Adabiyoti universiteti ona tili va adabiyoti ta’limi


Asosiy qism: Murakkab qo‘shma gaplar haqidagi nazariy qarashlar tahlili



Yüklə 68,65 Kb.
səhifə4/9
tarix12.05.2023
ölçüsü68,65 Kb.
#112549
1   2   3   4   5   6   7   8   9
306-guruh Ergasheva Kamola kurs ishi ho‘at

Asosiy qism: Murakkab qo‘shma gaplar haqidagi nazariy qarashlar tahlili
Murakkab qo‘shma gaplar yuzasidan ko‘plab olimlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Masalan, A. G‘ulomov, M. Asqarova; B.Fayzullayev, T.Abdullayev; M.Asqarova, H.Abdurahmonov kabi olimlar shular jumlasidandir.
Murakkab qo‘shma gaplarning o‘rganilish davriga qarab ularning qay holatda o‘rganilganligini, olimlarning nazariy qarashlarini taqqoslab chiqamiz.
Dastlab G‘ani Abdurahmonovning murakkab qo‘shma gaplar haqidagi nazariy qarashlariga to‘xtalsak:
Murakkab fikrni ifodalamoq uchun tarkibi murakkab bo‘lgan qo‘shma gaplar qo‘llanadi.Murakkab qo‘shma gaplar bog‘langan va ergash gapli qo‘shma gaplarni, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni o‘z ichiga oladi.Bu xil qo‘shma gaplarning qo‘llanishi asosan yozma adabiyotga xosdir.
Tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro aloqaga kirishish usuliga ko‘ra, murakkab qo‘shma gaplarni uch turga bo‘lish mumkin:
1.Bir butunlikdan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar.
2.Ikki butunlikdan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar.
3.Uch va undan ortiq butunlikdan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar.
Qo‘shma gapning tarkibi murakkablashishi bilan, qo‘shma gapda ifodalangan ma’no munosabatlari ham orta va murakkablasha boradi. 11
A.G‘ulomov va M.Asqarovalarning murakkab qo‘shma gaplar haqidagi qarashlari ham Fayzullayev, Abdullayev va Haydarovlarning fikrlari bilan deyarli bir xil.Ular murakkab qo‘shma gaplarga shunday ta’rif berishadi: Qo‘shma gaplar har doim ham ikki sodda gapning birikuvidan hosil bo‘lavermaydi.Ular uch va undan ortiq sodda gaplarning birikuvidan ham hosil bo‘lishi mumkin.Bunday gaplar qo‘shma gapning murakkab turini hosil qiladi.
Murakkab qo‘shma gaplardagi komponentlar tuzilishi grammatik xususiyati jihatidan bog‘langan va ergashgan qo‘shma gap komponentlaridan deyarli farq qilmaydi.
Murakkab qo‘shma gapni tashkil etuvchi qismlar ergashish yo‘li bilan, bog‘lanish yo‘li bilan hamda bog‘lanish va ergashish yo‘li bilan birikadi.Shu jihatdan ularni uch guruhga ajratish mumkin:
1.Ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar (Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gaplar)
2.Bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar
3.Bog‘lanish va ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar (Aralash qo‘shma gaplar) 12
G‘ulomov va Asqarova bog‘lovchi vositalarsiz tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar haqida ma‘lumot berishmagan.
Shuni ham aytish joizki G‘ulomov va Asqarovalarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kitobining 1965-yilda nashr etilgan kitobida uch va undan ortiq gaplardan tashkil topgan qo‘shma gaplar murakkab qo‘shma gaplar deb nomlangan. 1987-yilda “O‘qituvchi” nashriyotida chiqqan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kitobida esa ko‘p komponentli qo‘shma gaplar deb atalgan.
Asqarova va Abdurahmonovning nazariy qarashlari asosida “O‘zbek tili grammatikasining praktikumi” nomli kitob yaratilgan.Ushbu kitobda murakkab qo‘shma gaplar haqida ham ma’lumotlar berib o‘tilgan. Bu kitob 1981-yilda “O‘qituvchi” nashriyotida chop etilgan. Murakkab qo‘shma gaplarning uch va undan ortiq sodda gaplarning birikuvidan hosil bo‘lishini ta’kidlashgan.Biroq murakkab qo‘shma gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlarida kamchilikka yo‘l qo‘yilgan:
Murakkab qo’shma gap tarkibiy qismlari o‘zaro turlicha yo‘l bilan munosabatga kirishadi.Shunga ko‘ra murakkab qo‘shma gaplar quyidagi ikki gruppaga bo‘linadi:
1.Bir necha ergash gapli qo‘shma gaplar
2.Aralash tipdagi qo’shma gaplar13
Asqarova va Abdurahmonovning nazariy qarashlari to‘g‘ri, faqat murakkab qo‘shma gaplar turlarini o‘rganishda bog‘lanish yo‘li bilan, bog‘lovchi vositalarsiz tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar haqida ma’lumot berishmagan.
Asqarova, Yunusov, Yo‘ldoshev, Muhammedovalar tomonidan murakkab qo‘shma gaplar quyidagicha o‘rganilgan: Qo‘shma gaplar ba’zan uch yoki undan ortiq komponentlardan tuzilgan bo‘lishi mumkin. Bunday qo‘shma gaplar tarkibidagi komponentlar o‘zaro munosabatiga ko‘ra uch xil ko‘rinishiga ega bo‘ladi:
Komponentlar orasida tenglanish munosabati bo‘lib, undagi gaplarning barchasi teng huquqli bo‘ladi. Ya’ni ular bog‘langan qo‘shma gaplarday munosabatga kirishadi. Misol: 1.Qor tingan, yo‘llar qorga ko‘milib ketgan, ko‘chalar sirpanchiq edi. (O‘.H moshimov) 2. Vokzal gavjum: birov chemodanga suyanib mudrar, birov papiros tutatib xayol surib o‘tirar, birov do‘kondan kitob tanlar edi. ( O‘.Hoshimov) 3. Quyosh botib borar, suv salqinidan kishining eti junjirdi, allaqayerda chigirtka chirillaydi, suv qirg‘oqqa shaloplab uriladi (O‘.Hoshimov).
Yuqoridagi misollarning birinchisi uch komponentdan, ikkinchisi to‘rt komponentdan va so‘nggisi esa, besh komponentdan tuzilgan bo‘lib, ular tarkibidagi gaplar orasida tenglanish mavjud. Ya’ni har uch misoldagi komponentlar teng huquqlidir.
Murakkab qo‘shma gaplarning ikkinchi turida tobelanish munosabati asosida ikki va undan ortiq ergash gap (bir necha ergash gap) bitta bosh gapga tobelanib keladi. Bunday qurilmalar bir necha ergash gapli qo‘shma gap deb ham nomlanadi.
Ergash gaplarning barcha turi ham birdan ortiq kelib bir bosh gapga tobelanib kelishi mumkin. Misol: Qayerda ijodiy tashabbus barq ursa, qayerda ishda faollik va jonkuyarlik ko‘rsatilsa, o‘sha yerda yangi fikrlar tug‘iladi Kimning bilagida kuchi bo‘lsa, kim ishning havasini olsa, o‘sha ilg‘or bo‘ladi.
Keltirilgan misollardan ko‘rinadiki, ergash gaplarning barcha turi ham ikki va undan ortiq kelib, bitta bosh gapga tobelanadi va bir necha ergash gapli qo‘shma gapni hosil qiladi.Bunday qo‘shma gaplarda ergash gaplarning soni uch to‘rt va undan ortiq bo‘lishi mumkin.
Murakkab qo‘shma gaplarning yuqoridagi har ikki turi birgalikda —aralash holda kelishi ham mumkin. Bunday murakkab qo‘shma gap tarkibidagi komponentlar orasida ham tenglanish, ham tobelanish munosabati mavjud bo‘ladi. Misol: Til boshqa-yu, dil birdir, chunki el birdir. Bu misolda uchta komponent (gap) ishtirok etgan bo‘lib, birinchi va ikkinchi gap orasida tenglanish, ikkinchi va uchinchi gap orasida tobelanish munosabati mavjud. Shuning uchun bunday qo‘shma gaplar aralash tipdagi murakkab qo‘shma gap hisoblanadi.14
Asqarova, Yunusov,Muhammedovalar murakkab qo‘shma gaplarni uchga: bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gaplar,tenglashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar hamda tenglanish va ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar bo‘yicha o‘rganishgan.
B.Fayzullayev, T.Abdullayev va Sh.Haydarov murakkab qo‘shma gaplarni quyidagicha o‘rgangan: Ikkitadan ortiq sodda gaplardan tashkil topgan qo‘shma gaplar murakkab qo‘shma gaplar deb ataladi. Bu tipdagi qo‘shma gaplar komponentlari o‘zaro turlicha munosabatlarda bo‘ladi:
1. Ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar.
2. Bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar.
3. Aralash tipdagi murakkab qo‘shma gaplar.15


Yüklə 68,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin