi va Oftoboyim bilan to‘yini qilib uylantirib qo‘yadi. Erkin va oddiy hayot yo‘lini tanlagan Rustam uch kundan so‘ng shohlikdan voz kechib, suyukli yorini olib, onasi oldiga qaytadi. Shu tariqa dostonda Rustam obrazi soddadil, mard va qo‘rqmas, jismonan baquwat inson, mehribon farzand va sadoqatli yor sifatida gavdalanadi.
Dostonda bir qancha ayol obrazlari ham gavdalantirilgan. Ayniqsa, Huroyim va Oftoboyim obrazlari alohida ajralib turadi. Ularga xos go‘zallik, oqilalik, sadoqat va mehribon- lik fazilatlari doston voqealari rivojida ishonarli tasvirlangan. Xususan, Oftoboy - tengsiz go‘zal qiz. Uni birinchi ko’rgan Rustam unga shunday murojaat qiladi:
Maloyik suratli, gul yuzli dilbar,
Seni ko‘rgan odam bo‘lar beqaror.
Oy-u kundan ziyod sening husning bor
Ne qildi seni boylab giriftor?
Oftoboyda mana shu go‘zallikka teng fahm-farosat, zukkolik ham mavjud. Uning bu fazilatlari Sultonxon o‘z qilmishlariga tavba qilib, o‘g‘li va xotinidan kechirim so’rash uchun darvesh qiyofasida kelgan paytda ham ko‘rinadi. Oftoboy dostonda oqila kelin, suyukli yor sifatida gavdalanadi.
Dostondagi asosiy qahramonlardan biri Huroyimdir. Huroyim Sultonxonga o‘g‘il farzand ato etadi, biroq evaziga qanchadan qancha jabr-u sitamlar ko’radi. Kundoshlari yurtidan quvganida ham, ajal ko‘lanka solganida ham, o‘zga yurtda qiyinchilikda yashasa ham, u o‘zligidan kechmaydi. Undagi go‘zal xulq, oqilalik barcha sitamlardan qutulishida yordam berdi. Rustam darvesh sifatida kelgan Sultonxomii qilich bilan chopmoqchi bo‘lganida, Huroyimning o‘ziga xos mulohazali ayol, oqila ona, kechirimli yor ekanligi ko‘zga tashlanadi:
Bolam! - deb qaytardi Rustamday uldi,
Tavba qilib o‘zi axtarib keldi,
Chopib tashlab, bolam, senga ne bo‘ldi?
Qanday bo‘lsa, qo‘zim, manmanlik qilma,
«Rustam otasini chopibdi» degan Lanqa gapni qo‘zim, o‘zingga olma.
Dostonda Sultonxon o‘ylamay qaror qabul qiladigan, o‘zgalarning gapiga ishonuvchan laqma, podsho bo‘lsa-da, zaif shaxs sifatida tasvirlanadi. Doston voqealari davomida Sultonxon juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yadi. Momogul maston fitnasiga aldanib, oilasidan, xotini va farzandidan ajraydi, ularsiz yashashga mahkum bo‘ladi. Doston so‘ngida Sultonxon o‘z xatolarini tushunib yetadi hamda xotini va o‘g‘lidan kechirim so‘raydi. Oilasini qaytadan tiklaydi, yo‘l qo‘ygan xatolarini tuzatishga kirishadi. Yomonlami jazolaydi.
Dostondagi boshqa bir qator obrazlar ham voqealaming ishonarli chiqishida xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |